Ushbu metod quyidagi bosqichlardan iborat



Download 59,42 Kb.
bet2/6
Sana06.06.2022
Hajmi59,42 Kb.
#640824
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
pedagogika

Oldingi tahrirga qarang.
Pedagog xodimlarning zimmasida qonunchilikka, shuningdek ta’lim oluvchi va ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(46-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Pedagog xodimlarga pedagogik faoliyatni amalga oshirishda axloq va etika normalariga zid harakatlar sodir etish taqiqlanadi.
Pedagog xodimlarning kiyim-boshiga doir talablar ta’lim tashkilotlari tomonidan belgilanadi.
3. Pinbord metodi (inglizchadan: pin - mustahkamlash, board- doska). Bu o`qitish metodining mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki o`quv suhbati amaliy usul bilan bog`lanib ketadi. Uning afzallik funktsiyalari- rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifadir: bakalavr o`qituvchilarda muloqat yuritish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi, o`z fikrini fakat og`zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko`nikmasi rivojlanadi.

1.Bosqich.
Tayyorlov.



2.bosqich.
Mavzuni ishlash.




3. bosqich
O’z xulosalarini yozma bayon etish




4.bosqich
Umumlashtirish.




5.bosqich.
Yakun yasash, tahlil va baholash.




9-bilet
1. O’qituvchi faoliyatining muvaffaqiyati avvalo u didaktik prinsip (qonuniyat) larni qanchalik to’g’ri amalga oshirishiga bog’liq. Ta‘lim qonuniyatlari bu - o’qitish jarayoniga qo’yiladigan talablar yig’indisidir. Ta‘lim prinsip (tamoyil) lari deb, ta‘limning barcha bosqichlari va hamma predmetlarini o’qitish uchun asos bo’ladigan qonuniyatlar, qoidalarga aytamiz. Ta‘lim qonuniyatlari o’quvchi va o’qituvchi orasidagi eng muhim ichki ahamiyatni aks ettiradi. Ta`lim tamoillari o`qitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to`g`ri hal qilishning asosiy qonuniyatlaridir. Qonuniyat bu barqarorlik, zaruriyat, u yoki bu hodisalar va jarayonlar o`rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa.
2. 5-bob. Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi
44-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi
Tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bo‘lgan va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Magistraturani tamomlagan shaxslar va diplomli mutaxassislar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, pedagogik oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarga qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganidan keyin ta’lim tashkilotlarida (bundan oliy ta’lim tashkilotlari mustasno) pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.
(44-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ishlab chiqarish ta’limi ustalari qayta tayyorlash kurslaridan o‘tmasdan professional ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli.
Zarurat bo‘lganda professional ta’lim tashkilotlari ishlab chiqarish ta’limi ustalarini, shuningdek tegishli bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, oliy ma’lumoti bo‘lmagan boshqa mutaxassislarni amaliy va qo‘shimcha mashg‘ulotlarni olib borish uchun jalb etishi mumkin.
3. Ushbu metod o‘quvchilarga muayyan mavzular bo‘yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradi. Metodni qo‘llash jarayonida o‘quvchilar bilan guruhli yoki ommaviy ishlash mumkin. Guruh shaklida ishlashda mashg‘ulot yakunida har bir guruh tomonidan bajarilgan faoliyat tahlil etiladi. Metodan foydalanish 3 bosqich asosida amalga oshiriladi. 1. O‘quvchilarning o‘rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo‘yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi. 2. O‘quvchilar mavzuga oid ma’lumotlar bilan batafsil tanishtiriladilar. 3. O‘quvchilarning mavzu bo‘yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganiladi. (bo‘shliqlar, darslar jarayonida to‘ldirib boriladi ) Bosqichlar bo‘yicha amalga oshirilgan harakatlarning to‘liq tavsiloti quyidagicha: 1. Sinf o‘quvchilarning (individual guruhlarda) ishlashlari e’lon qilinadi. 2. O‘quvchilarning yangi mavzu bo‘yicha tushunchalarga egalik darajasi o‘rganiladi va ular tomonidan bayon etilgan tushunchalar jadvalning 1-bandiga yozib boriladi. 3. O‘quvchilarning yangi mavzu bo‘yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganiladi va bu ehtiyojlar jadvalning 2-bandiga yoziladi. 4. O‘qituvchi yangi mavzuga oid umumiy ma’lumotlar bilan o‘quvchilarni xabardor qiladi. O‘zlashtirilgan yangi tushunchalar aniqlanadi va ular jadvalning 3-bandiga yoziladi.
10-bilet
1.  Ko’rgazmalilik tamoyilidan foydalanishning asosiy vazifasi o’quvchilarning bilish faoliyatlarini faollashtirishdir. Bu tamoyil atrof olamni bevosita qabul qilib olish asosidagi o’qitishni nazarda tutadi. Ko’rgazmalilik tamoyiliga rioya qilish tabiatni o’rganishning dastlabki bosqichlarida juda muhimdir, chunki kichik yoshdagi maktab o’quvchilari ko’rganlarida hosil qilgan xususiy taassurotlari asosida to’g’ri tushuncha va xulosalar hosil bo’lishiga yordam beruvchi bilimlar olishlari kerak. Tabiatshunoslik bo’yicha dasturning organizmlar hayotini tabiiy sharoitlarda o’rganishga, tirik tabiat burchagida, maktaboldi maydonchalarida tajribalar, kuzatishlar o’tkazishga imkon beruvchi metodlarning qo’llanilishini, ya'ni o’quvchilarning bevosita ko’z bilan yoki bevosita ko’rib, atrof olamning jism hamda hodisalari bilan, shuningdek, ularning tasvirlar bilan tanishishi deb tushuniladigan ko’rgazmali tamoyilidan foydalanishni nazarda tutishi tasodifiy emas. Tabiatshunoslikni o’qitishdagi Ko’rgazmalilikni mashg’ulotlar jarayonida faqat tabiiy jismlar (tirik tabiat burchagidagi, zooparkdagi o’simliklar, hayvonlar, gerbariylar, kolleksiyalar), foydalaniladigan yoki tajriba ko’rinishidagi hodisalarni eslatuvchi predmetli ko’rgazmalilikka va tabiat jismlari yoki hodisalarining surat, jadval, doskadagi rasm, model, mulyaj, diapozitiv, kinofilm, xarita, sxema va boshqalardan foydalaniladigan tasviriy ko’rgazmalilikka ajratish maqsadgamuvofiqdir. Predmetli va tasviriy ko’rgazmalilikni amalga oshirish asosida o’qitish, ayniqsa, bolalar tarbiyasining ertangi bosqichlarida, tafakkurning, kuzatuvchanlikning faollashishiga yordam beradi, o’rganilayotgan masalalarga o’quvchilar qiziqishini oshiradi. Ularni oddiy tadqiqotlar olib borishga o’rgatadi, bilimlarni faol qabul qilishga yordamlashib, o’zlashtirib olish jarayonini osonlashtiradi, bilimlarning mustahkamligini ta'minlaydi. So’z bilan qabul qilish, so’z bilan tasavvur etish o’rtasida puxta bog’lanishlarning vujudga kelishi o’quvchilarning tabiat jismlari va hodisalari to’g’risida o’qituvchi hikoya qilib berganlaming va ular to’g’risida darslikda yozilganlarning ahamiyatini tushunib olishlariga imkon beradi. 
2. 4-bob. Ta’lim faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalga oshirish
39-modda. Davlat ta’lim muassasalariga o‘qishga maqsadli qabul qilish
Davlat ta’lim muassasalariga o‘qishga maqsadli qabul qilish tegishli hududlarning, sohalar va tarmoqlarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ular uchun belgilangan ta’lim oluvchilarni qabul qilish parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
Davlat ta’lim muassasalariga o‘qishga maqsadli qabul qilish kadrlar buyurtmachilari, davlat ta’lim muassasalari va fuqarolar o‘rtasida tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Davlat ta’lim muassasalariga maqsadli qabul qilish tartibida o‘qishga kirish umumiy asoslarda tanlov natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.
3. «Insert» metodi Sinf o`quvchilari guruhlarga bo`linadilar, guruhlar nomlanadi. O`qituvchi yangi mavzuni e’lon qiladi va har bir guruhdan yangi mavzuga oid ikkitadan fikr bildirishlarini so`raydi. Guruhlar navbati bilan (ushbu jarayonda guruhning barcha a’zolari faol ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadga muvofiq) fikr bildiradilar. Bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi. Faoliyat yakunlangach, o`qituvchi yangi mavzu mazmuni yoritilgan matnni o`quvchilarga tarqatadi. So`ngra shunday topshiriq beriladi Topshiriq. a) Matn bilan tanishib chiqing; b) Matnning har bir qatoriga quyidagi belgilarni qo`yib chiqing: Z - matnda guruhlar tomonidan bildirilgan fikr o`z aksini topgan bo`lsa; S - matnda guruxlar tomonidan bildirilmagan fikr yuritilgan bo`lsa; D - matnda bildirilgan fikrlarga zid fikrlar mavjud bo`lsa; ? - matn bilan tanishish jarayonida tushunmovchiliklar yuzaga kelsa.
So`ngra guruh a’zolari shaxsiy qarashlarini o`zaro o`rtoqlashadilar, guruh bo`yicha belgilar soni umumlashtiriladi. Liderlar vositasida har bir belgining miqdori bayon etiladi va izohlanadi. O`qituvchi guruhlar tomonidan qayd etilgan sonlarni ularning nomlari yozilgan ustunga yozib boradi. O`qituvchi har bir guruh lideri fikrini tugatgach, yuzaga kelgan qarama qarshilik va tushunmovchiliklarni o`quvchilar to`g`ri xal etishlariga va tushunib olishlariga yordam beradi.
11-bilet
1. Ta`limning mazmuni deganda, o`quvchilarni o`qish jarayonida egallab olishi lozim bo`lgan hamda tizimga solingan bilim, malaka va ko`nikmalarni aniq doirasi tushuniladi. Ta`limning mazmuni bir qator ehtiyojlarni hisobga olish bilan belgilanadi:
ijtimoiy ishlab chiqarishni eng zarur ehtiyojlari, ijtimoiy tuzimni xususiyatlari. davlatning xalq ta`limi va muayyan turdagi o`quv yurt oldiga qo`yadigan maqsad hamda vazifalari;
o`qitish qoidalaridan kelib chiqadigan va o`quvchilarning imkoniyatlarini (yosh imkoniyatlar va boshqalar) etiborga oluvchi didaktik talablar.
Ta`lim mazmuni o`quv rejasi, dasturi va darsliklarida ifodalangan.
2. O`QUV REJASI
O`quv rejasi – davlat hujjatidir. Oquv rejasi – barcha umumta’lim maktablarida so`zsiz amal qilinishi lozim bo`lgan davlat hujjatidir. Unda sinflar bo`yicha o`rganilishi kerak bo`lgan o`quv fanlari va o`sha fanlar uchun ajratilgan o`quv soatlari ko`rsatilgan bo`ladi.
Maktabning yagona o`quv rejasi xalq ta`limi tomonidan tasdiqlanadi.
Oquv dasturi va darslik.
Har bir o`quv fani uchun o’quv dasuri tuziladi. O`quv dasuri o`quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. O`quv dasturi har bir oquv fanini o`qitish uchun ajratilgan bilim hajmi, tizimi va g`oyaviy-siyosiy yo`nalishini aniqlab beradigan davlat hujjatidir.
O`quv dasturida o`quv yili davomida har qaysi sinfda alohida fanlar bo`yicha o`quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko`nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladi. Dasturda har qaysi fanlarning mazmuni izchillik bilan yoritiladi va ma’lum mavzular orqali ko`rsatiladi.
2.
3. Sinkveyn‖ atamasi fransuzcha ―besh qatordan iborat‖ she‘r ma‘nosini bildiradi. “Sinkveyn” metodi “O„qish va yozish asosida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish dasturi”da ko„zda tutilgan har bir ta‟lim oluvchining fikrlash  faolligini oshirish, ularda tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan metoddir. Sinkveyn bu – ―besh qatordan iborat‖ o‗ziga xos qofiyasiz she‘r bo‗lib, u biror voqea munosabati bilan yoziladigan yoki refleksiya qilinadigan axborot va materiallarning qisqa ifodalarda sintezlanishini talab etadi.  Sinkveyn ko‗rinishidagi she‘rda mashg‗ulot mavzusi va unga doir o‗rganilayotgan tushuncha, hodisa, voqea haqidagi axborotni o‗quvchi talaba so‗zi bilan umumlashtirilgan holda turli variantlarda va turli nuqtai nazarlar orqali ifodalanadi. Hozirda sinkveyn yozishning muayyan tartibi shakllangan. 

Download 59,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish