4-rasm. Yoritish asbobi:
1-akkumulyatorli yashik; 2-qo‘yuvchining ish joyini yoritish uchun moslama; 3-komandir joyini yoritish uchun moslama; 4-mo‘ljallagichni yoritish uchun moslama
Panorama va mo‘ljalni yoritish moslamasi tarmoqlangan simdan iborat, tarmoqlanmagan qismi oxirida akkumulyatorga ulash uchun fishka mavjud. Tarmoqlangan qismda beshta sim bo‘lib, oxiriga panorama va mo‘ljalni yoritish uchun yoritkichlar ulangan.
Birinchi yoritkich ko‘ndalang shayton va burchak mo‘ljal mexanizmi minglik shkalasini yoritadi, ulampochkali patron reflektordan tashkil topgan va xamutda qotiriladi.
Ikkinchi yoritkich panoramaning burchak o‘lchash shkalasini yoritish uchun xizmat qiladi, u lampochkali patorn va qalpoqchadan tashkil topgan. YOritkich panorama asosiga mahkamlangan echiluvchi kronshteynga o‘rnatiladi.
Uchinchi yoritkich panorama setkasini yoritish uchun xizmat qiladi, u lampochkali patron va qalpoqchadan tashkil topgan, yoritkich panorama okulyarini qamrovchi xomutga mahkamlanadi.
To‘rtinchi yoritkich bo‘ylama shayton va masofa barabanini yoritadi, u lampochkali patron va reflektordan tashkil topgan, yoritkich panorama savatchasiga mahkamlangan kronshteynga o‘rnatiladi.
Optik mo‘ljalning to‘ri va xochi yoritish beshinchi yoritkich bilan amalga oshiriladi, u lampochkali patron va qalpoqchadan tashkil topgan. YOritkich qalpoqchasida OP xarfi yozilgan.
Komandirning ish joyini yoritkich simining bir uchida lampochkali patron va reflektor va ikkinchi uchiga esa akkumulyator shtepseliga ulash uchun fishka mavjud. Patronda uni bel kamariga mahkamlash uchun qisqichi bor.
O‘rnatuvchining ish joyini yoritkich sim va o‘rnautvchining chap qo‘liga kiyiladigan charm qo‘lqopdan tashkil topgan. Simning bir uchida lampochkali patron, ikkinchi uchida akkumulyator shtepseliga ulash uchun fishka mavjud. Lampochkalipatron charm qo‘lqop ustuniga mahkamlangan.
Joylash yashigi yoritish asbobini hamda unga tegishli jihozlar va zaxira qismlarini joylash uchun xizmat qiladi.
Yoritish asbobini zambarakka o‘rnatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
yashikdan echiluvchi kronshteynni olib uni panorama asosiga, burchak o‘lchash xalqasi pasiga kiydirib kronshteyn xomutini vint bilan siqiladi;
panorama va mo‘ljal yoritkichi simini olib, ushlagichni rozetka kronshteyniga qo‘yiladi;
yoritkichlar mo‘ljalda mahkamlanadi;
xomutni panorama okulyariga kiydirib gayka bilan qisiladi;
akkumulyatorni qalqon to‘siqdagi inga qo‘yib mahkamlanadi;
fishkani akkumulyator shtepseliga ulaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |