Sinkveynni yozib chiqish qoidasi quyidagicha: ―Sinkveyn‖ metodi – mashg‗ulot mavzusiga doir axborotlarni qisqacha bayon qilish, murakkab g‗oyalarni, his-tuyg‗ularni, tasavvurlarni bir nechta so‗zlar vositasida aniq va qisqa bayon qilishni o‗rgatish imkoniyatini beruvchi interfaol ta‘lim metodidir.
12-bilet
1. Ta’lim mazmunini loyihalash quyidagi umumiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi:
Ta’lim mazmunining barcha elementlarining jamiyat, fan, madaniyat va shaxs rivojlanishi talablariga mos bo’lishi tamoyili. Bu tamoyil ta’lim mazmuniga an’anaviy bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar bilan birga jamiyatning rivojlanganligi, ilmiy bilim, madaniy hayot darajasi va shaxsning rivojlanish imkoniyatlarini aks ettiruvchi fanlarni kiritishni talab etadi.
Ta’lim mazmunining tashkiliy-jarayon bilan aloqadorlik tamoyili. Bu tamoyil ta’lim mazmunini tanlashda bir tomonlama yondashishni rad etadi. U aniq bir o’quv jarayonini amalga oshirish bilan bog’liq tashkiliy shart-sharoitni hisobga olishni ko’zda tutadi. Bu umumiy o’rta ta’lim mazmunini loyihalashtirish jarayonida taqdim etish va o’zlashtirish tamoyillari, texnologiyasi, darajasi va u bilan bog’liq xatti-harakatlarni hisobga olish kerakligini anglatadi.
2. “Didaktik adabiyotlarda onglilik deganda, o`rganilayotgan temaga oid qonuniyat, ta`rif va faktlarni asosli egallash, xulosa va umumlashlarni chuqur, atroflicha fahmlash, tema yuzasidan bilimlarni izchil va to`g’ri bayon qila olish, bilimlarning ishonch va e`tiqodga aylanishi, o`rgatilgan bilimlardan turmushda mustaqil foydalana bilish kabilar tushuniladi. Onglilik bilimlarni ongli o`zlashtirishga yo`nalgan printsipdir. Bilim malakalarni ongli o`zlashtirish quyidagicha xususiyatlarga ega: ta`limning maqsadi, hayot uchun zarurligini anglash; faktik materiallarni ongli egallash va ularni o`zaro farqlay bilish; bilimlarni o`rganish, mustahkamlash, takrorlash jarayonlarini sezish; tema yuzasidan o`zi erishgan natijalarni baholay bilish. Faollik esa, o`z navbatida bolalarda mustahkamlikni tarbiyalash uchun asos bo`ladi. Bu printsiplar bir-birini to`ldiradigan hodisalar bo`lib, ularning mohiyatini tashqaridan ichkariga va ichkaridan tashqariga yo`nalgan jarayonlar sifatida tasavvur qilingandagina anglash mumkin. Faollik tashqaridan ichkariga yo`nalgan jarayon sifatida tasavvur etilsa, unda bolalarda mustahkamlikni shaxsiy sifat shaklida tarbiyalashni anglaymiz. Agar faollik ichkaridan tashqariga yo`nalgan jarayon sifatida qaralsa, unda insonning ichki intilishlari, emotsiyalari, qiziqishlari mustaqillikni shakllantirish vositasi ekanligini tan olishga to`g’ri keladi...”.
3. Mashq metodi-quyidagi turlarga bo’linadi:
Og’zaki, yozma mashq va grafik ishlari metodi.
Amaliy, laboratoriya mashg’uloti metodi.
Tajriba yer uchastkasida mashg’ulot.
Muammoli o’qitish metodi.
Bu metodlar muhim ahamiyatga ega bo’lib, hamma sinflarda, o’quv fanlari bo’yicha keng qo’llaniladi. Mashq metodi o’quvchilar o’zlashtirgan bilim hosil qilingan ko’nikmalarni mustahkamlash va ularni hayotda qo’llay olish qobiliyatini o’rgatish maqsadida tashkil etiladi. O’quvchilar mustaqil ishlarning xususiyatlari va mazmuniga qarab og’zaki, yozma, grafik va amaliy turlarda olib boriladi:
og’zaki mashq;
yozma mashq;
grafik ishlar (metod);
amaliy ishlari.
Yozma ishlar: ona tili va adabiyot, matematika, shuningdek, tarix va geografiya fanlarini o’qitishda qo’llaniladi. O’quvchilarning yozma mashqlari asosan ko’chirib olish, bayon, yozma ish qog’ozlari, matematikadan misol va masalalar yechish kabilardan iborat.
Grafik ishlar: yozma ishlar jumlasiga kirib, o’quvchilarning o’zlashtirgan yoki o’zlashtirmagan, bilimlarni ongli va mustahkam esda saqlab qolishlariga hamda shu sohada ko’nikma, malakalar hosil qilishlariga yordam beradi. O’quvchilarning grafik ishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: rasm chizish (yoki asliga qarab chizish), geografiya va tarix fanlaridan unchalik murakkab bo’lmagan kartalar chizish, chizma va sxemalar chizish, jadval, diagramma va grafiklar, plakat, albom, stendlar tayyorlash va boshqalar. Grafik ishlarni o’quvchilar bajarganda, o’qituvchilar kamchiliklarni o’z vaqtida ko’rsatishlari kerak.
13-bilet
1. Ilmiy pedagogik adabiyotlarda ta’lim mazmunini shakllantirishning quyidagi uch bosqichi ko’rsatiladi:
umumiy nazariy bosqich;
o’quv bosqichi;
o’quv materialini o’zlashtirish bosqichi, ya’ni, ta’lim mazmunining o’quv rejasi, o’quv dasturi va darsliklar kabi me’yoriy hujjatlarda o’z ifodasini topishi.
Umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuni davlat ta’lim standarti, o’quv rejalari mazmunida namoyon bo’ladi. O’quv rejalari quyidagilardan iborat: tayanch, namunaviy va maktab o’quv rejasi.
Umumiy o’rta hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari) uchun tayanch o’quv rejasi davlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblangan asosiy me’yoriy hujjat bo’lib, u namunaviy va amaliy o’quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Tayanch o’quv rejasi davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi sifatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining namunaviy o’quv rejalari tayanch o’quv rejasi asosida tuziladi va O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi. Bu reja uzoq muddatga mo’ljallab tuziladi va uning asosida mavjud sharoitlarni hisobga olib ishchi o’quv rejalari ishlab chiqiladi.
O’quv dasturi – muayyan o’quv fani bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni o’rganilishi bo’yicha taqsimlash, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o’rganilish darajasini yorituvchi me’yoriy hujjat.
Dasturda o’quv materialining ta’limning har bir yili va har bir sinf, kurs bo’yicha taqsimlanishi tuzilishi asoslab berilgan. Dasturda ko’rsatilgan bilim, malaka va ko’nikmalarni o’quvchilar tomonidan to’la o’zlashtirilishi o’qitish jarayoni muvaffaqiyatliligi va samaraliligi mezonlaridan biri hisoblanadi.
O’quv dasturlari namunaviy, ishchi va mualliflik bo’lishi mumkin.
Namunaviy o’quv dasturlari Xalq ta’limi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi, tavsiyanoma xususiyatiga ega bo’ladi. Namunaviy dastur asosida maktab, akademik litsey pedagogik kengashi tomnidan ishchi o’quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Namunaviy dasturdan farqli ravishda ishchi dasturda regional komponenti ta’riflanadi, o’quv jarayonini metodik, informatsion, texnik ta’minlash imkoniyati, o’quvchilarning tayyorgarligi darajasi hisobga olinadi.
2. Didaktik
Do'stlaringiz bilan baham: |