Atrofimizdagi olam bizning aksimiz, xolos.
MUNOSABAT
Qor yog’ardi. Atrof jimjit. Ikkita qor parchasi havoda uchib asta pastga tusha boshladi. Yaqinlashganda gaplashib qolishdi.Shamol bir – biridan uzoqqa olib ketmasligi ketmasligi uchun qo’llarini ushlab olishdi. Bir qor parchasi quvnoq ohangda dedi:
-Parvoz zavqi naqadar yoqimli – a?!
- Biz uchmayapmiz, shunchaki qulayapmiz, - dedi ikkinchisi mahzun.
- Hademay yer bilan to’qnashamiz va oppoq yumshoq ko’rpaga aylanamiz.
- Yo’q, biz halok bo’lamiz. Yerda bizni toptab tashlashadi.
- Biz jilg’a bo’lib dengizga borib quyilamiz. Biz mangu yashaymiz, - dedi birinchisi.
- Yo’q, biz erib yo’q bo’lib ketamiz, - e’tiroz bildirdi ikkinchisi.
Nihoyat ular bahsdan charchadilar va qo’llarini qo’yib yubordilar. Har qaysisi o’zi tanlagan qismat sari uchib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |