Ushbu metod quyidagi bosqichlardan iborat



Download 59,42 Kb.
bet4/6
Sana06.06.2022
Hajmi59,42 Kb.
#640824
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
pedagogika

reduksiya tamoyilida talabaning bilimlarni yuqori darajada o'zlashtirishi uchun bu o'quv materiali kerakli miqdorgacha qisqartirilishi lozim. Agar o'quv materialining hajmi juda katta bo'lsa, undan kerakli qismlar tanlab olinishi kerak. Majmuaviy va murakkab topshiriqlar osonlashtirilishi lozim, lekin ma'nosi o'zgarmasligi shart. Shuning uchun, agar faqat boshlang'ich bilimlar berish kerak bo'lsa. o'quv materialini iloji boricha oddiyroq tushuntirishga va nihoyatda ko'p va keng o'quv materiali bilan talabani qiynamaslikka harakat qilish kerak. Tajribali o'qituvchi murakkab jarayonlarni oson so'zlar bilan tushuntira oladi. Ta'limni ongli o'zlashtirish tamoyili, bir tomondan ta'lim oluvchilarning mustaqil, faol fikr yuritishlarini nazarda tutsa, ikkinchi tomondan, aynan shu jarayon davomida ta'lim oluvchilarning mustaqillik va faolliklarining hamda, mantiqiy, erkin fikrlash faoliyatlarini tarbiyalab, takomillashtirib borishni o'z ichiga oladi. O'qitishda onglilik va faollik dastavval, aqliy fikrlash faoliyatidagi aniqlikka bog'liqdir. Tafakkur qilishdagi faollik esa, bayon qilingan o'quv materiallari yoki tevarak - atrofni o'rab olgan ob'ektiv borliqdagi narsa va hodisalar, voqealar ustida fikr yuritishdir. Faol fikrlash operatsiyalarida, ya'ni taqqoslash, solishtirish, tahlil - sintez qilish, abstraksiya va umumlashtirishda namoyon bo'ladi. SHunga ko'ra, ongli va faol o'zlashtirishga erishish uchun ta'lim jarayoni (har bir dars) ta'lim oluvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtirishga qaratilgan bo'lishi lozim. O'qitishdagi onglilik tamoyili talabalardagi ta'lim jarayonining aniq maqsadlarini tushunish, o'rganilayotgan dalil, hodisa, jarayonlar va ular o'rtasidagi bog'lanishni tushungan holda o'zlashtirib olish, o'zlashtirilgan bilimlarni amaliy faoliyatda qo'llay bilish kabi me'yorlarni anglatad.i 
3. “Venn diagrammasi” metodi. 
Ushbu metod o’quvchilarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o’zlashtirish (sintezlash) ko’nikmalarni hosil qilishga yo’naltiriladi. Metod o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan o’zaro yaqin nazariy, ma’lumotlar yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. Ushbu metoddan muayyan bo’lim yoki boblar bo’yicha yakuniy darslarni tashkil etishga foydalanish yanada samaralidir. “Venn diagrammasi” metodi 2 va 3 jihatlari hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo`yish uchun qo`llaniladi. Tizimli fikrlash, solishtirish, taxlil qilish ko`nikmalarini rivojlantiradi. “Venn digrammasi”- grafik ko`rinishda bo`lib olingan natijalarni umumlashtirib ulardan bir butun xulosa chiqarishga ikki va undan ortiq predmetni tahlil qilish va o`rganishda qo`llaniladi. Diagramma ikki va undan ortiq aylanani kesishmasidan hosil bo`ladi. 
“Venn diagrammasi”ni amalga oshirish bosqichlari: 

1-bosqich. O`quvchilar (sheriklari bilan) ikki doirani to`ldiradilar. Har bir doiraga ikki tushuncha e`tiborli tomonlari sanab o`tiladi. 


2-bosqich. O`quvchilarni kichik guruhlarga(4-5 kishidan iborat) birlashtirib diagrammalarni taqqoslaymiz va to`ldiramiz. 
3-bosqich.Kichik guruh o`quvchilariga bu tushunchalarning umumiy xossalarini aniqlashni taklif etamiz. 
4-bosqich.Biror bir guruh vakili har bir tushunchaning o`ziga xos tomonlarini o`qiydi. Boshqalar zarurat bo`lganda uni javobini to`ldiradi. 
5-bosqich. Boshqa guruh vakili ikki tushunchani birlashtiruvchi(umumiy) xususiyatlarini o`qiydi. Boshqalar zarurat paydo bo`lganda bu javobni to`ldiradilar. 
14-bilet
1. Davlat ta’lim standartlarining mazmuni.
Davlat ta’lim standarti umumiy о‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim uchun alohida-alohida ishlab chiqarildi.
Umumiy о‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti о‘quvchilar umumta’lim tayyorgarligi saviyasiga qо‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab berdi. О‘z navbatida kasb-hunar ta’limi, davlat ta’lim standarti о‘quvchilar kasb-hunar tayyorgarligiga, saviyasiga qо‘yadigan (oliy ta’lim DTS talablar mutaxassislik tayyorgarligiga, saviyasiga qо‘yiladigan) majburiy minimal darajani belgilaydi.
DTS (davlat ta’lim standarti) ta’lim mazmuni shakllari vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining о‘zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat kо‘rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. DTS о‘z mohiyatiga kо‘ra о‘quv dasturlari, darsliklar, qо‘llanmalar, nizomlar о‘quv rejasi va boshqa mayoriy hujjatlarni yaratish uchu nasos bо‘lib xizmat qiladi.
Umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning DTS о‘zining tuzilishi va mazmuniga kо‘ra davlat, hudud ta’lim muassasalari manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi hamda eng muhimi о‘quvchi shaxsi, uning intilishlari qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi.
Davlat ta’lim standarti. Ta’lim mazmunining rivojlanishida kо‘zga tashlanayotgan zamonaviy tendensiyalaridan biri uni standartlashtirish (davlat miqyosida yagona qoidalar va talablar о‘rnatilishi) hisoblanadi. 
Standartlashtirishda quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga ega:
1) turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy о‘rta, о‘rta maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta’minlovchi mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;
2) О‘zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalqaro ta’lim amaliyotida umumiy о‘rta va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunini rivojlanishi tendensiyalarining hisobga olinishi.
Davlat ta’lim standarti:
1) ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak bо‘lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat;
2) о‘quv fani bо‘yicha yakuniy ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat;
3) ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, о‘quvchilar tomonidan bajariladigan о‘quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qо‘yiluvchi talablarni belgilaydi.
О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni bilan bir qatorda ta’lim standarti asosiy meyoriy hujjat hisoblanadi. «Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «meyor», «namuna», «andoza», «model» ma’nolarini anglatadi.
2. Ta’limda bilim ko’nikma va malakalarni puxta va mustahkam o’zlashtirish 
Download 59,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish