1-bilet
1.Pedagogika atamasi qadimiy bо‘lib, grekcha «paydogogos» sо‘zidan kelib chiqib «bola yetaklovchi» degan ma’noni bildiradi. Pedagogika fanining maqsadi barkamol avlodni tarbiyalash. Vazifalari ta’limning asosiy vazifasi o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish bo’lsa, tarbiya yosh avlodga jamiyatda qabul qilingan urf-odat, odob axloq qoidalariga mos keladigan e’tiqodni axloqiy ko’nikma va malakalarni, ehtiyoj va intilishlarni tarkib toptirishdan iborat.
2.Shaxs deganda ong egasi bo`lgan, o`z hatti-harakat-lariga javob beradigan, muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Rivojlanish shaxsning ham jismoniy, aqliy va ma`naviy kamol topish jarayonini Shaxsning rivojlanishi qiyin, murakkab jarayon, u ko'plab ichki va tashqi ta`sirlar va omillar orqali ro'yobga chiqadi. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar irsiyat, ya`ni biologik omil muhit ta`lim va tarbiya, shaxs faolligi (ijtimoiy omil)
3. To‘rt pog‘onali metodi – amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonining to‘rt pog‘ona doirasida kechadigan metodidir. Bu metod ta’lim oluvchilarga bir xilda takrorlanadigan qo‘l ko‘nikmalarini tez va mukammal o‘rganib olishlariga yordam beradi. “To‘rt pog‘onali” metod qo‘llanilganda, ta’lim oluvchilar iloji boricha oddiy operatsiyalar bilan tanishtiriladi, so‘ng uni takrorlaydilar va to mukammal o‘zlashtirmaguncha mashq qiladilar.
Ushbu metod quyidagi bosqichlardan iborat:
- tushuntirish;
- nima qilish kerakligini ko‘rsatib berish;
- ko‘rsatilgan tarzda qaytarish;
- mashq qilish. “To‘rt pog‘onali” metodning bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. “Tushuntirish” bosqichida muhandis-pedagog ta’lim oluvchilarga avval oddiy operatsiya bosqichini tushuntirib beradi.
2. “Nima qilish kerakligini ko‘rsatib berish” bosqichda muhandis-pedagog ta’lim oluvchilarga topshiriqni qanday bajarish kerakligini amalda ko‘rsatib beradi.
3. Uchinchi bosqichda ta’lim oluvchilar muhandis-pedagog ko‘rsatgan ish harakatlarini takrorlaydi. Muhandis-pedagog ta’lim oluvchilar bajarayotgan harakatlar yuzasidan o‘z fikrini bildirib, xatolarini to‘g‘rilab turadi. “Mashq qilish” bosqichida ta’lim oluvchilarning hatti-harakati muhandispedagog tomonidan nazorat qilib boriladi. Ta’lim oluvchilar ish amallarini mukammal o‘zlashtirganlaridan so‘ng, uni mustaqil bajaradilar. “To‘rt pog‘onali”metodning asosiy belgisi-ta’lim oluvchilarning harakatlari muhandis-pedagog ko‘rsatib bergan harakatlar doirasi bilan cheklanganligidadir.
“To‘rt pog‘onali” metodning afzalliklari:
- ta’lim oluvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda yordam beradi;
- vaqtdan unumli foydalanish imkoniyati mavjud;
- oddiy ish bosqichlarini o‘zlashtirish darajasi yuqori bo‘ladi.
2-bilet
1.Har qanday fan o‘zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali u o‘z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Hayotda va obyektiv dunyoni bilish nazariyasida nimani o‘rgatish va qanday o‘rgatish kerak, kimni qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liqdir. Nima qilish kerak va qanday amalga oshirish lozim – degan muammolar o‘rtasida dialektik birlik mavjuddir. Pedagogika o‘z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa hamda jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o‘rganadi. Shu ma’noda pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bo’lmagan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish metodlari, uslublari hamda vositalari majmuini tushunamiz. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari qanchalik mukammal, aqlga muvofiq, to‘g‘ri tanlansa ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanib, pedagogika fani ham boyib boradi
2. Shaxs deganda ong egasi bo`lgan, o`z hatti-harakat-lariga javob beradigan, muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Inson hayot ekan, butun umri davomida o'sib, rivojlanib, o'zgarib boradi. Bolalik, o'smirlik va o'spirinlik yillarida shaxsning kamol topishi yaqqol ko'zga tashlanadi. Shaxsning rivojlanishi qiyin, murakkab jarayon, u ko'plab ichki va tashqi ta`sirlar va omillar orqali ro'yobga chiqadi. Rivojlanish - shaxsning ham jismoniy, aqliy va ma`naviy kamol topish jarayonini. Pedagogika va psixologiya fani rivojlanishni biologik va sotsial xususiyatlari o'zaro chambarchas bog'liq bo'lgan bir butun narsa deb hisoblaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishi har tamonlama kamol topishining samarali bo'lishiga erishish maqsadida pedagogika fani rivojlanishning qonuniyatlarini unga ta`sir etuvchi omillarni shuningdek, shaxs kamolotida ta`lim va tarbiya hamda faoliyatining ta`siri va ahamiyatini aniqlaydi va tahlil qiladi.
3. Video usul - axborotni ko‘rgazmali o‘zlashtirishga asoslangan bo‘lib, unda kodoskop, videoko‘zgu, proyektor, kinoapparat, o‘quv televideniyesi, videomagnitafon, axborotni displeyda aks ettiruvchi kompyuterlardan foydalaniladi.
O‘quv jarayonida videousuldan foydalanish, ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni unumli yechishni ta’minlaydi. Jumladan:
yangi bilimlarni bayon etish, ya’ni juda sekin kechadigan jarayonlar bilan tanishish, bevosita kuzatish mumkin bo‘lmagan, shuningdek, tez sodir bo‘ladigan jarayonlar, bevosita kuzatishlar hodisalarning mohiyatini ochib bera olmagan holda qo‘llaniladi;
murakkab mexanizmlar va mashinalarning ishlash tamoyillarini dinamikada tushuntirish;
turli xil ish faoliyatini bajarish algoritmini tushuntirish;
chet tili darslarida o‘ziga xos til muhitini yaratish;
video hujjatlarni taqdim etish; mashq qilish ishlarini bajarish, jarayonlarni modellashtirish, kerakli o‘lchamlarni olib borish;
o‘quv-mashq va tadqiqot ishlarini olib borish uchun ma’lumotlar bazasini (bankini) yaratishdan iboratdir.
Video usuldan foydalanishning yana bir takomillashtirilgan ko‘rinishi videotopishmoq usulidir. Bunda o‘qituvchi oldida ta’lim jarayonida turli ta’lim vositalaridan o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turadi.
3-bilet
1. Didaktika – pedagogikaning mustaqil tarmog‘i. Ta’lim – tarbiya nazariyasi, ya’ni maqsadlari, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. “Didaktika”ning sо‘zma – sо‘z tarjimasi ta’lim nazariyasini anglatadi. Bu atamani nemis pedagogi V. Ratke (1571-1635) fanga kiritgan. Didaktika nomi ostida nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor Y. A. Komenskiy (1592 - 1670) tomonidan ishlab chiqilgan. Didaktikaning vazifalari tа’lim jаrаyonlаri vа ulаrni аmаlgа оshirish shаrtlаrini tа’riflаsh vа tushuntirish; tа’lim jаrаyonini yanаdа mukаmmаl tаshkil etish, ya’ni, tа’lim tizimlаri vа teхnоlоgiyalаrini ishlаb chiqish; tа’lim jаrаyoni uchun хоs bo`lgаn umumiy qоnuniyatlаrni аniqlаsh, оmillаrini tаhlil qilish vа tа’riflаsh.
2. Bizga yaxshi ma'lumki, har bir fan o'zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e'tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriva deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta'minlash, ta'lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlaming umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta'lim (o'qitish, o'qish), bilim, ko'nikma, malaka, ma'lumot, rivojlanish.
Shaxs — psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo'lgan jamiyat a'zosi.
Tarbiva — muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni hartomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta'lim —o'quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o'stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo'naltirilgan jarayon.
Bilim — shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma'lum obrazlar ko'rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma'lumotlar majmui.Ko'nikma - shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. Malaka — muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma'lumot — ta'lim-tarbiya natijasida o'zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko'nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Rivoilanish — shaxsning fiziologik va intellektual o'sishida namoyon bo'Iadigan rniqdor va sifat o'zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon. Ana shu nuqtayi nazardan pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o'rtasida yaqin aloqadorlik mavjud 1. Falsafa — shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g'oya, qarash hamda ta'limotlarning falsafiyjihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.
Iqtisod — ta'lim muassasalarining faoliyatini yo'lga qo'yish, o'quv binolarini qurish, ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.
Sotsiologiva — ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma'lumotlarga ega bo'lish asosida ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o'zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
Etika— shaxs ma'naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma'naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o'rin tutuvchi nazariy g'oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o'rin tutadi.
Estetika — shaxs tomonidan go'zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo'nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.
Fiziologiva— o'quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarining inobatga olinishi uchun boshlang'ich asoslarni beradi
Gigivena — o'quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularni jinsiy jihatdan to'g'ri shakllantirishda nazariy va amaliy g'oyalari bilan yordam beradi
Psixologiva — shaxsda ma'naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy- irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi
Tarix — pedagogika fani taraqqiyoti, ta'lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi g'oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo'naltiriladi.
Madanivatshunoslik — o'quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy madaniyat asoslari haqidagi tasawurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.
Tibbiv fanlar - shaxsning fiziologik-anatoinik jihatidan to'g'ri rivojlanishini ta'minlash, uning organizmida namoyon bo'layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli boialarni o'qitish hamda tarbiyalash muammolarini o'rganishda ko'maklashadi.
3. Namoyish metodi o‗rganilayotgan ob‘ekt harakat dinamikasini ochib berishda qo‗l keladi va ayni chog‗da predmetning tashqi ko‗rinishi va ichki tuzilishi haqida to‗laqonli ma‘lumot berishda keng qo‗llaniladi. Tabiiy ob‘ektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko‗rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o‗zaro munosabatlari)ga e‘tibor qaratiladi, so‗ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o‗rganishga o‗tiladi. Ko‗rsatish ko‗p holatlarda o‗rganilayotgan ob‘ektlarning sub‘ekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi. Tajribalar namoyishi esa sinf taxtasiga chizish yoki o‗qituvchining maxsus jihozlar yordamida ko‗rsatib berishi hisobiga amalga oshadi, bunda ushbu tajriba asosida yotuvchi tamoyillarni tushunish osonlashadi.
Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada ko‗proq didaktik samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har doim ham mumkin bo‗lavermaydi. Shu bois o‗qituvchilar tabiiy predmetlarni namoyish qilishda sun‘iy muhitga murojaat qilishadi (masalan, hayvonlar bilan hayvonot bog‗ida, turli o‗simliklar bilan esa issiqxonalarda tanishish) yoki sun‘iy ravishda yaratilgan ob‘ektlar (maket, model, mulyaj, skelet va boshqalar)dan foydalaniladi. Bu metod yordamida o‗qituvchi o‗quvchilarni mustaqil ravishda ob‘ektlarni o‗rganish, zaruriy o‗lchov ishlarini olib borish, aloqadorlikni o‗rnatish, shuningdek, hodisalarning mohiyatini anglab yetishga bir so‗z bilan aytganda faol bilish jarayoniga yo‗naltirishi lozim. Namoyish samarasi ko‗p jihatdan o‗qituvchining bilish jarayoni mohiyatan o‗quvchilarning yoshiga mos holda to‗g‗ri tanlanishi hamda mumkin qadar ularning diqqatini namoyish etilayotgan predmetning muhim jihatlariga yo‗naltirishiga bog‗liqdir.
4-bilet
1. Didaktikaning asosiy kategoriyalari kuyidagilardan iborat: dars, bilim olish, ta`lim, bilim, kunikma, malaka, ta`lim maksadi, ta`lim mazmuni, ta`lim jarayoni, ta`lim jarayonini tashkil etish, ta`lim turlari, shakllari, metodlari va vositalari, ta`lim natijasi. bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma`lum obrazlar kurinishida aks etuvchi borlik xakidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma`lumotlar majmui; bilim olish – idrok etish, urganish, mashk kilish va muayyan tajriba asosida xulk-atvor xamda faoliyat kunikma, malakalarining mustaxkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni; kunikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish kobiliyati; malaka – muayyan xarakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli; ta`lim – ukuvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy kunikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish kobiliyatlarini ustirish va dunyokarashlarini tarbiyalashga yunaltirilgan jarayon; ta`lim metodlari – ta`lim jarayonida kullanilib, uning samarasini ta`minlovchi usullar majmui; ta`lim mazmuni – shaxsning akliy va jismoniy kobiliyatini xar tomonlama rivojlantirish, dunyokarashi, odobi, xulki, ijtimoiy xayot va mexnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining moxiyati; ta`lim vositalari – ta`lim samaradorligini ta`minlovchi obyektiv (darslik, ukuv kullanmalari, ukuv kurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproyektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, kompyuter va boshkalar) va subyektiv (ukituvchining nutki, namunasi, muayyan shaxs xayoti va faoliyatiga oid misollar va xokazolar) omillar; ta`lim jarayoni – ukituvchi va ukuvchilar urtasida tashkil etiluvchi xamda ilmiy bilimlarni uzlashtirishga yunaltirilgan pedagogik jarayon; ta`lim mazmuni – davlat ta`lim standartlari asosida belgilab berilgan xamda ma`lum sharoitda muayyan fanlar buyicha uzlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar moxiyati; ta`lim maksadi (ukish, bilim olish maksadi) – ta`limning anik yunalishini belgilab beruvchi yetakchi goya; ta`lim natijasi (ta`lim maxsuli) – ta`lim yakunining moxiyatini kayd etuvchi tushuncha; ukuv jarayonining okibati; belgilangan maksadni amalga oshirish darajasi; ta`limni boshkarish – ta`lim muassasalarining faoliyatini yulga kuyish, boshkarish, nazorat kilish xamda istikbollarini belgilash; ta`lim tizimi – yosh avlodga ta`lim-tarbiya berish yulida davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi ukuv-tarbiya muassasalari majmui.
2. Mamlakatimizda Ta’lim to’g’risidagi Qonun dastlab 1992 yilda qabul qilingan, 1997 yilda esa yangi tahrirdagisi qabul qilingan edi. 2020 yil 23 sentabrda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda ta’lim sohasida hozirgi davrdagi amalga oshirilgan islohotlar o‘z aksini topdi. Qonun loyihasini takomillashtirish davomida 238 ta norma va qoida qayta ko‘rib chiqildi, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qisqartirish imkoniyatidan foydalangan holda 123 ta norma loyiha tarkibidan chiqarildi hamda 54 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi modda bilan almashtirildi. Shuningdek, ma’muriy byurokratik mexanizmga doir 7 ta modda butunlay chiqarib tashlandi.
Mazkur Qonunda ushbu yangi norma va qoidalar o‘z aksini topishi natijasida qonun 11 bob va 75 moddadan iborat tartibda ishlab chiqildi. 1-bob. Umumiy qoidalar 2-bob. Ta’lim tizimi, turlari va shakllari 3-bob. Ta’lim tizimini boshqarish 4-bob. Ta’lim faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalga oshirish 5-bob. Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi 6-bob. Ta’lim oluvchilarning, ular ota-onasining hamda boshqa qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari 7-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish 8-bob. Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash, ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan о‘tkazish 9-bob. Ta’limni moliyalashtirish va davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash 10-bob. Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik 11-bob. Yakunlovchi qoidalar
3. Illyustratsiya – hodisa, narsa, jarayonlarni tasviriy shaklda sxema, reproduksiya, yassi modellar yordamida ko`rsatish va qabul qilishni ko`zlaydi. Bu usulning asosiy vazifasi – o`rgatish. Illyustratsiya usulining vositasi bo`lib suratlar, jadvallar, rangli xaritalar, albomlar va atlaslar xizmat qiladi. Ko`rgazma qurollarini va illyustratsiya shakllarini tanlayotganingizda uning bilim olish jarayonidagi ta`lim-tarbiyaviy vazifasini, joyini va rolini puxta o`ylab ko`rmoq lozim. Shuningdek, sizning oldingizda ko`rgazma materialini eng ma`qul hajmini tanlab olish muammosi ham turibdi. Tajriba shuni ko`rsatdiki, katta hajmdagi illyustratsiya materiallari o`quvchini o`rganilayotgan hodisalarning tub mohiyatini aniqlashdan chalg`itadi. Illyustratsiyalarni o`qituvchi oldindan tayyorlab qo`- yadi, lekin o`qitish jarayonida kerak bo`lgandagina ko`rsatadi. Videousul – axborotni ko`proq ko`rgazmali o`zlashtirishga asoslangan bo`lib, unda kineskop, kodoskop, proyektor, kinoapparat, o`quv televideniyesi, videomagnitofon, axborotni displeyida aks ettiruvchi kompyuterlardan foydalaniladi. O`quv jarayonida videousuldan foydalanish, ta`lim-tarbiyaviy vazifalarni unumli yechishni ta`minlaydi: • yangi bilimlarni bayon etish, ya`ni juda sekin kechadigan jarayonlar bilan tanishish, bevosita kuzatish mumkin bo`lmagan (o`simliklar o`sishi, suyuqlikda diffuziya hodisasi va h.k.), shuningdek, tez sodir bo`ladigan jarayonlar, bevosita kuzatishlar hodisalarning mohiyatini ochib bera olmagan holda (qayishqoq tanalarning urilishi, moddalarning kristallanishi va h.k.) qo`llaniladi; • murakkab mexanizmlar va mashinalarning ishlash tamoyillarini dinamikada tushuntirish; • turli xil ish faoliyatini bajarish algoritmini tushuntirish; • chet tili darslarida o`ziga xos til muhitini yaratish; • videohujjatlarni taqdim etish; • mashq qilish ishlarini bajarish, jarayonlarni modellashtirish, kerakli o`lchamlarni olib borish; • o`quv-mashq va tadqiqot ishlarini olib borish uchun ma`lumotlar bazasini (bankini) yaratish; • ta`limni tashkil qilishga differensiyalashgan yondoshuvni tashkil qilish va b. Ushbu usulning samaradorligi, sizning shaxsiy mahoratingizga bog`liq emas, balki video qurollarning va qo`llanilayotgan texnik vositalarning sifatiga to`g`ridan to`g`ri bog`liq. O`qituvchidan, o`quvchilarni o`rganilayotgan muammolar doirasiga kiritish, ularning faoliyatini yo`lga solish, umumlashtiruvchi xulosalar yasash, mustaqil ish jarayonida ularga alohida yordam berish talab etiladi.
5-bilet
1. . Didaktikaning asosiy kategoriyalari kuyidagilardan iborat: dars, bilim olish, ta`lim, bilim, kunikma, malaka, ta`lim maksadi, ta`lim mazmuni, ta`lim jarayoni, ta`lim jarayonini tashkil etish, ta`lim turlari, shakllari, metodlari va vositalari, ta`lim natijasi. bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma`lum obrazlar kurinishida aks etuvchi borlik xakidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma`lumotlar majmui; bilim olish – idrok etish, urganish, mashk kilish va muayyan tajriba asosida xulk-atvor xamda faoliyat kunikma, malakalarining mustaxkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni; kunikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish kobiliyati; malaka – muayyan xarakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli; ta`lim – ukuvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy kunikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish kobiliyatlarini ustirish va dunyokarashlarini tarbiyalashga yunaltirilgan jarayon; ta`lim metodlari – ta`lim jarayonida kullanilib, uning samarasini ta`minlovchi usullar majmui; ta`lim mazmuni – shaxsning akliy va jismoniy kobiliyatini xar tomonlama rivojlantirish, dunyokarashi, odobi, xulki, ijtimoiy xayot va mexnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining moxiyati; ta`lim vositalari – ta`lim samaradorligini ta`minlovchi obyektiv (darslik, ukuv kullanmalari, ukuv kurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproyektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, kompyuter va boshkalar) va subyektiv (ukituvchining nutki, namunasi, muayyan shaxs xayoti va faoliyatiga oid misollar va xokazolar) omillar; ta`lim jarayoni – ukituvchi va ukuvchilar urtasida tashkil etiluvchi xamda ilmiy bilimlarni uzlashtirishga yunaltirilgan pedagogik jarayon; ta`lim mazmuni – davlat ta`lim standartlari asosida belgilab berilgan xamda ma`lum sharoitda muayyan fanlar buyicha uzlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar moxiyati; ta`lim maksadi (ukish, bilim olish maksadi) – ta`limning anik yunalishini belgilab beruvchi yetakchi goya; ta`lim natijasi (ta`lim maxsuli) – ta`lim yakunining moxiyatini kayd etuvchi tushuncha; ukuv jarayonining okibati; belgilangan maksadni amalga oshirish darajasi; ta`limni boshkarish – ta`lim muassasalarining faoliyatini yulga kuyish, boshkarish, nazorat kilish xamda istikbollarini belgilash; ta`lim tizimi – yosh avlodga ta`lim-tarbiya berish yulida davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi ukuv-tarbiya muassasalari majmui.
2. 5-bob. Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi
44-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi
Tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bo‘lgan va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Magistraturani tamomlagan shaxslar va diplomli mutaxassislar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Zarurat bo‘lganda professional ta’lim tashkilotlari ishlab chiqarish ta’limi ustalarini, shuningdek tegishli bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, oliy ma’lumoti bo‘lmagan boshqa mutaxassislarni amaliy va qo‘shimcha mashg‘ulotlarni olib borish uchun jalb etishi mumkin.
45-modda. Pedagog xodimlarning maqomi va ular faoliyatining kafolatlari
Pedagog xodimlarning maqomi jamiyat va davlat tomonidan tan olinadi. Pedagog xodimlar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi, o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi, ularning ijtimoiy maqomi va obro‘sini oshirish uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun kafolatlar beriladi.
Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi.
Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining kasbiy faoliyatiga aralashishga, ta’lim oluvchilarning bilimlarini to‘g‘ri va xolis baholashga ta’sir ko‘rsatishga, shuningdek ushbu pedagog xodimlarning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
46-modda. Pedagog xodimlarning majburiyatlari
Pedagog xodimlar:
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi;
o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazishi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi;
3. Aqliy hujum metodidan ham lektsiya, ham amaliy darslarda foydalanish qulay. Bu metod bir zumda auditoriyadagi barcha o‘quvchi-talabalarni qamrab olib ularni aktiv holatga keltiradi.
Yaxlit mavzu, uning bir qismi yoki tanlab olingan muammo yo‘zasidan o‘quvchi-talabalarga beriladigan savollar majmuasi o‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlangan bo‘lishi ishda yaxshi natija beradi.
Aqliy hujum metodi qo‘yilgan muammo yechimiga bog‘liq ravishda 5-10 daqiqa davom etishi mumkin. Bunda o‘quvchi-talabalarning berayotgan javoblariga na o‘qituvchining va na boshqalarning aralashuviga, har qanday fikr bildirishlariga yo‘l qo‘yilmaydi va natijalar baholanmaydi, ballar qo‘yilmaydi. Bu qoida ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan avtomatik tarzda buziladi, ya‘ni talaba-o‘quvchi bildirgan noto‘g‘ri fikrga tezda o‘z munosabatini bildirib to‘g‘rilaydi. Bu vaziyat talaba-o‘quvchilarni fikrlashdan to‘xtatadi, darsda foydalanilayotgan aqliy hujum metodiga putur yetkazadi. Maqsad: noto‘g‘ri bo‘lsada o‘quvchi-talabaning o‘z fikrini bildirishiga erishishdan iborat. O‘qituvchi umumlashtirishdan so‘ng bildirilgan fikrlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi har bir talabaga ma‘lum bo‘ladi.
Talabalarning fikr yuritishlari o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri yo‘lga solib turiladi va rag‘batlantirilib boriladi. Vaqti-vaqti bilan fikrlar umumlashtirib turiladi. “Aqliy hujum” metodining afzalliklari natijalar baholanmasligi ta‘lim oluvchilarda turli fikr-goyalarning tug‘ilishiga olib keladi; ta‘lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi; fikr-g‘oyalar vizuallashtirib boriladi; ta‘lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini baholash imkoniyati bo‘ladi; ta‘lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘onadi.Aqliy hujum” metodi
Mazkur metodda biror muammo boʻyicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni toʻplab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadi. “Aqliy hujum” metodining yozma va ogʻzaki shakllari mavjud. Ogʻzaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri oʻz fikrini ogʻzaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar oʻz javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar.Yozma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar oʻz javoblarini qogʻoz kartochkalarga qisqa va barchaga koʻrinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki “pinbord” doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. “Aqliy hujum” metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar boʻyicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod toʻgʻri va ijobiy qoʻllanilganda shaxsni erkin, ijodiy fikrlashga oʻrgatadi. “Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati boʻladi, shu jumladan, ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta’lim oluvchilarda oʻz fikrini faqat ogʻzaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish koʻnikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli gʻoyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
“Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qoʻyilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi:ta’lim oluvchilarning boshlangʻich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qoʻyilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi;
mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bogʻlash maqsad qilib qoʻyilganda, yangi mavzuga oʻtish qismida amalga oshiriladi;
oʻtilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qoʻyilganda mavzudan soʻng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
6-bilet
1. Shaxsning ijtimoiylashuvi.Shaxs ijtimoiv munosabatlar jarayonida shakllanadi. Chunki ta’lim jarayonida bolalarga jamiyat da biiga yashash bilan bog`liq bo’lgan holat va hodisalar o’rgatiladi. Bu jarayonda bpquvchi jamiyatga «kirishadi» va u bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Ularpma`lum ijtimpiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko’rsatma) orttiradilar, ya`ni, ijtimoiylashadilar. Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab iaravon. Chunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy me`yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o’rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a`zosi bo’lish imkoniyatiga ega bo’ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta`sir etadi. Bu ta`sir ta’lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g`oyalar, ijtimoiy muhit ta`sir ko’rsatadi. Odamlar ijtimoiy me`yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o’rganadilar. Ijtimoiylashuv iaravoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat rivojlanishidagi salbiy jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi hayotiy holatlaiga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba`zan aksi ham bo’ladi: to’liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba`zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko’rsatmaydigan odamlar ham mavjud.
2. 5-bob. Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi
44-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi
Tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bo‘lgan va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Magistraturani tamomlagan shaxslar va diplomli mutaxassislar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Zarurat bo‘lganda professional ta’lim tashkilotlari ishlab chiqarish ta’limi ustalarini, shuningdek tegishli bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, oliy ma’lumoti bo‘lmagan boshqa mutaxassislarni amaliy va qo‘shimcha mashg‘ulotlarni olib borish uchun jalb etishi mumkin.
45-modda. Pedagog xodimlarning maqomi va ular faoliyatining kafolatlari
Pedagog xodimlarning maqomi jamiyat va davlat tomonidan tan olinadi. Pedagog xodimlar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi, o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi, ularning ijtimoiy maqomi va obro‘sini oshirish uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun kafolatlar beriladi.
Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi.
Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining kasbiy faoliyatiga aralashishga, ta’lim oluvchilarning bilimlarini to‘g‘ri va xolis baholashga ta’sir ko‘rsatishga, shuningdek ushbu pedagog xodimlarning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
46-modda. Pedagog xodimlarning majburiyatlari
Pedagog xodimlar:
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi;
o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazishi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi;
3. Hikoya o‘quv materialini bolalar uchun tushunarli tarzda bayon etish imkonini beruvchi og‘zaki metodlardan biri. Hikoyada turli mazmundagi bilimlar obrazli shaklda taqdim etiladi. Bolalar uchun hikoyalar kundalik voqealar, yil fasllari, yozuvchilar, rassomlar, ona shahri haqida bo‘lishi mumkin. Hikoya qilish uchun material sifatida badiiy asarlardan foy- dalanish mumkin. Ayniqsa, bolalar uchun tarbiyachining shaxsiy tajri- basi bilan bog‘liq hikoyalar qiziqarlidir: «Mening bog‘cham», «Mening oilam», «Mening sevimli o‘yinchog‘im>i va boshqalar. Hikoyani tushunish qobiliyati, ya’ni tinglay olish, mazrouniga munosabat bildira olish, savollarga javob berish, oddiy qayta aytib berish uch yoshdan boshlab paydo bo‘ladi. Kichik guruhlarda hikoya ko‘rgazmali materi- allami (narsa-buyumlar, ulaming tasviri) namoyish qilish bilan birga qo‘shib olib boriladi. Ko‘rgazmali materiallardan bolalar tasawurga ega bo‘lmagan voqea-hodisalar haqida hikoya qilinganda o‘rta va katta maktabgacha yosh guruhlarida ham foydalaniladi. Biroq, katta guruhlarda hikoya qilish jarayonida ko‘rgazmali materiallardan keragidan ortiqcha foydalanish tavsiya etilmaydi. Chunki bolalarni so‘z yordami- da fikrlashga o‘rgatish, ularda fazoviy tasawumi rivojlantirish lozim. Hikoya - biror voqea, hodisani kengaytirib bayon qilishdir. Hikoya tasviriy va syujetli bo‘lishi mumkin. Tasviriy hikoya - bu biror pred- met yoki voqeaning о‘ziga xos tomonlarini bayon etishdir. Hikoyalar turlari va ularni o‘rgatishning izchilligi. Hikoya - biron-bir fakt, voqeaning mustaqil tuzilgan keng qam- rovli bayonidir.
7-bilet
1. O‘qitish - o‘qituvchi va o‘quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati jarayoni bo‘lib, bu jarayonda o‘quvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradigan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar yuzaga chiqadi. O‘qitish jarayoni uchta vazifani bajaradi: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi.
O‘qitish jarayonining ta’limiy vazifasio‘quvchilarda bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishdan iborat. O‘qitish natijasi sifatida bilimlarining to‘liqligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligini ifodalaydi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikma va malakalar hamda kompetensiyaning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega.
O‘qitishning tarbiyaviy vazifasi ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantirilishida o‘z ifodasini topadi. Ta’limning tarbiyaviy xususiyati, eng avvalo, ta’lim mazmunida aks etadi. O‘qitish jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o‘qituvchi va o‘quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o‘qish jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari, o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o‘qituvchining rahbarligi hisoblanadi.
O‘qitishning rivojlantiruvchi vazifasio‘quvchi nutqining, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional- irodaviy, intellectual sohalarini rivojlantirishda o‘z aksini topadi. O‘qitish jarayonida o‘quvchini aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, tasniflash, kuzatish, xulosa chiqarish, ob’yektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o‘rgatish, uning natijalarini tekshirishni malakasini rivojlantirishga erishiladi.
2. 2-bob. Ta’lim tizimi, turlari va shakllari
6-modda. Ta’lim tizimi
Ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
7-modda. Ta’lim turlari
Ta’lim turlari quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’lim va tarbiya;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim.
8-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir.
9-modda. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar);
tayanch o‘rta ta’lim (V — IX sinflar);
o‘rta ta’lim (X — XI sinflar).
10-modda. Professional ta’lim
11-modda. Oliy ta’lim.
12-modda. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim
13-modda. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
14-modda. Maktabdan tashqari ta’lim
15-modda. Ta’lim olish shakllari
Ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
dual ta’lim;
oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
inklyuziv ta’lim;
eksternat tartibidagi ta’lim;
mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
16-modda. Masofaviy ta’lim
17-modda. Dual ta’lim
18-modda. Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish
19-modda. Katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish
20-modda. Inklyuziv ta’lim
21-modda. Eksternat tartibidagi ta’lim
22-modda. Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash
3. Bu metodning asosiy vazifasi o‘quvchilarning axborotni o‘zlashtirishini tashkil etishdir. Uni axborot – retseptiv metod, deb ham ataladi. (retsepsiya - idrok ) va unda o‘qituvchi bilan o‘quvchi faoliyati davom etadi.Bu faoliyat shundan iboratki, o‘qituvchi tayyor axborotni turli vositalar bilan beradi, o‘quvchilar esa ana shu faoliyatni idrok etadilar va eslab qoladilar. O‘qituvchi axborot berishni og‘zaki so‘z (hikoya), matbuot (darsliklar, qo‘shimcha qo‘llanmalar) dagi iboralar, ko‘rsatmali qurollar va hokazolar yordamida amalga oshiradi.
O‘qituvchilar bilimlarni o‘zlashtirish uchun zarur ishlarni bajaradilar – yangi axborotni tinglaydilar, ko‘radilar, o‘qiydilar, kuzatadilar va uni ilgarigi o‘zlashtirilgan axborot bilan taqqoslaydilar, xotiralarida olib qoladilar. Ular sinfda o‘tirib o‘simlikning qanday unib chiqishini, gullardan mevalar hosil bo‘lishini, baland tog‘larda, chuqur dengizlarda jonivorlar qanday yashashlarini kuzatishlari ham mumkin.
8-bilet
1. O‘qitish - o‘qituvchi va o‘quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati jarayoni bo‘lib, bu jarayonda o‘quvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradigan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar yuzaga chiqadi. O‘qitish jarayoni uchta vazifani bajaradi: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi.
O‘qitish jarayonining ta’limiy vazifasio‘quvchilarda bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishdan iborat. O‘qitish natijasi sifatida bilimlarining to‘liqligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligini ifodalaydi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikma va malakalar hamda kompetensiyaning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega.
O‘qitishning tarbiyaviy vazifasi ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantirilishida o‘z ifodasini topadi. Ta’limning tarbiyaviy xususiyati, eng avvalo, ta’lim mazmunida aks etadi. O‘qitish jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o‘qituvchi va o‘quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o‘qish jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari, o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o‘qituvchining rahbarligi hisoblanadi.
O‘qitishning rivojlantiruvchi vazifasio‘quvchi nutqining, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional- irodaviy, intellectual sohalarini rivojlantirishda o‘z aksini topadi. O‘qitish jarayonida o‘quvchini aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, tasniflash, kuzatish, xulosa chiqarish, ob’yektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o‘rgatish, uning natijalarini tekshirishni malakasini rivojlantirishga erishiladi.
2. . 5-bob. Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi
46-modda. Pedagog xodimlarning majburiyatlari
Pedagog xodimlar:
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi;
o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazishi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi;
ta’lim oluvchilarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratishi;
voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borishi;
ta’lim tashkilotining ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlariga, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi;
o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, egallab turgan lavozimiga muvofiqlik jihatidan davriy attestatsiyadan o‘tishi;
tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |