Ushbu yo‘nalishdagi faoliyatga e’tibor mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan


III BOB. BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI INTELLEKTUAL FAOLIYATGA TAYYORLASHNI BAHOLASH VA TAJRIBA – SINOV ISHLARI NATIJALARI



Download 0,75 Mb.
bet35/47
Sana01.04.2022
Hajmi0,75 Mb.
#523596
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47
Bog'liq
111111111диссртатця lotin(1)

III BOB. BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI INTELLEKTUAL FAOLIYATGA TAYYORLASHNI BAHOLASH VA TAJRIBA – SINOV ISHLARI NATIJALARI
3.1Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual faoliyatga tayyorgarlik darajasini aniqlash

Ushbu sohada olib borilgan ilmiy izlanishlarni bajarish davomida bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlashda eng ilg‘or texnika va texnologiyalarni qo‘llash borasida bilimlarini takomillashtirishga ular axborot madaniyatini rivojlantirish orqali erishish mumkinligi ilmiy asoslandi va bu o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalarni qo‘llashning optimal yo‘nalishidan iboratligi tajriba-sinov ishlarida isbotlandi.


shu sababli ham tajriba-sinov ishlari maqsadini bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot madaniyatini takomillashtirishning tavsiya etilayotgan pedagogik texnologiyasini o‘qituvchilar tayyorlash amaliyotida joriy qilish yo‘li bilan o‘rganib baholash deb belgiladik.
Bunda eng avvalo bo‘lajak o‘qituvchilarga beriladigan akademik ta’limning barcha bosqichlarini qamrab oluvchi anketa so‘rovlari o‘tkazildi. Buning uchun bo‘lajak o‘qituvchilarning axborotli madaniyatini aniqlashga oid maxsus anketalar ishlab chiqildi hamda uning natijalari nazorat va tajriba guruhlari ta’lim oluvchilarida qiyosiy tahlil qilindi. Anketa savollari ta’lim oluvchilarning axborot madaniyati bilan bog‘liq konstruktiv, rejalashtirish, algoritmlash, dasturlash, tashkilotchilik, kommunikativ ko‘nikmalari darajasini o‘z-o‘zini baholashlari natijalariga ko‘ra aniqlashni ko‘zda tutadi. Anketa savollariga ko‘ra bo‘lajak o‘qituvchilar axborot madaniyatini shakllanganlik saviyasini ettita darajaga bo‘lib chiqdik:
1. Axborot madaniyatining boshlang‘ich tushunchalarini egallaganligi. Bunda asosan 5 ta ko‘rsatkich e’tiborga olinib ma’lumot, ma’lumotlar ombori va ularning axborotga aylanishi hamda ular asosida axborotlar bankini tashkil qilishga bog‘liq bo‘lgan bilimlar aniqlandi. Bu orqali bo‘lajak o‘qituvchilarda axborot madaniyatining dastlabki bosqichi shakllana boshlaydi.
2. Ma’lumotlarni qayta ishlash haqidagi tushunchalarni egallaganligi. Bunda asosan 7 ta ko‘rsatkich e’tiborga olinib, bo‘lajak o‘qituvchilarning dastlabki ma’lumotlar, ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni va qayta ishlash vositalari haqidagi bilimlari baholanadi, shuningdek, informatika, kibernetika fanlarining tadqiqot manbalari haqida ham qisman tushunchalarga egaligi o‘rganildi.
3. Ta’limda tizimiy yondashuv ketma-ketligidan to‘g‘ri foydalana olishlik. Bunda asosan 6 ta ko‘rsatkich e’tiborga olinib, ta’lim tizimi murakkab dinamik tizim ekanligi va ta’lim jarayonini boshqarish esa o‘ziga xos tizimiy yondashuv tadqiqot uslubini talab qilishi e’tiborga olindi. Ularda ta’lim oluvchilarning tizim, qismtizim, ochiq tizim, ierarxik tizim, tizimiy tahlil va tizimiy yondashuv nomli tadqiqot uslublari bilan tanishligi baholandi.
4. Ma’lumotlarni qayta ishlash vositalari bilan tanishligi. Bunda asosan 5 ta ko‘rsatkich e’tiborga olindi va ta’lim jarayonini kompyuterlashtirishda foydalaniladigan tizimlar hamda hisoblash texnikalari to‘g‘risidagi bilimlar bilan chegaralaniladi. Bu ta’lim jarayonini boshqarishning algoritmlashgan variantini tayyorlashda qo‘l keldi.
5. Axborot madaniyatini ta’minlovchi manbalar va vositalar bilan tanishlik. Bunda 8 ta kursatkich asosida ish olib borildi. Bu blokning asosiy vazifasi ta’lim oluvchilardagi axborot madaniyatini quyidagi ketma-ketlikda baholashdan iboratdir: raqamli texnologiyalar yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsion ta’lim, ta’limda integratsiya haqidagi tushunchalar bilan tanishlik va elektron ma’ruza, elektron o‘quv adabiyoti, elektron darslik, multimediya kabilardan foydalana olishligi e’tiborga olindi. Bu bosqich axborotli ta’lim muhitini yaratishda asosiy bosqichlardan biri hisoblanadi.
6. Axborotli ta’lim muhitini shakllanganlik ko‘rsatkichlari haqidagi bilimlarni egallaganligi. Bunda asosan 11 ta ko‘rsatkich qaraladi. Axborotli ta’lim muhiti bu ta’lim oluvchi bilan o‘qituvchining yangi axboro vositalari yordamida ta’lim jarayonidagi ta’lim oluvchining bilish faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati bo‘lib, bunda asosan ta’lim oluvchilarning kompyuterdan xabardorligi, savodxonligi va madaniyati hamda kompyuterli mafkurasi shakllanganligi, axborot madaniyati va savodxonligi, ta’limni axborotlashtirish, raqamli texnologiyalarni amaliyotga joriy etish va ularning intellektual-kasbiy faoliyatini takomillashtirishga ta’sirlari haqidagi bilimlar tahlil qilinadi. Bu bosqich orqali ta’lim oluvchilarda axborotli ta’lim muhiti shakllanganligi haqidagi xulosalarni chiqarishga imkoniyatlar yaratildi.
7. Axborotli ta’lim muhitining kasbiy faoliyatga ta’sirini o‘rganganligi. Bunda 8 ta ko‘rsatikich qarab chiqiladi. Bu blokning asosiy vazifasi oliy o‘quv yurtini tugatayotgan bitiruvchining zamonaviy raqobatbardosh, ya’ni “Mehnat bozori”ning talab qilingan mutaxassisini tayyorlashga erishganligi darajasini baholashdan iborat. Bu blokda bitiruvchining kompyuter bilan muloqati, uning kasbiy faoliyatini egallashdagi ahamiyati, kasbiy kompyuterli uyinlardan samarali foydalanishi va nihoyat axborotli ta’lim jarayonining optimal variantlarini tanlash va yaratish haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalari aniqlandi.
Bu bosqich orqali bo‘lajak o‘qituvchining intellektual-kasbiy faoliyatiga tayyorgarlik darajalari haqidagi xulosalar shakllantiriladi va ularni “Mehnat bozori”da qatnashishga, ya’ni kasbiy faoliyatga tavsiyalar beriladi.
Bu qayd etilgan darajalardagi bilimlarni egallagan bo‘lajak o‘qituvchilar o‘z bilimlarini yangi variantdagi manbalarga ko‘chira oladi, tahlil va umumlashtirishga oid muammolari echishda yangi, o‘ziga xos yo‘nalishlar yarata oladi, ya’ni aqliy faoliyatning yangi yo‘nalishlarini shakllantira oladilar. Demak, bunday bo‘lajak o‘qituvchi mustaqil ravishda erkin fikrlay oladigan, o‘z kasbiy faoliyatini uzluksiz tarzda takomillashtirib bora oladi. Mazkur yo‘nalishda ta’lim olgan bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual salohiyatga ega bo‘lganligi, ularda ijodiy jarayonni quvvatlovchi faol bilish faoliyatining shakllanganligi, o‘z kasbiy faoliyatiga qiziquvchanligi, kasbiy tayyorgarlik darajasidan qoniqish hosil qilish bilan izohlanadi. Bunday holatlarda bo‘lajak o‘qituvchilar o‘z ijodiy-kasbiy faoliyatlarini shakllantirish va takomillashtirishda o‘z o‘qituvchilaridan, mutaxassis-olimlardan, sohaning ilg‘or-izlanuvchan mutaxassislaridan o‘rnak olib, fan-texnika, ayniqsa informatsion texnika yutuqlaridan samarali foydalanadilar va natijada muammolar echimlarini topishda evristik usullarni qo‘llashga erishadilar. Buning natijasida fanni o‘rganish va ta’lim berish sirlarini chuqur bilishga erishadilar.
Quyida bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot madaniyatini shakllanganlik darajasini ko‘rsatib beruvchi mezonlar va uni baholash ko‘rsatkichlarini keltiramiz (3.3.1-jadvalga qarang).

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish