Elektr xavfsizlik choralari



Download 126 Kb.
Sana03.01.2023
Hajmi126 Kb.
#897497
Bog'liq
ELEKTR XAVFSIZLIK CHORALARI


ELEKTR XAVFSIZLIK CHORALARI

  1. Ko'chada uzilib yotgan elektr tarmog'i simini ushlamaslik kerak. Undan o'zingizni va bosh-qalarni ehtiyot qiling.




  1. Xonadon elektr zanjirining simjlari odatda, devor ichidan o'tgan bo'ladi. Biror zarurat yuzasidan devorga mix qoqilayotgan paytda simning izolatsiyasi shikastlanishi va mix simga tegib qolishi mumkin. Bu holda ham tok odam tanasi orqali yerga o'tishi va tok urishi mumkin




  1. Devorga mix qoqishdanawalshujoydan elektr y simi o'tmaganligiga ishonch hosil qilish kerak.


  1. Ayrim hollarda nosozlik tufayli elektr jihoz ichidagi tok o'tgan sim uning metall korpusiga tegib qolgan bo'lishi mumkin. Bunday elektr jihozning (masalan, muzlatkichning) metall qismini ushlaganda tok odam tanasi orqali yerga o'tishi va tok urishi mumkin .




  1. Tevarak-atrofimizda elektr tarmoqlari juda ko'p, kundalik turmushimizda muntazam elektr jihozlar bilan ish ko'ramiz. Ulardagi nosozliklar, ulardan foydalanishda ehtiyotkorona ish tutmaslik tufayli hayotimizni xavf ostiga qo'yishimiz mumkin.




  1. Odam tanasi elektr tokini yaxshi o'tkazadi. 36 V dan yuqori kucha-nishli elektr tarmoq odam organizmi uchun xavfli hisoblanadi.Xonadon elektr zanjiri ulangan elektr tarmoq 220V kuchlanishga ega ekanligini bilasiz. Ehtiyotsizlik qilib bunday kuchlanishili sim ushlab olinsa, tanadan tok o'tadi. Bunday holat, odatda, tok urdi deyiladi. Agar tok urgan kishini elektr simdan tezda ajratib olinmasa, u halok bo'lishi mumkin.

Qanday ehtiyotsizliklar tufayli odamni tok urishi mumkin? Tok urmaslik uchun qanday elektr xavfsizlik choralariga amal qilish kerak?
1. Ko'chadan o'tgan elektr tarmoqlari simlari izola-tsiyalanmagan bo'ladi. Ba'zi paytlarda elektr tarmog'ining bitta simi uzilib, yo'lda osilib yotgan bo'lishi mumkin. Uni ushlaganda tok simdan odam tanasi orqali yerga o'tadi va tok uradi .



Muzlatkich, televizor kabi elektr jihozlarning orqa tomonidagi maxsus qisqichini sim orqali yerga ulab qo'yish lozim.
Elektr jihozning korpusi yerga ulab qo'yilsa, korpusdagi tok yerga o'tib ketadi. Bu holda elektr jihozning eruvchan saqlagichi uziladi va tok kelishi to'xtaydi. Jihozni ta'mirlab, yangi eruvchan saqlagich qo'ygandan keyingina uni elektr tarmoqqa ulash mumkin.
Xonadondagi rozetkalarda va elektr lampochka patronlarida doimo tok boiadi Rozetka teshigiga yoki lampochkasiz patron ichiga metall buyumni riqish juda xavfli. Bu holda metall buyum orqali odamni tok uradi.
Kichik yoshdagi bolalardan ehtiyot qilish uchun rozetkalar ularning qo'li yetmaydigan darajada poldan balandroq qilib o'rnatiladi. Kichik yoshdagi bolalar bo'lgan uylarda rozetkaga plastmassali maxsus moslama
tiqib qo'yish maqsadga muvofiqdir.
Umumiy elektr tarmoqda tok o'chib qolgan paytda ba'zi odamlar xonadon
elektr zanjirining shikastlangan joyini ta'mirlamoqchi bo’ladilar. To'satdan tok kelib qolsa, tok urishi mumkin .
Ba'zi hollarda umumiy tarmoqning faqat bitta fazasida kuchlanish bo'lmasligi, ikkinchi fazasida kuchlanish paydo bo’lishi mumkin. Elektr lampochka yonmayotganini ko'rib, ayrim kishilar bemalol simning ochiq joyini ushlab, ta'mirlash ishlarini bajarmoqchi boladilar. Agar simning shu fazasida tok bolsa, bu tok odam tanasi orqali yerga o'tadi va uni tok uradi.
Xonadon elektr zanjiridagi shikastlangan joyni ta'mirlashda tarmoqda elektr toki bo'lishi yoki bo'hnasligidan qat'i nazar hisoblagichdagi ikkala patrondan saqlagichlarni olib qo'yish zarur.
Ba'zi hollarda simning tokli bitta fazasi ushlab turilsa ham, tok urmasligi mumkin. Buning uchun odam yerdan izolatsiyalangan, ya'ni odam oyog'i ostiga tok o'tkazmaydigan material qo'yilishi, tanasining hech bir joyi o'tkazuvchi material orqali yerga tegib turmasligi kerak.
Ehtiyotsizlik tufayli tok o'tayotgan simni ushlab olgan va tanasidan tok o'tib turgan odam o'zini o'zi deyarli qutqara olmaydi.
Bunga sabab, birinchidan, panja muskullari tok ta'sirida o'z-o'zidan qattiq qisilib, panja tok o'tayotgan simni siqimlab oladi. Ikkinchidan, tanadan tok o'tganda muskullar tortishib, odamning o'ziga bo'ysunmaydi. Uchinchidan, tok odamning markaziy nerv sistemasini shikastlaydi va hushidan ketkazadi.
Odam tok ta'sirida qancha uzoq vaqt turib qolsa, uning hayotini saqlab qolish shuncha qiyin bo'ladi. Shuning uchun, birinchi navbatda, odamni tok ta'siridan xalos qilish kerak.
Agar falokat xonadonda ro'y berayotgan bo'lsa. jabrlanuvchiga tegib turgan simning vilkasini rozetkadan darhol sug'urib olish kerak. Agar tegib turgan sim to'g'ridan to'g'ri xonadon elektr zanjiriga ulangan boisa, zudlik bilan elektr hisoblagich ostidagi saqlagichlarni burab olish yoki tugmalarini bosish kerak. Bu bilan xonadon elektr zanjiri uziladi.
Agar falokat ko'chadagi elektr tarmog'i orqali yuz bersa. jabrlanuvchidan tokli simni quruq tayoq yordamida chetlashtirish lozim. Jabrlanuvchi tokli simni panjasi bilan ushlab qolgan bo'lsa, dastasi izolatsiyalangan ombur. quruq yog'och sopli bolta yoki boshqa izolatsiyalangan o'tkir uchli asbob bilan tok kelayotgan simni uzib tashlash kerak.
Jabrlanuvchini tok ta'siridan qutqargach, darhol uni chalqanchasiga yotqizish, nafas olishga halaqit qilayotgan tugmalarini yechish kerak. Agar nafas olishi to'xtayotgan bo'lsa, sun'iy nafas oldirish lozim bo'ladi. Shu bilan bir vaqtda tez yordamni chaqirish yoki jabrlanuvchini zudlik bilan davolash muassasasiga olib borish choralarini ko'rish zarur.



Download 126 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish