216
Muammolarni to`g‘ri qo`yish va bayon qilish ularni echishdan kam ahamiyatga ega emas.
Muammoni to`g‘ri qo`yish uchun uning ilmiy bilish taraqqiyotida tutgan o`rni va ahamiyatini
to`g‘ri baholash, uni hal qilishning metodlarini topish zarur. Bu amalda qo`yilishi mumkin
bo`lgan turli xil muammolar ichidan eng muhimi va to`g‘risini tanlab olishni bildiradi.
Muammoni tanlash ma`lum bir darajada tadqiqotning umumiy yo`nalishini va xususiyatlarini
belgilab beradi.
Oxir-oqibatda qaysi muammoni qo`yish amaliy faoliyatimiz ehtiyojlariga bog‘liq.
CHunki faqat amaliy faoliyatdagina kishilarning ehtiyojlari va maqsadlari bilan ularni hal qilish
vositalari o`rtasidagi ziddiyat yaqqol namoyon bo`ladi, ilmiy izlanish predmeti aniqlanadi va shu
asosda bilish oldiga konkret vazifalar qo`yiladi.
Ilmiy muammo, odatda, ma`lum bir nazariya doirasida vujudga keladi (Nazariya haqida
bobning oxirida kengroq ma`lumot beriladi).
Nazariya keyinchalik ilgari surilishi mumkin bo`lgan muammoni umumiy holda
belgilashga va uni to`g‘ri tanlashga yordam beradi. SHuningdek, har bir muammo ma`lum bir
nazariya yordamida hal qilinadi. Ba`zi hollarda esa muammo mavjud nazariyani modifikatsiya
qilishni, muammoni echishga moslashtirishni talab qiladi.
Muammoni echish uchun dastlabki tayyorgarlik ishlari qilinadi. Ular quyidagilardan
iborat:
a) mavjud nazariyalar doirasida tushuntirib bo`lmaydigan fakt va hodisalarni aniqlash;
b) muammoni hal qilish g‘oyalari va metodlarini tahlil qilish va ularga baho berish;
v) muammoni hal qilish turini, maqsadini, olingan natijani tekshirish yo`llarini belgilash;
g) muammoning negizi bilan uni echish uchun ilgari surilgan g‘oyalar o`rtasidagi
aloqaning xususiyatlarini ko`rsatish.
Bu dastlabki ishlar amalga oshirilib bo`lgandan keyin muammoni echishga bevosita
kirishiladi.
SHuni alohida qayd qilib o`tish kerakki, muammoning echilishi nisbiy xususiyatga ega.
Boshqacha aytganda, muammoning mutlaq to`la echimini topish qiyin. CHunki o`rganilayotgan
hodisaning barcha tomonlarini qamrab olib bo`lmaydi. SHuning uchun ham ilmiy izlanish
davomida yangi muammolar vujudga kelishi mumkin bo`lib, u mavjud muammoni boshqacha
talqin qilishni taqozo etadi. Bunga misol qilib I.N‘yuton tomonidan jismlarning o`zaro tortishishi
muammosining qo`yilishini ko`rsatish mumkin. Butun olam tortishish qonunini kashf qilib, u
faqat tortishuvchi jismlar o`rtasidagi miqdoriy aloqalarnigina topganligini uqtirib o`tgan edi.
A.Eynshteynning nisbiylik nazariyasi jismlarning o`zaro tortishishi muammosini
boshqacha talqin qiladi va bu muammo haqidagi tasavvurlarimizni ma`lum bir darajada
kengaytiradi.
Jismlarning o`zaro tortishishining tabiati, amalga oshish mexanizmi hozirgacha to`la
ochib berilmagan. Boshqacha aytganda, muammo uzil-kesil hal bo`lmagan.
Ba`zi hollarda muammolarning echimini uzoq vaqtgacha topib bo`lmaydi.
Masalan, rak kasalining sababini o`rganish bilan bog‘liq muammo hozirgacha to`la hal
bo`lmagan.
Bu, albatta, ayrim muammolar butunlay echimiga ega emas, degan fikrni bildirmaydi,
balki ularni mavjud metodlar, vositalar yordamida echib bo`lmaslikni ko`rsatadi xolos, va shu
tariqa echishning yangi vositalarini qidirib topishga undaydi. Demak, muammo hal
qilinmaguncha ilmiy izlanish davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: