17-jadval
Dukkakli don ekinlarining 1 t urug’ hosil qilish uchun o’zlashtirilgan va tuproqdan hosil bilan olib chikilgan ozuqa elementlarining miqdori (kg).
Ekinlar
|
Elementlarning maksimal o’zlashtirilishi
|
Hosil bilan olib chikilganligi
|
N
|
P
|
K
|
jami
|
N
|
P
|
K
|
jami
|
Ekma ko’k no’xat
|
64
|
21
|
29
|
114
|
50
|
16
|
24
|
90
|
Dala ko’k no’xati
|
56
|
23
|
26
|
105
|
45
|
20
|
17
|
82
|
No’xat
|
64
|
25
|
60
|
149
|
52
|
21
|
49
|
122
|
Loviya
|
66
|
25
|
40
|
131
|
53
|
22
|
29
|
104
|
Burchoq
|
70
|
19
|
39
|
128
|
58
|
16
|
30
|
114
|
Yasmiq
|
70
|
23
|
38
|
131
|
59
|
20
|
28
|
107
|
Soya
|
82
|
26
|
47
|
155
|
72
|
23
|
38
|
133
|
O’rtacha
|
69
|
23
|
42
|
135
|
58
|
19
|
33
|
110
|
4.2. KO’K NO’XAT.
Halk xo’jaligidagi ahamiyati. Ko’k no’xat doni oziq-ovqat uchun ishlatiladi, undan har xil milliy taomlar tayyorlanadi. Doni yeyiladi, mollarga beriladi va agrotexnikaviy ahamiyatga ega. Uning doni tarkibida 26-30 % oqsil, 4-7 % moy, 47-60 % azotsiz ekstraktiv moddalar, 2,4-12,8 % kletchatka, 0,2-4 % kul va shuningdek A, V1, V2, S vitaminlar va mineral moddalar bor. No’xatning pishgan va xom doni shuningdek dukkagi konservalanadi. 1 kg no’xatda 1,17 oziq birligi va 195 gr xazmlanadigan protein bor. No’xatning palagi tarkibida 12-13 % oqsil bor. U to’yimli oziq bo’ladi. No’xat pichani va to’pon tarkibida 5-8 % oqsil bo’lganligidan ularning to’yimliligi yuqori. No’xatning ko’k massasi tarkibida ham oqsil ko’p. U yaxshi siloslanadi.
No’xatning agrotexnikaviy ahamiyati katta. U tipik azot to’plovchidir. Agrotexnikaviy darajasi yuqori bo’lgan, har gektar yerdagi no’xat kamida 50-70 kg azot to’playdi. Shuning uchun boshoqli don, sabzavot va boshqalardan oldin ekiladigan eng yaxshi ekin hisoblanadi. No’xatdan ko’kat o’g’it sifatida foydalanish ham katta ahamiyatga ega. Buning uchun yetishtirilgan no’xat kuzda yoki bahorda yerni xaydashda tuproqqa aralashtirib xaydab yuboriladi. So’ngra g’o’za, sholi va sabzavotlar ekiladi. No’xat ertapishar, issiqqa kam talanchab va sovuqqa juda chidamli bo’lganidan uni sug’oriladigan yerlarda kech kuzda, erta bahorda yoki yozda makkkajo’xori, oq jo’xori, ertaki yoki kechki sabzavotlar bilan birga ekish va bir yilning o’zida bitta daladan 2-3 marta hosil olish mumkin. No’xat oraliq ekin sifatida katta ahamiyatga ega. Erta kuzda yoki kech kuzda no’xat ozuqa sifatida ishlatiladi.
U g’alla ekinlari (arpa, suli, javdar) bilan aralashtirib ekilganda ham foydadan holi bo’lmaydi. U holda ko’k massa yoki pichan hosili no’xat hisobiga oqsilga boyiydi shuning bilan birga hosilni yem-xashaklik sifati ortadi. No’xatni lalmikorlikda yetishtirish mumkin. Umuman serhosil ekindir. Mamlakatimizda o’rtacha hosili gektaridan 10-14 sentnerni tashkil etadi. Sug’oriladigan yerlarda 20-40 s/ga 350-450 s/ga ko’k massa hosili olinadi. O’zbekiston sholichilik ilmiy tekshirish institutida har gektar yerdan 28-38 s gacha no’xat doni olingan. No’xatning lalmikorlikdagi o’rtacha don hosili 5-6 dan 10 s gacha. Ko’k massasi 60-70 s yetgan. No’xat Yevropadagi davlatlar, AQSh Kanada, Xitoyda, Xindistonda ko’p tarqalgan. O’zbekistonda no’xat ekin maydoni uncha katta emas. Asosan sug’oriladigan yerlarda shuningdek qisman lalmikorlikda ekiladi.
Botanik ta’rifi. Ko’k no’xat Pisum L.avlodiga mansub bo’lib, bir necha turni uz ichiga oladi. Shulardan Pisum sativum L., yani ekma madaniy no’xat eng katta ahamiyatga ega bo’lib, keng tarqalgan o’simlikdir. No’xatning bu turi bir necha kenja turga bo’linadi, shulardan eng asosiy-subsp. sativum kenja turi-oddiy ekma no’xat (ko’k no’xat) va subp. arvense kenja turi-xashaki ko’k no’xat (pelyushka)dir.
23-rasm. Ko’k no’xot. 1-o’simlik rivojlanganda unib chiqish fazasida; 2-ekma ko’k no’xot gullash-mevalarini xosil bo’lish fazalarida; 3-ekma ko’k no’xot fertil bo’gini bargi Bilan; 4-dala no’xati gullash mevalarni xosil bo’lish fazalarida
Ekma ko’k no’xat bir yillik o’t o’simlik bo’lib, ko’pincha yotiq holda o’sadi, bo’yi 25 sm dan 250 sm gacha yetadigan tuksiz poya chiqaradi. Yotiq holda o’sadigan navlari bilan bir qatorda poyasining asosan ustki qismi yug’on bo’ladigan navlari ham bor, bular shtamb navlar deb aytiladi. Bu xildagi poya vertikal holatini yaxshi saqlaydi va kamroq egiladi.
Ildizi tuproqka 1 m gacha chuqur kirib boradigan o’q ildiz.
Barglari 2-3 juft bargcha chiqariladigan juft patsimon murakkab barg, ular jingalaklar bilan tugaydi va yirik yon bargchalar chiqaradi.
24-rasm. Ko’k no’xot. 1-dukkakli o’simliklar urug’ining tuzilish sxemasi; po’sti urug’ (A); po’stsiz (V), bita urug’pallasi olingani (D); a-urug’ dastasi (kindigi); b-dastaning izi; ye-xalaza;f-ildizcha; j-urug’palla; x-ildizcha; i-kurtakcha; 2-turli rangdagi urug’lar; 3-chirish (a) va don uchun ekiladigan (b) ko’k no’xot mevalari; 4-oddiy (a), shtamb (b) va yarim shtamb (d) poyali o’simliklar
Gullari yirik, gultojisi har xil rangda bo’lib, gul bandda bitta yoki ikkitadan, poyasi yo’g’on navlarda esa ko’pincha uch-yettitadan bo’lib joylashadi.
Dukkaklari 3-10ta urug’ tugadi, to’g’ri yoki egilgan, xanjarsimon yoki tasbexsimon, ko’pincha sariq rangda bo’ladi. Dukkaklari yetilganda chatnab ketadi.
Urug’i ko’pincha yirik, yumaloq, burchakli yoki burchakli-kvadrat shaklda. Urug’ining yuzi silliq yoki burishgan bo’ladi.
Donning rangi har xil-okdan qoragacha bo’ladi.1000 donasini vazni 40g dan 400g gacha yetadi, o’rtacha 150-250g.
No’xatning kenja turlari quyidagi belgilari bilan tavsiflanadi (25-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |