Voqelik emas, unga munosabatimiz bizni baxtli qiladi.
UCHINCHI TILAK
Kotiba, ish boshqaruvchi va direktor tushlik qilgani ketishayotgandi. Oldilaridan eski moychiroq chiqib qoldi. Uni bir ishqalashgan edi, jin paydo bo’ldi va har birining bittadan istagini ado etishini aytdi. Kotiba shosha – pisha : «Bogam orollariga borib qolishni va o’sha yerda bir umr dam olib yurishni, hech narsadan tashvish chekmaslikni istayman!» Aytilgan so’z – otilgan o’q, jin kotibaning istagini bajo keltirib jannatmonand orolga jo’natib yubordi. «Gavay oroliga borib hordiq chiqarishni, oxirgi rusumdagi katerda sayohat qilishni istayman», dedi ish boshqaruvchi. Jin uni ham Yer kurrasining go’zal maskaniga jo’natib yubordi. Navbat direktorga yetdi. U ko’p o’ylab o’tirmay dedi: «Tushlik vaqti tugashi bilan anavi ikki ishyoqmas ish o’rnida bo’lsin!»
Do'stlaringiz bilan baham: |