Bunyodkorlik siri
“Bo’sh o’tirma – bekorchi ishlarga bosh
qotirma
”
(“Yoshlar” telekanalidagi “Bo’sh
o’tirma” bolalar ko’rsatuvi shiori)
Ko’pchilik qilmoqchi yoki qilishi kerak bo’lgan ishlar amalga
oshmayotganida o’z dangasaligini ayblaydi. Ba’zilar yalqovlikdan o’z
sustkashl
iklarini oqlashda foydalanishadi. Ammo hech o’ylab ko’rganmisiz
– dangasalik qayerdan kelib chiqadi?
Navbatdagi sirni bilishga tayyormisiz?
Dangasalik
– hayotiy quvvat
yetishmasligi oqibati
. Bunda odamning tiriklik quvvati shu darajada
tushib ketadiki, u hatto kundalik yumushlarni qilish uchun ham o’zida
shijoat topa olmaydi. Tana o’z funksiyalarini bajarish uchun hayotiy
quvvatni iloji boricha tejashga urinadi
– shundan mushaklar bo’shashgan,
ishtaxa past va aqliy faoliyat sekin kechadi.
Eng qizig’i, bunday holatga yetib borish uchun katta mehnat qilish
kerak. Ya’ni hayotiy quvvatni shu darajada tushirib yuborish uchun uni
rosa sarflash kerak. Kimdir buni noto’g’ri hayot tarzi bilan qilsa, kimdir
noto’g’ri ovqatlanish ortidan bunga erishadi. Yana kimdir kuchli ruhiy
zo’riqishdan keyin rosa yalqov bo’lib qoladi.
Yalqovlik
– ko’pchilik o’ylagandek, tarbiya xatosi yoki fe’l-atvor jihati
emas. Odam tabiatdan dangasa bo’lib tug’ilmaydi. Axir, yovvoyi tabiatda
yalqovlik degan holat yo’q – bo’lmaydi ham, chunki bu tabiiy muvozanat
buzilishiga olib keladi. Tasavvur qiling, ona bo’ri kuchuklarini boqish
uchun ov qilishga erinsa
yoki eman daraxti yong’oq tugib, uni pishirishda
dangasalik qilsa. Hayvon va o’simliklar o’z tiriklik quvvatlarini huda-
behudaga sarflamaydilar
– ular hayotiy energiyaning har bir tomchisini o’z
turlarnini mukammallashtirib, naslni davom ettirish uchun sarf qiladilar.
Ularning baxtiga ular aqlsiz yaratilgan
– aql keltiradigan isrofgarchilik
ularga begona.
Bizga hayotiy quvvat o’z baxtimizni barpo qilish uchun berilgan.
O’zimiz istagan hayotni yaratish, uni asrab-avaylash va kelgusi avlodga
bus-butun yetkazib berish uchun shu bundyodkor kuch bilan
taqdirlanganmiz. Uni muhimlig-
u, qo’rquvlarga boy berib qo’yib,
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
83
yaratuvchanlik qilishga kelganda shijoatimiz yetmay qolishi juda achinarli
hol.
Dangasalikka olib keluvchi ko’plab quvvatxo’r odatlar orasida men bu
safar sizga tinimsiz o’y-fikr yuritish odati haqida aytib bermoqchiman. Har
birimizning ongimizda mutassil suhbat ketadi: aql o’zi bilan o’zi
gaplashadi. U bu suhbatini faqat biz uxlagandagina to’xtatadi. Boshqa
payt bu suhbat hech qachon tinmaydi.
Xayol
laringizga e’tibor bersangiz, ular juda turli xil mazmun va
vaznga ega
– ba’zilari yengil tasavvur bo’lsa, boshqalari odamni ezib
tashlaydigan zalvorli o’ylar. Shu vazniga qarab ular sizdan turlicha hayotiy
quvvat oladilar.
Har qanday mazmunga ega bo’lmasin, miyamizda kechayotgan bu
fikrlar poygasi bir umumiy jihat
ga ega: aql har doim o’tmish yoki kelajak
haqida o’ylaydi. Axir, hech birimiz aynan hozirgi lahzada nima
bo’layotganini o’ylamaymiz. Biz o’tgan voqealarni tahlil qilamiz yoki
kelajakka rejalar tuzamiz.
Hech o’ylab ko’rganmisiz – bu bizga nimaga kerak? Axir, miya
faoliyatiga ozmuncha hayotiy quvvat ketmaydi. Tanamiz doim bu
jarayonga qarshilik qilib, energiyani tejab qolmoqchi bo’ladi: ko’p va
chuqur o’ylab yuborsak, bosh og’rig’i uyg’onadi, agar aqliy zo’riqishda
odam o’ta haddan oshib ketsa – tana batamom miyani vaqtinchalik
o’chirib, odamni hushsizlantirib qo’yishi mumkin.
Bu aslida bizga emas
– olamshumul aqlimizga kerak. U o’zi qilgan
ishlar to’g’ri ekanini tasdiqlash uchun tinimsiz o’tmishni tahlil qilib turadi. U
har yerda qaror qabul qilish uch
un o’zini javobgar deb biladi va kelajakka
rejalar tuzadi. Rejalarsiz u hozirgi lahzada qaror qabul qila olmaydi
–
qarori aniqroq bo’lishi uchun u rejani imkoni boricha mukammal tuzishga
intiladi.
Bir sir aytaman
– hayron qolasiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |