tamoyili muhim didaktik talab va qoidalarni, ya’ni o’quvchilar tomonidan tizimli va ongli o’zlashtirilgan ilmiy bilimlarni mustahkam, esda saqlab qolish hamda o’zlashtirilgan ilmiy bilimlarni o’z turmush faoliyatlarida qullay olish malakalari bilan qurollantirishni nazarda tutadi.
Ta’limning chuqurligi va mustahkamligi talabi didaktikada an’anaviy hisoblanadi va u yuzakilikka qarama-qarshi qo’yiladi. Chuqur, mustahkam bilimning asosiy belgisi eng fundamental g’oyalar, qoidalar, tushuncha, kategoriyalarni tushunish, chuqur o’zlashtirish, o’rganilayotgan materiallar mazmunini puxta anglashdan iborat.
Ta’limning tushunarliligi tamoyili o’quvchilarning mavjud imkoniyatlarini hisobga olish, jismoniy va psixik sog’lig’iga yomon ta’sir etuvchi intellektual va emotsional qiyinchiliklardan voz kechishni talab etadi. Ta’limning tushunarli bo’lishi o’quvchilarning yoshi, bilish imkoniyatlarini hisobga olib o’qishning mazmunini to’g’ri aniqlash demakdir, ya’ni, har bir o’quv fani bo’yicha o’quvchilar egallab olishi zarur bo’lgan bilim, amaliy ko’nikma va malakalari hajmini to’g’ri aniqlashdir. Bu tamoyil o’quv jarayonini o’quvchilarda qiyinchiliklarni engish istagini hosil qiluvchi va shaxsiy muvaffaqiyatlarining natijalaridan quvonish tuyg’usini yuzaga keltirishga yo’naltirilganligini ifodalaydi. Bu bolalarda ko’zga tashlanuvchi qattiq hayajonlanish, shuningdek, o’quv masalalarini echishdagi ishonchsizlikni yo’qotishga yordam beradi.
3. «Klaster» metodi
Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo‘lib, u ta’lim oluvchilarga ixtiѐriy muammolar (mavzu) xususida erkin, ochiq o‘ylash va fikrlarni bemalol baѐn etish uchun sharoit yaratishga ѐrdam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Ushbu metod muayyan mavzuning ta’lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta’minlashga hizmat qiladi.
«Klaster» metodidan foydalanish tavsifi:
-bosqich. Nimaniki o‘ylagan bo‘lsangiz, shuni qog‘ozga ѐzing. Fikringizni sifati to‘g‘risida o‘ylab o‘tirmay, ularni shunchaki ѐzib boring.
-bosqich. Yozuvingizning orfografiyasi ѐki boshqa jihatlariga e’tibor bermang.
-bosqich. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, ѐzishdan to‘xtamang. Agar ma’lum muddat biror-bir g‘oyani o‘ylay olmasangiz, u holda qog‘ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g‘oya tug‘ilgunga qadar davom ettiring.
bosqich. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko‘proq yangi g‘oyalarni ilgari surish hamda mazkur g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikni ko‘rsatishga harakat qiling. G‘oyalar yig‘indisining sifati va ular o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rsatishni cheklamang.
15-bilet
1. Oʻquv rejasi - oʻquv yurtlarida oʻqitiladigan fan, ularning boʻlimlari, oʻqitilish tartibi hamda har bir fanning yil davomida oʻqitilishi, ularning oʻquv yili va haftasida qancha miqdorda oʻtilishi kerakligini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat. Oʻzbekistonda Oʻquv rejasi tegishli vazirliklar tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. Bir tipdagi oʻquv yurtlari uchun Oʻquv rejasi yagona va majburiydir. Shu bilan birga, har bir oʻquv yurti Oʻquv rejasini belgilangan miqdorda oʻzgartirishi mumkin. Shuningdek, mamlakatdagi tayanch oliy oʻquv yurtlari uchun oʻziga xos Oʻquv rejasiga ega boʻlishga ruxsat etilgan. Oʻquv rejasining umumiy va majburiyligi taʼlim tizimi bosqichlarining uzluksizligini, jamiyatning barcha aʼzolariga ilm olishning bir xil imkoniyatlarini taʼminlaydi.
OʻzRda taʼlim tizimi barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilganligi uchun ham Oʻquv rejasida taʼlimning insonparvarlashuviga alohida eʼtibor berilgan. Oʻquv yurtlarining Oʻquv rejasi muayyan qismlardan iborat boʻlib, ularda oʻquv yurti oʻquvchisi, talabasi yoki tinglovchisida shakllantirilishi lozim boʻlgan ilmiy, maʼnaviy, kasbiy sifatlar hamda amaliy koʻnikma va malakalar hisobga olingan.
2. . Didaktik
Do'stlaringiz bilan baham: |