Ushbu yo‘nalishdagi faoliyatga e’tibor mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan


I BOB. INTELLEKTUALLASHTIRILGAN O‘QITISH TIZIMLARI NEGIZIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING METODOLOGIK ASOSLARI



Download 0,75 Mb.
bet6/47
Sana01.04.2022
Hajmi0,75 Mb.
#523596
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
111111111диссртатця lotin(1)

I BOB. INTELLEKTUALLASHTIRILGAN O‘QITISH TIZIMLARI NEGIZIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING METODOLOGIK ASOSLARI
1.1 Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual faoliyatga tayyorlashda intelektuallashtirilgan o‘qitish tizimlarida foydalanishning algoritmik bosqichlari
Hozirda jamiyatning intellektuallashuvi tobora globallashib bormoqda. Ulardagi taraqqiyot darajalari esa jamiyatni intellektuallashtirishni ta’minlovchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Bunday holatlar o‘sha jamiyatning faol ishtirokchilarini intellektual salohiyatli bo‘lishligini talab etadi. Bular ta’lim tizimi oldiga bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual salohiyatli, ma’naviy yyetuk va innovatsion rivojlangan qilib tayyorlashdek muhim vazifani qo‘yadi. Bunga sabab barcha yo‘nalishdagi mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashni o‘qituvchilar amalga oshiradi.
Demak, zamonaviy ta’lim tizimi oldiga yangi sifat bosqichlariga va yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan innovatsion o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishdek dolzarb muammoni hal qilish masalasi qo‘yilmoqda. Bu innovatsion o‘quv-tarbiya jarayonlari aniq rejalashtirilgan (loyihalashtirilgan) sharoitlarda hal qilinadi va undan erishilgan natijalarning samarador bo‘lishligi, sifat darajasining optimal variantiga egaligi, tadqiqot maqsadi va ishchi faraziga natijador bo‘lishligi va shu kabi ijobiy istiqbolli natijalarga erishishlikni kafolatlashlar talab etiladi.
Bunday muammoni hal qilishda qaralayotgan muammoga mos intellektual salohiyat, ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanganlik va muammo yyechiminii hal qilishga innovatsion yondashuvlarning organik birgalikda qaralishi talab etiladi.
Ma’lumki, intellekt insonlarning tafakkur hamda fikr yuritish solohiyatini ifodalab, ulardagi aql, idrok, zakovat, ma’naviy jihatdan yyetuklik darajasida o‘zida namoyon etadi. shu sababli ham ta’lim jarayonlarini intellektuallashtirish zamonaviy ta’lim tizimida ustuvor yo‘nalishlardan biridir. Bunda raqamli texnologiyalar ta’lim oluvchining yoshi va tafakkur qilish darajasidan qat’iy nazar ta’limni intellektuallashtirish borasida keng imkoniyatlarni yaratmoqda. Bu haqida D. B. Bogayavlenskaya’ning quyidagi fikri ahamiyatlidir: “Albatta barcha bolalar boshlang‘ich intellektual imkoniyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy sharoitlarda bu farqlar yanada kattalashadi. Barcha bolalar har xil, ammo ular to‘laqonli intellektual rivojlanishi oldidagi haq-huquqlari nuqtai nazardan tengdirlar” [ 22 ].
shuning bilan birga ta’lim jarayonini intellektuallashtirish shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim paradigmasiga o‘qitilishiga ijobiy ta’sir qilib, samaradorlikni oshirishga, intellektual rivojlangan shaxs tarbiyasida keng imkoniyatlarni yaratmoqda. Bu borada sh. S. Sharipovning quyidagi fikri ahamiyatlidir:
“shu paytga qadar mavjud ta’lim tizimida o‘qitish ustuvor sanalgan bo‘lsa, ayni paytda jamiyatning axborotlashuvi davrida ustuvorlik o‘qishga-o‘rganishga yo‘naltirilgan. Shu sababli ta’limning o‘qituvchi-darslik-talaba paradigmasi talaba-darslik-o‘qituvchi paradigmasi bilan o‘rin almashishi zarur. Zamonaviy pedagogik kadrlar yangi mavqega ega bo‘lib, ularning vazifasi, eng avvalo, talabalarning mustaqil bilim olish faoliyatini tashkil etishga, bilimlarni mustaqil egallashga va ularni amaliyotga qo‘llash malakalarini shakllantirishga qaratilmog‘i lozim. O‘qituvchi bunday maqsadlarda o‘qitishning metodlari, texnologiyalarini shunday tanlashlari kerakki, ular talabalarga nafaqat tayyor bilimlarni o‘zlashtirishlarida, balki bilimlarni turli manbaalardan mustaqil egallashlari, o‘zlarida shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi, uni asoslashi va erishilgan bilimlardan yangi malakalariga ega bo‘lishlari lozim” [ 19 ].
Ushbu sohada olib borilgan izlanishlarimiz va kuzatishlarimiz natijalarining ko‘rsatishicha, ta’lim oluvchilarning yangi bilimlarni egallashida ta’lim mazmunini intellektuallashtirish, intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari va shu kabilar fundamental didaktik asoslar bo‘lib hisoblanar ekan va tabiiyki, ta’lim oluvchining yangi bilimlarni egallashi negizida ulardagi intellekt tarkib topa boshlaydi. Pirovard natijada ta’lim oluvchining aqliy faloiyati yuksaladi va quyidagi layoqat ko‘rsatkichlari majmuasi sifatida o‘z ifodasini topadi: hayotini, atrof-muhitni ongda aks ettirish; fikrlash; o‘qish-o‘rganish, dunyoni bilish; ijtimoiy tajriba; turli masalalarni hal qilish; optimal qarorga kela olish; oqilona ish yuritish; voqea-hodisalarni oldindan ko‘ra bilish va shu kabilar [ 79, 82-85 ].
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, ta’lim mazmunini intelllektuallashtirish, intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari negizidagi ta’lim-tarbiyada ta’lim oluvchilarning bilish faoliti rivojlanishi ularga o‘zini qurshab turgan borliqni yanada mukammalroq o‘rganish imkoniyatini beradi. Shu sababli zamonaviy ta’limda intellektual mulkdan foydalangan holdagi jarayonni shakllantirish masalasi yanada dolzarblik kasb etmoqda. Bu borada axborot texnologiyalari vositalari, axborot-kommunikatsion texnologiyalari, intellektual o‘qitish tizimlari, “Sun’iy intellekt” tizimlari, intellektuallashtirilgan texnalogik xaritalar, ekspert tizimlar va shu kabilardan ta’lim samaradorligini oshirishda foydalanilmoqda [ 12, 15, 29, 35, 37, 50, 53, 54, 55, 78, 91, 92, 93, 94, 95, 96, 97, 98, 100 ].
Ulardan ta’lim mazmuni integratsiyalashda foydalanib kelmoqda va bunda albatta bo‘lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchisi asosiy diqqat markazimizda bo‘lmog‘i lozim. Tadqiqod ishimiz bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini kasbiy faoliyatga tayyorlashga oid bo‘lganligini e’tiborga olib mazkur ishlarimizga intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari vositalaridan foydalanilgan holda ta’lim samaradorligini oshirish masalalari bilan shug‘ullandik.
Ma’lumki, intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari vositalari intellektuallashtirilgan xarita, axborot-kommunikatsion texnologiyalar, media ta’lim, kasbiy kompyuterli o‘yinlar, “Sun’iy intellekt”, ekspert tizimlari kabilardan iborat bo‘ladi. Tadqiqotimizning mazkur qismida intellektuallashtirilgan texnalogik xaritalar tuzilishi va ular yordamida ta’lim samaradorligini oshirishning imkoniyatlari va afzalliklari haqidagi tadqiqot natijalarini keltirib o‘tamiz.
Intellektuallashtirilgan texnalogik xaritalar intellektual o‘qitish tizimlarining dastlabki bosqichi bo‘lib hisoblanadi va u ta’limga oid muammolar yechimlarini topish bosqichidagi o‘quv-biluv faoliyatini tashkil etish va boshqarish muhim didaktik asos bo‘ladi va ushbu tizimda intellektuallashtirilgan texnalogik xarita bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini o‘quv-biluv faoliyati rivojining didaktik tizimini shakllantirish imkoniyatini ham beradi. Bunday imkoniyat bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi va intellektuallashtirilgan xarita o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikka asoslangan holdagi o‘quv-biluv faoliyatini shakllantirishda yangi o‘quv topshiriqlarini bajarishni ta’minlashni, ya’ni bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini mustaqil o‘qishga (shug‘ullantirishga) o‘rganishga shart- sharoit yaratadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bunday yangi o‘quv topshiriqlarini bajarishini va ularni mustaqil o‘qishga o‘rgatishni amalga oshirishni e’tiborga olib ularning oliy ta’lim muassasasida to‘rt yil davomida kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida ta’lim samaradorligini oshirish muammosi yyechiminii ilmiy-metodik jihatdan asoslashga kirishdik. Uning uchun bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashga oid ikki xildagi intellektuallashtirilgan texnalogik xaritalar tayyorlab oldik. Ulardan birinchisi, tarqatma didaktik material sifatida foydalanish uchun buklet ko‘rinishida, ikkinchisi, axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishga moslangan “Didaktik portfel” ko‘rinishida tayyorlab olindi. Ularning funksional tuzilmasi deyarli bir xil, ya’ni ularda quyidagi tarkibiy qismlar bor:


  1. Download 0,75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish