Amaliy mashg`uloti savollariga quyidagi adabiyotlardan javob topasiz:
1. Avrorin V.A. Problemo’ izucheniya funktsionalnoy storono’ yazo’ka (k voprosu o predmete sotsiolingvistiki). –L., 1975.
2. Brayt U. Vvedenie: parametro’ sotsiolingvistiki // Novoe v lingvistike. Vo’p. VII. –M., 1975.
3. Belikov V. I., Kro’sin L. P. Sotsiolingvistika. –M., 2001.
4. Shveytser A.D. Sovremennaya sotsiolingvistika: Teoriya. Problemo’. Metodo’. –M.: Nauka, 1976.
12-amaliy mashg‘ulot.Kommunikativ vaziyat.
Kommunikativ vaziyat – ikki yoki undan ortiq kishilar nutqiy muloqotining vaziyati. Kommunikativ vaziyat ma'lum strukturaga ega. U quyidagi komponentlardan tashkil topgan: 1) so‘zlovchi (adresant); 2) tinglovchi (adresat); 3) so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi munosabat; 4) muloqotning emotsionalligi (rasmiy–neytral–do‘stona); 5) maqsad; 6) muloqot vositasi (til yoki uning tarmoqlari – dialekt, uslub, shuningdek, paralingvistik vositalar – imo-ishoralar); 7) muloqot usuli (og‘zakiG’yozma, kontaktliG’distantli); 8) muloqot joyi. Mazkur komponentlar o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ular o‘zgarishi bilan kommunikativ vaziyat ham o‘zgaradi. Masalan, sud jarayonida sudya bilan guvohning muloqoti bu shaxslarning suddan tashqaridagi muloqotiga nisbatan o‘ta rasmiy til vositalarining qo‘llanishi bilan farqlanadi.
Amaliy mashg`uloti savollariga quyidagi adabiyotlardan javob topasiz:
1. Avrorin V.A. Problemo’ izucheniya funktsionalnoy storono’ yazo’ka (k voprosu o predmete sotsiolingvistiki). –L., 1975.
2. Brayt U. Vvedenie: parametro’ sotsiolingvistiki // Novoe v lingvistike. Vo’p. VII. –M., 1975.
3. Belikov V. I., Kro’sin L. P. Sotsiolingvistika. –M., 2001.
4. Shveytser A.D. Sovremennaya sotsiolingvistika: Teoriya. Problemo’. Metodo’. –M.: Nauka, 1976.
13-amaliy mashg‘ulot.Ijtimoiy rol.
Sotsiolingvistikaning ayrim terminlari va tushunchalari sotsiologiya va ijtimoiy psixologiyadan olingan. Ulardan eng muhimlari ijtimoiy maqom va ijtimoiy roldir. Jamiyatda yashaydigan va turli guruhlarga mansub bo‘lgan har bir individ jamiyatda bir qancha ijtimoiy o‘ringa ega bo‘ladi. Masalan, talaba (o‘z-o‘zidan ma'lum ijtimoiy o‘ringa ega) faol “kamolotchi”, universtietning shahmat bo‘yicha chempioni, guruhda yaxshi xonanda; uyda o‘g‘il va aka, do‘stlar davrvsida o‘rtoq, do‘st va h.k. bo‘lishi mumkin. Mazkur o‘rinlarning har biri ma'lum qoidalar va vazifalar bilan bog‘liq bo‘lib, u ijtimoiy maqom deb nomlanadi. Ijtimoiy maqomlarning aksariyatiga insonning o‘zi erishadi. Bunday maqomlarga orttirilgan maqomlar deyiladi. Talaba maqomiga oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirish, chempionlik maqomiga musobaqada g‘olib bo‘lish, er maqomiga nikohdan o‘tish yo‘li bilan erishiladi. Boshqa maqomlar, xususan, jins, etnik yoki irqiy oidlik tug‘ma bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |