Seminar mashg`uloti savollariga quyidagi adabiyotlardan javob topasiz:
1. Avrorin V.A. Problemo’ izucheniya funktsionalnoy storono’ yazo’ka (k voprosu o predmete sotsiolingvistiki). –L., 1975.
2. Brayt U. Vvedenie: parametro’ sotsiolingvistiki // Novoe v lingvistike. Vo’p. VII. –M., 1975.
3. Belikov V. I., Kro’sin L. P. Sotsiolingvistika. –M., 2001.
4. Shveytser A.D. Sovremennaya sotsiolingvistika: Teoriya. Problemo’. Metodo’. –M.: Nauka, 1976.
2-seminar mashg‘ulot. Diglossiya, interferensiya.
O`zbek tilida lisoniy hamjamiyatning muloqat vositalari. O`zbekistonda nutqiy muloqotning holatini tushuntiring. Nutqiy muloqot qoidalarini izohlang. Insonlararo nutqiy muomala va kommunikativ vaziyatda so‘zlovchi hamda tinglovchining roli. Nutq aktini tashkil qiluvchi vositalarni sanang.
Seminar mashg`uloti savollariga quyidagi adabiyotlardan javob topasiz:
1. Avrorin V.A. Problemo’ izucheniya funktsionalnoy storono’ yazo’ka (k voprosu o predmete sotsiolingvistiki). –L., 1975.
2. Brayt U. Vvedenie: parametro’ sotsiolingvistiki // Novoe v lingvistike. Vo’p. VII. –M., 1975.
3. Belikov V. I., Kro’sin L. P. Sotsiolingvistika. –M., 2001.
4. Shveytser A.D. Sovremennaya sotsiolingvistika: Teoriya. Problemo’. Metodo’. –M.: Nauka, 1976.
3-seminar mashg‘ulot.Bilingvizm va uning turlari.
“Ikki tillilik” va “ko‘p tillilik” terminlarining nomlaridan ham ko‘rinib turganidek, bu biron jamiyatda (odatda davlatda) ikki va undan ortiq tillarning faoliyat ko‘rsatishini bildiradi. Bugungi kunda qator davlatlarda ikki yoki ko‘p tillilik mavjud. Mazkur hodisalarni Rossiya (rus tili bilan birga, boshqird, tatar, yoqut, buryat, osetin va h.k. tillar qo‘llaniladi), Afrika mamlakatlari, Belgiya, Gana, Hindiston, Kanada, Paragvay (misollarni barcha mintaqalardan olinganini ko‘rish mumkin) davlatlarida kuzatish mumkin.
Ikki tillilik va ko‘p tillilikni bir qancha tillarni biladigan shaxslarga nisbatan ham ishlatish mumkin. Binobarin, bilingvizm (ikki tillilik) deganda, ikki tilda bemalol fikrlasha olish, ikki tilni bir xilda egallaganlik tushuniladi.
Ikki tillilik va ko‘p tillilikdan farqli o‘laroq, diglossiya ikkita mustaqil tilni yoki bir tilning turli subkodlarini bilishni ifodalaydi. Bu tillar va subkodlar vazifasiga ko‘ra taqsimlangan bo‘ladi: agar gap ko‘p tilli jamiyatlar haqida borayotgan bo‘lsa, unda masalan, rasmiy vaziyatlarda, chunonchi, qonunchilik, ish yuritish, davlat tashkilotlari orasidagi yozishmalarda rasmiy til (yoki davlat tili)dan foydalaniladi; maishiy, kundalik hayot va oilaviy muloqot sharoitlarida esa rasmiy maqomga ega bo‘lmagan boshqa tillar va subkodlardan foydalaniladi.
So‘zlovchilarning ongli ravishda turli kommunikativ vositalardan birini tanlashi va uni muvaffaqiyatli muloqot uchun qo‘llay olishi diglossiyaning muhim sharti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |