Ekin
|
Oqsil, % AKM hisobida
|
Oqsilni to'la qimmatligi, %
|
Yog', % AKM hisobida
|
Energiya, MJ 1 kg
|
Oqsil 1 YeOV da, g
|
Soya
|
40
|
88
|
18
|
23
|
18,11
|
185
|
Ok lyupin
|
38
|
80
|
10
|
21,2
|
18
|
188
|
Sariq lyupin
|
42
|
80
|
7
|
20,8
|
18,08
|
212
|
Ingichka bargli lyupin
|
36
|
76
|
6
|
20,2
|
17,79
|
186
|
Ekma vika
|
31
|
77
|
2
|
19,1
|
18,05
|
170
|
Tukli vika
|
30
|
73
|
2
|
19
|
18
|
166
|
Yasmiq
|
30
|
85
|
5
|
19,7
|
-
|
160
|
Pasol
|
30
|
85
|
3
|
19,2
|
-
|
163
|
Burchoq
|
28
|
77
|
2
|
18,9
|
18,21
|
164
|
Xashaki dukkaklilar
|
28
|
75
|
2
|
18,9
|
17,79
|
164
|
Ekma ko'k no'xat
|
24
|
78
|
2
|
18,6
|
17,91
|
128
|
Dala ko'k no'xati
|
21
|
76
|
2
|
18,5
|
17,8
|
119
|
Mahalliy no'xat
|
23
|
78
|
5
|
18,7
|
17,8
|
122
|
O’simliklar oqsili masalasi mamlakatimizda va butun dunyoda jiddiy masala hisoblanadi. Ular insoniyatni zarur aminokislotalar bo’lgan oqsillar bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
D.N. Pryanishnikov oqsil masalasi, asosan, dukkakli o’simliklar hisobiga hal etilishi kerak, degan edi. Gap shundaki, no’xatning bir oziq birligi 200 g gacha, soyada 300 g gacha xazm bo’ladigan protein bor. Shuning uchun dukkakli don ekinlarining o’zi ajoyib oziq-ovqat va yem-xashak bo’lib qolmasdan, balki boshqa barcha yem-xashaklardan foydalanishni ham yaxshilaydi.
Dukkakli don ekinlarining urug’i, poyasi va bargida g’alla ekinlarinikiga qaraganda 2-3 barobar ko’p oqsil bo’ladi. Shuning uchun yem-xashaklarning oqsili tarkibini yaxshilash maqsadida dukkakli don ekinlari boshqa ekinlarga aralashtirib ham ekiladi. Soya va lyupin urug’ida oqsil ayniqsa ko’p 30-50 % bo’ladi. Ba’zi dukkakli don ekinlarining urug’ida odam va xayvonlar uchun zarur bo’lgan barcha aminokislotalar, almashtirilmaydigan aminokislotalar (lizin, metionin, triptofan va boshqalar) bo’ladi. Dukkakli don o’simliklari tarkibidagi oqsil va aminokislotalar miqdori ularning naviga, tuproq-iqlim sharoitiga va agrotexnikaviy xususiyatlariga juda bog’liq bo’ladi.
Shimoldan janubga va g’arbdan sharqqa tomon dukkakli don ekinlari urug’i tarkibidagi oqsil miqdori ortib boradi. Dukkakli don ekinlarining urug’ida va ayniqsa, vegetativ organlarida vitaminlar (A,V1,V2, S) ham bo’ladi.
Dukkaklilarning agrotexnikaviy ahamiyati shundaki, ular yerda ko’p miqdorda azotli birikmalar to’playdi, dexqonchilikdagi azot balansini yaxshilaydi va ularning ayrimlari qiyin eriydigan fosfatlarni o’zlashtiriladigan shaklga aylantiradi. Dukkakli o’simliklar ildizlarida tuganak bakteriyalar simbioz holatda yashaydi. Bu bakteriyalarning xayot faoliyati natijasida tuproqda ko’p miqdorda azotli birikmalar to’planadi. Tuganak bakteriyalar atmosferadagi gaz holatidagi azotni o’simliklar o’zlashtira oladigan holatdagi azotli birikmalarga aylantirib beradi.
13-jadva
Dukkakli don ekinlari urug'laridagi almashinmaydigan aminokislotalar miqdori g/kg quruq mod d a xisobida.
(G.S. Posipanov, 2006 yil).
Aminokis-lotalar
|
Soya
|
Loviya (fasol)
|
Yasmiq
|
Ekma ko'k no'xat
|
Sariq lyupin
|
Xashaki dukkak
|
Ekma burchoq
|
Mahal-liy no'xat
|
Lizin
|
24
|
23,3
|
22,3
|
22,7
|
16,2
|
14,5
|
18,4
|
20,7
|
Metionin
|
5
|
1,5
|
4
|
1
|
4,1
|
3,3
|
4,5
|
5,2
|
Sistin
|
4,6
|
6,2
|
6,3
|
2,8
|
4,4
|
4,2
|
3
|
4,8
|
Arginin
|
25,6
|
16,5
|
21,6
|
19,7
|
28,3
|
17
|
23,1
|
24,4
|
Leysin
|
41,6
|
44
|
38,8
|
31,8
|
37,5
|
24,8
|
33,5
|
39,6
|
Fenilalanin
|
16
|
14,6
|
13
|
11,6
|
15,5
|
6,2
|
10
|
11,3
|
Treonin
|
13
|
11
|
10,9
|
11,7
|
14
|
9,8
|
12
|
10,5
|
Valin
|
16,5
|
16
|
15,8
|
11
|
11,2
|
9,6
|
12,5
|
11,5
|
Triptofan
|
3,6
|
4,4
|
5,3
|
1,8
|
1,8
|
1,6
|
2,9
|
3
|
Gistodin
|
8
|
6,5
|
9
|
4,9
|
11
|
7
|
6,1
|
6
|
Hamma almashtiril-maydigan aminokislo-talar yig'indisi
|
157,9
|
144
|
147
|
119
|
144
|
98
|
126
|
137
|
M.V.Fedorov ma’lumotlariga ko’ra, lyupin 400 kg gacha, beda qariyib 140 kg, no’xat va vika 100 kg, soya 250 kg atmosfera azotini o’zlashtiradi. Bundan tashqari dukkakli don ekinlari tuproqda ko’p miqdorda ildiz, poya va barg qoldiqlarini koldiradi. Bular ham chirib tuproqda chirindining miqdorini oshiradi. Shuning uchun ular bahorgi va kuzgi ekinlar uchun yaxshi o’tmishdosh hisoblanadi.
14-jadval
Dukkakli don ekinlarining urug'i va yashil massasida oqsil miqdorining simbioz faolligi, % AKM hisobida
(P o sipanov bo'yicha, 2006 )
Ekin
|
Urug'i
|
Yashil massasi
|
yuqori
|
o'rtacha
|
Simbioz yo'q
|
yuqori
|
o'rtacha
|
Simbioz yo'q
|
Soya
|
52
|
40
|
29
|
26
|
22
|
13
|
Ok lyupin
|
50
|
44
|
29
|
25
|
18
|
14
|
Sariq lyupin
|
43
|
38
|
30
|
23
|
18
|
13
|
Ingichka bargli lyupin
|
41
|
36
|
23
|
22
|
17
|
13
|
Ekma vika
|
38
|
30
|
24
|
-
|
-
|
-
|
Tukli vika
|
37
|
30
|
20
|
-
|
-
|
-
|
Yasmiq
|
37
|
28
|
20
|
25
|
18
|
14
|
Fasol
|
36
|
28
|
19
|
26
|
23
|
13
|
Burchoq
|
35
|
31
|
21
|
25
|
21
|
14
|
Xashaki dukkaklilar
|
35
|
30
|
21
|
25
|
21
|
14
|
Ekma ko'k no'xat
|
32
|
23
|
19
|
24
|
17
|
13
|
Dala ko'k no'xati
|
30
|
24
|
19
|
26
|
18
|
13
|
Mahalliy no'xat
|
27
|
21
|
18
|
24
|
17
|
13
|
Demak. dukkakli don ekinlari dexqonchilikda uchta asosiy vazifani: o’simlik oqsili masalasini, don yetishtirishni ko’paytirishni va tuproq unumdorligini oshirishni hal etishga yordam beradi.
Morfologiyasi. Don dukkakli ekinlarni urug’iga qarab aniqlash. Dukkakli don ekinlarining urug’i botanik jihatdan olganda xaqiqiy urug’ bo’lsa, g’alla ekinlarining mevasi-don hisoblanadi. Dukkakli don ekinlarining mevasi aslida hammaga ma’lum dukkak bo’lib, uning ichida urug’ turadi.
Dukkaklarining urug’i tashqi tomondan qalin po’stga o’ralgan, ba’zi dukkaklarida bu po’stning yuzi sillik, yaltiroq bo’lsa, boshqa (jaydari no’xat, oqburchoq, ya’ni ko’k no’xat) larda burishgan bo’ladi. (19-rasm)
19-rasm. Don dukkakli o’simliklar urug’lari.
1-Ko’k no’xat. 2-yasmiq. 3-Ekma vika. 4-xashaki dukkaklilar. 5-burchoq. 6-nut. 7- oddiy loviya. 8- soya. 9-uzun bargli lyupin. 10- ko’p yillik lyupin.
Urug’ning yon tomoni sirtida o’ziga xos tuzilmalar bo’lib, ular sistematik belgi hisoblanadi va tashqi ko’rinishidan bir-biriga o’xshab ketadigan urug’larni aniqlashni yengillashtiradi. Urug’larning bir-biridan farq qiladigan tuzilmalarining biri-urug’ kertigi, ya’ni urug’ rivojlanib chiqadigan urug’ kurtakka birikadigan joyidir. Urug’ yetilgandan keyin ana shu joyda dukkak pallasidan ajraladi. Har xil dukkaklilarning urug’ kertigi katta-kichikligi, rangi, shakli va holati bilan bir-biridan farq qiladi. U kutikula bilan qoplanmagan bo’ladi, shuning uchun urug’ bo’ktirilganda o’sha kertik orqali urug’ ichiga suv kiradi. Urug’ kertigining o’rtasida kertik izi, ya’ni urug’kurtak tolali naychalar bog’lamining izi bo’ladi. Urug’ kertigining bir uchida uruqqa kirish izi, ya’ni mikropileni-urug’kurtak urug’langanda unga chang naychasining kirish joyini ko’rish mumkin, ikkinchi uchida urug’kurtakning asosi bo’lgan halazani, ya’ni bo’rtiqcha yoki dog’chalar ko’rinishidagi tuzilmalarni ko’rish mumkin. Mikropile loviya urug’larining kertigida yaxshi seziladigan bo’ladi.
Urug’ qobig’ining tagida murtak joylashgan. Dukkakli o’simliklraning urug’ida g’alla ekinlariniki kabi endosperm bo’lmaydi. Murtak rivojlanishining birlamchi davrida zarur bo’ladigan oziq moddalar uning o’zida, ya’ni murtakning urug’palla barglarida to’plangan bo’ladi.
Dukkakli o’simliklar urug’ining murtagi urug’ning ikkita yarmidan iborat bo’lgan ikkita urug’palladan tashkil topgan bo’lib, ular bir tomondan ochiladi, ikkinchi tomondan esa urug’ kertigi yonida tutashgan bo’ladi. Urug’pallalari urug’ kertigi bilan tutashgan joyda murtak ildizchasi bilan kurtakcha bo’ladi. Ba’zi dukkakli ekinlar urug’ining kurtakchasi ancha baquvvat rivojlanadi va dastlabki ikkita chinbarg boshlang’ichiga ega bo’ladi, o’simlikning o’sish nuqtasi shularning orasida bo’ladi. Urug’ning tuzilishini bo’rtgan urug’lardan qurish eng qulay bo’ladi. Bunday urug’larning po’sti oson ajraladi va murtagining barcha qismi yaxshi ko’rinib turadi. Dukkakli don ekinlarining urug’i tashqi belgilariga qarab bir-biridan anchagina farq qiladi. (-jadval)
Dukkakli don ekinlarini maysasiga qarab aniqlash. Dukkakli don ekinlarining yerga ekilgan urug’i tegishli sharoitda (namlik, issiqlik mavjud bo’lganda) unib chiqa boshlaydi. Avval uning ildizchasi o’sa boshlaydi va urug’ pardasini yorib chiqadi, so’ngra tuproqqa chuqur kirib borib, ildiz otadi. Ildizcha o’sishi bilan bir vaqtda poyacha ham bo’yiga uzayib boradi, dukkakli ekinlarning har xil turida poyacha har xil uzayadi. (-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |