Ushbu kitob mazmuni bilan tanishish sizning ma’naviy sog’lomlashishingiz uchun xizmat qilishi mumkin. Faqat, haqiqatlar nisbiy ekanini bilib yashashni istamagan odamlarga uni tavsiya qilmang


fikrlash,  ko’pchilik  o’ylagandek



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/45
Sana24.01.2022
Hajmi0,92 Mb.
#407372
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
l2

fikrlash,  ko’pchilik  o’ylagandek, 

insonning  tabiiy  holati  emas

.  Nimanidir  qattiq  o’ylayotgan  odamning 

yelka,  bo’yin  va  bosh  muskullari  tarang  tortilgan,  qoshlari  chimirilgan 

bo’ladi  (mudom  bir  narsani  o’ylab  yuradigan  odamning  yuz  muskullari 

o’zgarib,  u  tom  ma’noda  hunuklashib  qoladi).  Tabiatdagi  hech  bir 

organizm tabiiy holatda muskullari zo’riqqan bo’lmaydi. Bu muvozanatdan 

tashqari holat. 



Javlon Juraev  

 

O’zlik Sari Yetti Qadam – 2   



 

www.juraev.uz 

84

 

 



Bosh  muskullari  tortilishi  hisobidan  chanoq  atrofi  etiga  qon  yaxshi 

yetib  bormaydi.  Qon  tarang tortilgan mushak  tolalari orasiga tiqilib  qoladi 

va  bu  og’riqni  keltirib  chiqaradi.  Miyamizning  peshona  ostida  joylashgan 

qismi  turli  dalillarni  solishtirib  qaror  qabul  qilishga 

– yoki 

tanlovni

  amalga 

oshiri

shga  javobgar.  “Inson  taqdiri  uning  peshonasiga  yozilgan”  deyilishi 



bejiz emas 

– biz aynan shu tanlovlarimiz asosida hayotimizni quramiz. 

Tabiiyki, aqliy faoliyatda aynan peshona va yuqori peshona qismi eng 

ko’p  zo’riqadi.  Agar  odam  muntazam  aqliy  faoliyat  bilan  shug’ullansa, 

chanoqning shu qismi qon taqchilligidan aziyat chekadi va sochlar to’kila 

boshlaydi. Olimlar orasida tepakallik keng tarqalishining sababi shu. 

Bir  so’z  bilan  aytganda,  tinimsiz  fikr  yuritish  bizning  hayotiy 

quvvatimizni sarflabgina qolmay, sog’ligimiz va tashqi ko’rinishimizga ham 

zarar  yetkazadi.  Aqlning  bu  odati  muhimlik  natijasi  ekani  tayin 

–  uning 

kelib chiqishi tarixini o’zingiz ham tuza olasiz. Keling, uning zararliligidan 

ham ko’ra, uning qanchalik foydasiz mashg’ulot ekanini ko’rib chiqaylik. 

Birinchidan,  o’tmish  haqida  o’ylash  mutlaqo  befoyda.  O’tgan  ish  – 

o’tib ketdi, uni orqaga qaytarib, yoqmagan yerlarini tuzatib bo’lmaydi. Buni 

aqlimiz ham juda yaxshi biladi. Ammo u, bari bir, o’tmishni kavlashtirishni 

qo’ymaydi.  Eski  ginalar,  xatolar  va  armonlar  qaytib  kelaveradi.  Balki,  aql 

bu bilan bizni tarbiyalamoqchi bo’lar? Lekin bundan odam hech bir tarbiya 

olmaydi. 

Eski  ginalarni  unutish  kerak 

–  gina  haqida  men  seshanba  kuni 

yetarlicha  gapirdim.  Xatolarni  esa  qayta  tahlil  qilish  emas 

–  ulardan  bir 

marta  xulosa  chiqarib,  qaytib  bu  xayol

larga  qaytmaslik  kerak.  Aql  o’zini 

o’zi  kechira  olmagani  uchun  ham  oldingi  xatolarini  qaytadan 

“chaynayveradi”.  Bu  o’ziga  nisbatan  gina  saqlash  degani.  O’tgan 

ishlardan  afsuslanish,  armonsirash  esa  mutlaqo  befoyda 

–  bu  hatto  bir 

jihatdan noshukrlik hamdir. Bu dunyoda hech narsa Tangrining xohishisiz 

bo’lmaydi  –  shunday  ekan,  o’tgan  ishlardan  afsuslanib,  Uni  xato  ish 

qilganlikda ayblamagan ma’qul. 

O’tmish  haqida  fikrlar  faqat  yoqimli  xotiralarga  bag’ishlanishi  kerak. 

Yoqimli  narsalar  haqida  eslab  o’tirgan  odam  xotirjam,  uning  muskullari 

bo’shashgan, yuzini tabassum egallagan bo’ladi. 

Va  ikkinchidan,  kelaja

k  haqida  o’ylashdan  samara  oz.  Albatta,  biz 

ertangi  kundan  nimalarnidir  kutamiz  va  bugungi  hayotimizni  aynan  shu 



Javlon Juraev  

 

O’zlik Sari Yetti Qadam – 2   



 

www.juraev.uz 

85

 

 



umidlarimizga  ergashib  quramiz.  Lekin,  o’zingiz  o’ylab  ko’ring  –  ertaga 

nima bo’lishini hech kim bilmaydi. Yo’q – adashdim. Ertaga nima bo’lishini 

aql  bilmaydi 

–  buni  ko’ngil  biladi.  Qalb  dunyoga  vaqt  va  masofaga  tobe 

bo’lmagan  holda  nazar  sola  biladi.  Chunki  uning  manbai  ilohiy  kuch. 

Ko’nglimiz sezgan narsalar amalda sodir bo’lishi bejiz emas. 

Kelajakni aniq bilmay turib, rejalar tuzgan aql mashaqqatlari foydasiz. 

Bunda rejalar qancha uzoq kelajakka tuzilsa, shuncha kulgili. 

Bizning to’liq 

izmimizda  bo’lgan  vaqt  birligi  –  bu  hozirgi  lahza.  Aynan  hozir  dunyo  va 

hayotimizni  o’zgartirish  uchun  aniq  xatti-harakatlar  qilishimiz  mumkin  va 

bu  amallar  yuz  foiz  ta’sirga  ega  bo’lishi  mumkin.  Lekin  ta’siri  ertaga 

bo’ladigan  ishni  qilish  qiyinroq.  Natijasi  yillar  o’tib  chiqadigan  ishni  esa 

gapirmay qo’ya qolay. 

Aytaylik, men daraxt ekmoqchiman. Men ekk

an urug’ unib chiqadimi-

yo’qmi  –  bilmayman.  Aqlim  reja  tuzadi:  “Daraxt  unib  chiqib,  meva 

solganda hosilni sotib pul qilaman. Yaxshi. U unib chiqmasa-chi? Shuning 

uchun  uni  sersuv  yerga  ekaman.  Ha, shunda  u  aniq  unib  chiqadi

.” (aqlni 

o’ziga  ishonganini qarang)  “U  unib chiqsa-yu, boshqa  daraxtlar  salqinida 

qolib  ketib,  o’solmay  qolsa-chi?  Unda  uning  atrofidagi  boshqa  hamma 

daraxtlarni  kesib  tashlayman.  Shunday  qilsam,  navnihol  quyosh  nuriga 

to’yib  katta  bo’ladi.  U  o’sib  chiqib,  meva  solganda  qushlar  mevasini 

cho’qib qo’ysa-chi? Eh, attang – buni oldini olish uchun hozirdan bir nima 

qilish mumkin emas-

da.” (yaxshi ham mumkin emas ekan!) “Ha mayli – u 

yog’ini ham bir nima qilarmiz.” 

Shu  “puxta”  rejaga  asosan  men  urug’  ekaman.  Ma’lum  muddatdan 

so’ng  u  unib  ham  chiqadi.  Lekin  yozning  issiq  kunida  u  naqd  oftobda 

qoladi.  Men  uni  sersuv  yerga  ekkanim  uchun    oftobda  nam  tuproq  qizib, 

nihol ildizi qaynab qoladi va u nobud bo’ladi... 

Agar men avval boshida yaxshi reja bilan emas 

– ko’nglimda yaxshi 

niyat bilan urug’ ekib, uning eson-omon o’sib ulg’ayishi va meva berishini 

ta’minlashni  ona  tabiatga  ishonib  topshirganimda  –  hammasi  boshqacha 

bo’lardi. Uning atrofidagi daraxtlar soyasida u sersuv bo’lmagan tuproqda 

ham o’saverardi. Yetarlicha katta bo’lganda atrofidagi daraxtlar oz-ozdan 

chekinib, unga ham quyosh nuridan bahra olishga imkon berishardi... 

Sizning  bugun  ustidan  to’liq  hukmingiz  bor.  Hozirgi  ondagi  har 

narsani  ezgulikni  ko’zlab  o’zgartirishga  qodirsiz.  Erta  ustidan  hukmingiz 

kamroq,  indin  ustidan  hukmingiz  yana  ham  kam 

–  keyingi  yil  ustidan 



Javlon Juraev  

 

O’zlik Sari Yetti Qadam – 2   



 

www.juraev.uz 

86

 

 



hukmingiz  shu  darajada  kichikki,  uni  ta’sir  deb  ham  atab  bo’lmaydi. 

Shunday  ekan,  bugunni  qo’yib,  kelajak  yillar  tashvishini  qilish  –  o’z 

saltanatini  qo’yib,  yetti iqlim  naridagi  o’lkada  o’zgarishlar qilishga intilgan 

sulton  xatti-

harakatiga  o’xshaydi.  Xo’sh,  sizningcha  bu  hukmdor  ko’p 

narsaga erisharmikan?.. 

 



Javlon Juraev  

 

O’zlik Sari Yetti Qadam – 2   



 

www.juraev.uz 

87

 

 




Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish