3.2. TAJRIBA – SINOV ISHLARI VA ULAR NATIJALARI TAHLILI
Odatda tajriba – sinov ishlari (TSI) ilmiy ishlanmalarning obektiga o‘xshashligini tekshirish (tasdiqlash) va shu jarayonni optimallashtirish uchun o‘tkaziladi.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual faoliyaga tayyorlashda o‘quv – dasturiy va metodik taminotdan maqsadga muvofiq foydalanishning ilmiy – metodik asoslarini tadqiq etishda biz O‘zbkiston Respublikasining “ta’lim to‘g‘risida”gi qonunini, O‘zbkiston Respublikasi xukumatining Oliy ta’limni takomillashtirish, axborotlashtirish to‘g‘risidagi, qator va meyoriy – xuquqiy davlat xujjatlarida belgilab berilgan qonun – qoida va mezorlarga amal qildik natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual faoliyaga tayyorlash va ayniqsa ularning intellektual saloxiyatni yuksaltirish mazkur soxaning o‘ta dolzarb muammo ekanligiga yana bir bor ishonch xosil qildik.
Tadqiqotimiz davomida bunday muammo echimiga bo‘ajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual faoliyaga tayyorlash negizida intellektuallashtirilgan kasbiy faoliyatga tayyorlashning ilmiy – metodik ta’minotini ishlab chiqish va ulardan amaliy faoliyatda keng foydalanishni amalga oshirish orqali erishish mumkinligi ilmiy – uslubiy jixatdan asoslandi. Shu asosda mazkur ditserassiya tadqiqot ishi uchun tajriba – sinov ishlarining obekti, maqsadi, strategiyasi, predmeti va vazifalarini aniqlab oldik.
Tajriba – sinov ishi ob’ekti: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual faoliyatga tayyorlashga oid ko‘nikma va malakalarni shaklantirish jarayoni.
Tajriba – sinov ishining maqsadi: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual faoliyatga tayyorlashning ilmiy – nazariy va ilmiy – metodik faoliyat nuqtai nazaridan ta’limning innovatsion texnologiyasi natijalarini taxlil qilish, ilmiy ishlanmalar natijalari ko‘rsatkichlarini va ularni amaliyotga joriy etishga qulay holga keltirish, yaratilgan innovatsiyalar bilan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini qurollantirish va ularda qaralayotgan manbani o‘rganish bosqichlari haqida rivojlanish darajalari haqidagi bilim va tasavvurlarni shakllantiish, shuningdek, ular shahsining intellektuallashtirish tamoillari to‘g‘risida, ularning bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual faoliyatga tayyorlashdagi ahamiyati haqidagi bilim, ko‘nikma, malaka va tasavvurlarini tarkib toptirishdan iboratdir.
Tajriba sinov-ishining maqsadini belgilashda tajriba masalalarining qo‘yilishi, eng avvalo, tadqiqot olib borishning samaradorligiga ijobiy ta’sir bo‘lishi e’tiborga olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |