Ushbu yo‘nalishdagi faoliyatga e’tibor mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan


Mashg‘ulotning tuzilishi elementlpri



Download 0,75 Mb.
bet10/47
Sana01.04.2022
Hajmi0,75 Mb.
#523596
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47
Bog'liq
111111111диссртатця lotin(1)

Mashg‘ulotning tuzilishi elementlpri bo‘yicha mavzuni qo‘yish, talabalarning darsga tayyorgarligini tekshirish, keyingi faoliyatga yo‘naltirish, yangi bilim va tushunchalarni kiritish, ularni masalalar echishga ishlatish, ravon faoliyatga yo‘naltirish shakllantirilayotgan intellektual amallar va ko‘nikmalar bo‘yicha xossalarga ajratish, solishtirish, tahlil qilish, sintezlash, faraz qilish va hokazolar” [ 16 ].

Bunday talablarini e’tiborga olgan holda tayyorlangan intellektuallashtirilgan texnalogik xarita bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridagi bilimlar majmuasini tashkil etib, uning tarkibiy qismlaridagi ma’lumotlar ularni ma’naviy yetuk, intellektual salohiyatli, ularni innovatsion rivojlangan qilib tayyorlashga fundamental asos bo‘ladi. Shu sababli ham mazkur tadqiqot ishimizda intellektuallashtirilgan texnologik xaritalar negizida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini amaliy-kasbiy faoliyatga tayyorlash muammosi yechiminii topishga harakat qildik va qaralayotgan muammo yechiminii hal qilishga didaktik jihatdan ko‘mak beruvchi pedagogik ta’lim bosqichlarini ilmiy-metodik jihatdan asoslab chiqdik (mazkur tadqiqot ishimizning 1.2-qismiga qarang).
Qayd etilgan pedagogik ta’lim bosqichlari induksiya tadqiqot metodlari asosida shakllantiriladi. Bunda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridagi bilish jarayoni oddiydan nisbatan murakkablikka. (xususiy hollardan umumiyroq bo‘lgan hollarga) mos holda dinamik ravishda olib boriladi. Bunga inson bilish faoliyatining rivojlanishiga oid quyidagicha jihatlar didaktik asos sifatida e’tiborga olinadi:

  • bilish jarayoni bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga o‘z tevarak-atrofidagi borliqni yanada chuqurroq, to‘laroq, to‘g‘riroq, aniqroq va eng asosiysi mukammalroq o‘rganishga imkoniyat yaratadi;

  • bilish jarayoni rivoji negizida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qtiuvchilarini tevarak-atrofdagi borlining asl mohiyatini, turli yo‘sindagi o‘zaro bog‘lanishlarini, murakkab munosabatlar va aloqalarini tobora aniqroq anglab etadi;

  • eng asosiysi, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisida tevarak-atrofdagi borliqqa, kishilarga va o‘z-o‘ziga nisbatan munosabatlar tarkib topadi.

Yuqorida qayd etilgan intellektuallashtirilgan texnalogik xarita tarkibiy qismlarini funksional tuzilmasi, ta’lim samaradorligi bilan bog‘liqlikdagi pedagogik ta’lim bosqichlari va inson bilish faoliyati rivojlanishiga oid jihatlar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy-amaliy faoliyatga tayyorlashga qo‘yiladigan umumiy talablarni ifodalashga imkoniyat yaratadi. Bu borada mutaxassis-olimlar tomonidan e’tiborli natijalarga erishilmoqdalar [ 13, 16, 18 – 19, 29, 31, 38, 39 – 41, 50 ].
Endi tadqiqotimizning ushbu qismida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini amaliy–kasbiy faoliyatga tayyorlashga qo‘yiladigan umumlashgan talabni ifodalash mumkin. Biz uni quyidagicha ifodaladik:
intellektuallashtirilgan o‘qitish vositalari va tizimlari yordamidi ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi interfaol muloqot negizida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qtiuvchilari bilish jarayonining muntazam ravishda yuksalib borishiga shart-sharoit yaratish va ular asosida bo‘lajak boshlang‘iya sinf o‘qituvchilarini amaliy-kasbiy faoliyatga tayyorlashning optimal variantini ishlab chiqish hamda ushbu sohada ijobiy sifat darajasiga erishib, yuqori samaradorlikni qo‘lga kiritish, ya’ni innovatsion ta’limni tashkil etish kerak.
Bunday umumlashgan talab albatta bir nechta xususiy talablar negizida bajariladi. Ularni quyidagicha qilib ifodalab oldik:

  • bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ijodiy tashabbuskorlikka bo‘lgan intellektual salohiyati imkoniyatlarini aniqlash va ulardan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini amaliy-kasbiy faoliyatga tayyorlashda foydalanish. Intellektullashtirilgan o‘qitish vositalari va tizimlaridan foylangan holda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining amaliy-kasbiy bilimlarini egallash, ayniqsa mustaqil egallashga va shu asosda kasbiy ko‘nikmalarni sifatli egalalashga shart-sharoitlar yatarish. Bunda: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga o‘qituvchilik kasbini ma’suliyatli va ijtimoiy jihatdan ahamiyatini anglatish; bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisida birinchi o‘qituvchi tuyg‘usini tarkib toptirish; bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga o‘z kasbining individual va ijtimoiy ahamiyatini anglatish; bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga aynan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi kasbiga oid ko‘proq ma’lumotlar berish, ularga kasbiy mahorat haqida ko‘proq ma’lumot berib borish; bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini mukammal anglab borishlariga muntazam ravishda e’tibor berib borish;

  • Intellektuallashtirilgan texnalogik xarita va o‘qitish tizimlari negizida o‘qituvchilik kasbiga qiziqishning mazmunini aniqlash. Bunda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining o‘z kasbi yo‘nalishi ehtiyoji va faoliyatini oshirishga undaydigan ruhiy hamda ma’rifiy ta’sirlar e’tiborga olinib, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ravishdagi faoliyati nazorat qilinib boriladi hamda bu boradagi o‘qituvchi faoliyatning samarali va natijador bo‘lishi asosiy e’tiborda bo‘ladi;

  • intellektuallashtirilgan texnalogik xaritalar va intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlardan foydalanilgan holda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini amaliy-kasbiy faoliyatga tayyorlashga oid innovatsion yondashuvlarni ro‘yobga chiqarish uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini tayyorlash jarayonining mazmuniga intellektuallashtirilgan texnalogik xarita tarkibiy qismlaridagi ma’lumotlardan samarali foydalanish. Bunda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘z kasbining ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatini tasnif eta olishi, mashg‘ulot bo‘yicha topshiriq va vazifalarni bajarishning optimal variantlarni tanlab olish, kasbiy jihatdan tarbiyalanganlikni namoyon qilish ijodiy faoliyat natijalari ekanligini anglashga erishish kabilarga asosiy e’tibor qaratiladi;

  • intellektuallashtirilgan texnalogik xaritalar va o‘qitish tizimlari negizida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘qituvchilik kasbiga tayyorlash jarayonining natijalarini (quyilayotgan, rejalashtirilgan natijalarni) ro‘yxatga olish, tahlil qilish va ular asosida umumiy xulosani shakllantirish. Bunda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ongida va qalbida kasbiy ong, kasbiy munosabat, kasbiy burch, o‘qituvchi sha’ni, kasbiy ehtiyoj, kasb etikasi, o‘qituvchilik ma’suliyati, kasbiy tarbiyalanganlik, o‘qituvchilik madaniyati kabi jihat va xususiyatlarining tarkib toptirishiga e’tibor beriladi.

Demak, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini amaliy-kasbiy faoliyatga tayyorlash uchun ushbu tadqiqot ishimizda keltirilgan ta’lim samardorligini oshirishning ilmiy-metodologik asoslari va ularni amaliyotga joriy qilishning kafolatlovchi intellektuallashtirilgan texnalogik xarita tarkibiy qismlarining funksional vazifalari, ta’lim samaradorliklari bilan bog‘liqlikdagi pedagogik ta’lim bosqichlari va bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini amaliy-kasbiy faoliyatga tayyorlashdagi qo‘yiladigan zamonaviy talablar innovatsion xarekterga ega bo‘lib, ulardan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini amaliy-kasbiy faoliyatga tayyorlashning optimal variantlaridan birini qo‘lga kiritishini kafolatlash mumkin.
Xulosa o‘rnida ta’kidalash mumkinki, intellektuallashtirilgan ta’lim vositalari va tizimlari negizida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini amaliy-kasbiy faoliyatga tayyorlash va shu asosda samarali innovatsion uslublarni va texnologiyalarni o‘zlashtirish hamda ularni amaliyotga joriy etish ta’lim samaradorligini oshirishda mustahkam didaktik asos bo‘ladi.



Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish