Amaliy mashg`uloti savollariga quyidagi adabiyotlardan javob topasiz:
1. Avrorin V.A. Problemo’ izucheniya funktsionalnoy storono’ yazo’ka (k voprosu o predmete sotsiolingvistiki). –L., 1975.
2. Brayt U. Vvedenie: parametro’ sotsiolingvistiki // Novoe v lingvistike. Vo’p. VII. –M., 1975.
3. Belikov V. I., Kro’sin L. P. Sotsiolingvistika. –M., 2001.
4. Shveytser A.D. Sovremennaya sotsiolingvistika: Teoriya. Problemo’. Metodo’. –M.: Nauka, 1976.
14-amaliy mashg‘ulot.Lisoniy ijtimoiylashuv.
Ijtimoiy sharoitlarga bog‘liq bo‘lgan til variativligini o‘rganadigan sotsiolingvistikadan farqli o‘laroq, til sotsiologiyasi tilning, xususan, turli ijtimoiy guruhlarda til variantlarining qanday taqsimlanganligi va bu guruhlar qanday qilib til orqali o‘z maqsadlariga erishishlari bilan qiziqadi. Masalan, sotsiolingvistni hokimiyatning tilni boshqarishi, uning tilni ijtimoiy demagogiya yoki haqiqatni yashirish vositasi sifatida qo‘llashi yoki siyosiy raqib bilan shaxsiy obro‘-manfaatga futur yetkazmasdan kelishish yo‘llari qiziqtiradi. Ya’ni, sotsiolingvist “tildan”, til faktlaridan kelib chiqib ish ko‘rsa, til sotsiologi “jamiyatdan”, ijtimoiy munosabatlar va institutlardan kelib chiqqan holda ish ko‘radi. 1. Avrorin V.A. Problemo’ izucheniya funktsionalnoy storono’ yazo’ka (k voprosu o predmete sotsiolingvistiki). –L., 1975.
Amaliy mashg`uloti savollariga quyidagi adabiyotlardan javob topasiz:
1. Brayt U. Vvedenie: parametro’ sotsiolingvistiki // Novoe v lingvistike. Vo’p. VII. –M., 1975.
2. Belikov V. I., Kro’sin L. P. Sotsiolingvistika. –M., 2001.
3. Shveytser A.D. Sovremennaya sotsiolingvistika: Teoriya. Problemo’. Metodo’. –M.: Nauka, 1976.
SEMINAR MASHG‘ULOTI MATERIALLARI
1-seminar mashg‘ulot. Kodlar aralashuvi. Bir kod tasarrufidan ikkinchi kod tasarrufiga o`tish.
pereklyuchenie kodov) termining tarjimasi bo‘lib, u XX asrning 70-yillarida ingliz tilshunosligida paydo bo‘lgan. Biroq mazkur termin iste'molga kirmasidan oldin bu hodisaga R. Yakobson e'tibor qaratgan: “Har qanday umumiy kod ko‘p shaklli bo‘lib, u xabarning vazifasi, adresat va suhbatdoshlar orasidagi munosabatga ko‘ra so‘zlovchi tomonidan erkin tanlanadigan turli subkodlarning ierarxik (pog‘onali) majmuidir”74.
Ijtimoiy-kommunikativ tizimni tarkib toptiruvchi kodlar va subkodlar vazifalariga ko‘ra taqsimlangandir. Bu mazkur til jamoasini tashkil etgan xuddi o‘sha so‘zlashuvchilar kontingentining umumiy muloqot vositalar majmuini muloqot sharoitidan kelib chiqqan holda qo‘llashini bildiradi. Masalan, agar gap adabiy til subkodlari haqida ketadigan bo‘lsa, unda adabiy til egalari ilmiy faoliyatda ilmiy uslubdan, boshqaruv organlarining yozishmalarida, ish yuritishda, yurisprudensiyada albatta, rasmiy uslubdan, diniy marosimlarda esa diniy-tashviqot konstruksiyalaridan foydalanishi kerak bo‘ladi. Boshqacha aytganda, so‘zlovchi muloqot sharoitidan kelib chiqqan holda bir til vositasidan boshqasiga o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |