GIS PANORAMA dasturini ishga tushirish uchun avval kompyuterga GIS PANORAMA programmasi hamda unda ishlash uchun esa biror bir rastr holatidagi karta kerakbo`ladi.Ushbu dasturni ishga tushirish uchun esa GIS PANORAMA yorlig`i orqali amalga oshiramiz va ushbu dastur ishga tushganida ekranda uning ishchi maydoni hosil bo`ladi.
Ushbu dastur ishga tushgandan keyin unga rastr holatidagi kartani kiritamiz .Buning uchun quyidagi ketma-ketlikdan foydalanamiz«Файл» → «Создать» → «Пользовательскуюкарту»ni tanlaymiz .
Kartani dasturga kiritish uchun karta haqidagi ma`lamotlarni kiritish lozim.Buning uchun « созданные ползовательский карты» ga kirib kartaning nomi, faylning nomi ,masshtabi ,zonasi kiritiladi va «создать» tugmachasi bosiladi .
Birinchi ishimiz karta chizish uchun zarur bo’lgan instrumentlarni tanlab olishdan boshlaymiz.Xususan, Menudan «задачи» ni tanlab «редакторкарты» ni tanlaymiz va undagi instrumetlar yordamida shartli belgilar yaratish va karta chizishda qo`shimcha funksiyalarga ega bo`lamiz .
Qo’shimcha tarzda “Расчетыпокарте” panelini ham ochib olishimiz mumkin.
Yuqoridagi panelimiz hosil bo’lganidan so’ng:«Добавить»→ «растр» ketma-ketligidan foydalanib rastr ko`rinishidagi kartani tanlaymiz.Bu quyidagicha amalga oshiriladi;
So`ng ,kiritmoqchi bo`lgan rastrimiz joylashgan faylni qidirib topamiz .
Fayldagi rastrni ishchi maydonga joylashtirish uchun yuqoridagi amalni bajargan holda;uning nomini , masshtabini belgilab «да» tugmasini bosamiz .
Shundan so`ng ishchi maydonda kiritilgan rastr hosil bo`ladi .
Ekrandagi kartani sichqoncha yordamida yaqinlashtirish uzoqlashtirish uchun quyidagi ketma-ketlikni bajaramiz «колесикомыши»→ «толькомасштабирование».
Rastrni kiritganimizdan keyin xaritani koordinata to`riga bog`lashimiz kerak.Masalan buning uchun instrumentlar panelidan «точечные»→ «промышленные»→ « аеропортыиаеродромы » belgisini tanlaymiz va rasrtimizning ikkta joyini belgilab belgilarni o`rnatamiz .
Kartani koordinataga bog`lagandan so`ng dasturni o`chirib qaytadan yoqqanimizda rastr o`rnidan qo`zg`alib ketmasligi uchun «вывестисписокданныхелектроннойкарты» dan joylashgan bosh fayl nomini topib sichqonchaning o`ng tugmachasini bosamiz va «привязкаподвумточкам»→ «смасштабированиемиповоротом» buyruqlari orqali buni amalga oshiramiz .
Shartli belgilarni yaratish va tanlash uchun «макеты» instrumenti buyrug`ini tanlaymiz.
Shartli belgilarni tanlash uchun hosil bo`lgan shartli belgilar panelidan biron bo`sh «x» ni tanlaymiz .Hosil bo`lgan «созданиеобьекта» oynasidan kerak bo`lgan shartli belgini tanlaymiz.
Biror chizilgan shartli belgini o`chirishimiz uchun o`sha shartli belgi ustiga sichqonchani olib borib o`ng tugmachani bosamiz va«видобьекта»→ «удалить» buyruqlaridan foydalanamiz.Undan tashqari boshqa amallarda ham foydalanishimiz mumkin.
Yangi shartli belgi yaratish uchun biror tanlangan shartli belgi ustiga sichqonchani olib kelib o`ng tomonini bosamiz va «семантика обьекта» buyrug`ini kiritamiz . Shundan so`ng hosil bo`lgan oynadan o`zimiz istagan ko`rinishdagi shartli belgini hosil qilamiz.
Oxirida yuqoridagi ko’rinishdagi kabi yakuniy karta paydo bo’ladi.
O`zimiz chizgan kartani saqlash uchun «файл»→ «експорт в» →”графика (BMP,TIF,JPEG,EMF,EPS…)”oynasidan karta joylashgan faylni topamiz,unga nom beramiz va formatini belgilaymiz va “сохранить”.