SHANBA
Bunyodkor kuch
Tiriklik sharti
Ushbu bobda men bir oz murakkab narsalar haqida bayon
qilmoqchiman. Unda aytilgan fikrlar
ni ilg’ab olish uchun sizdan
tasa
vvuringizga ko’proq tayanish talab etiladi. Lekin ishonamanki, darhol
bo’lmasa ham, vaqt o’tib bularning bari siz uchun oydinlashadi.
Men sizga o’tgan kitobda ham, bu safar ham hayotiy quvvat haqida
ko’p gapirdim. Biroq bu hayotiy quvvat degan narsa aslida nima ekanini
oxirigacha hech tushuntirib berganim yo’q. Men bu bobda aynan shu
tushunchaning tagigach
a borishingizni ko’zlaganman.
Buning uchun keling maktabda o’qigan fizika darsiga qaytsak.
Bilamizki, “fizika” so’zi aslida “tabiat” ma’nosini anglatadi. Bu bejiz emas –
fizika aslida tabiat va uning kuchlarini o’rganadi. Turli quvvatlar qatori
hayotiy energiyani ham shu fanning tushunchalari yordamida izohlab
berish mumkin.
Bilamizki, bu borliqda hamma narsa atomlardan iborat. Turli atomlar
birikib, turlicha molekulalar hosil qiladi. Samodagi yulduzlardan tortib, eng
mayda viruslargacha shu molekulalardan iborat. Buni tasavvur qilish
oson, shunday emasmi?
Har bir atom o’z-o’zicha o’zak (yadro) va uning atrofida aylanuvchi
elektron yoki elektronlardan iborat.
Atom o’zagi proton va neytron degan
ikkita zarrachadan tashkil topgan bo’ladi. Ular har doim teng miqdorda
bo’ladilar – hech bir atom o’zagida protonlar soni neytronlar sonidan kam
yoki ko’p bo’lmaydi. Buni ham tasavvur qilish oson.
Ana shu o’zak atrofida aylanuvchi elektron degan zarracha bizning
diqqat markazimizda bo’ladi. Odatda atom o’zagida nechta proton va
neytron bo’lsa, uning atrofida shuncha elektron aylanadi – masalan,
vodorod atomining bitta proton va bitta neytrondan iborat o’zagi atrofida
bitta elektron aylanadi. Keling bunday atomlarni
to’la atomlar
deb ataymiz.
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
74
Ammo ba’zi atomlarda elektron o’zakdagi neytron va proton sonidan
ko’p yoki kam bo’ladi. Bunday
chala atomlar
ionlar deb ataladi. Agar
ionda elektronlar soni protonlar sonidan ko’p bo’lsa – bu anion, kam bo’lsa
– bu kation. Biz ular uchun qulayroq nom tanlaymiz – ortiqcha elektroni
bor atomlarni
to’q atomlar
deb ataymiz, elektroni yetishmaydigan
atomlarni esa
och atomlar
deb ataymiz. Ya’ni agar elektroni yo’q vodorod
atomini ko’rib qolsak “ana bu vodorod atomi och qolibdi”, bittamas ikkita
elektroni bor vodorod atomini ko’rsak esa “ana bu atom bo’kib qolibdi”
deyishimiz mumkin. Bu uncha qiyin emas, shundaymi?
Bilamizki, tabiatdagi barcha quvvat oldi-berdilari elektronlar bordi-
keldis
i hisobiga bo’ladi. Elektron bir atomdan boshqasiga ko’chsa, bir
atomdan boshqasiga quvvat ko’chdi degani. Elektr quvvati – bu metall
simdagi elektronlar oqimi. Issiqlik ta’sirida jismni tashkil qilgan atomlardagi
elektron bog’lari uziladi va ozodlikka chiqqan elektronlar atrofga uchib
keta boshlaydilar. Bu elektronlar oqimini biz avvaliga issiqlik sifatida his
etamiz. Agar jism yetarlicha qizdirilsa, sochilib ketayotgan elektronlar
oqimi kuchayib, biz uni yorug’liq sifatida ham ilg’ay boshlaymiz.
Quyoshda harorat juda yuqori. Ana shu yuqori harorat ta’sirida
quyoshni tashkil qilgan vodorod atomidagi elektronlar atrof fazoga
yorug’liq, issiqlik va radiaktiv nurlanish sifatida tinimsiz sochilib turadi.
Undan bizga kelayotgan ana shu elektronlar (fanda bu yorug’lik
elektronlarini fotonlar deb atashadi) o’simlik va jonzotlarga hayot ato etadi.
Boshqacha qilib aytganda, har qanday tur fizik energiya
– bu
elektronlar.
Elektronlar ko’p bo’lsa – quvvat ko’p va aksincha elektronlar
oz bo’lsa – quvvat kam.
Endi eng qizig’ini aytaman. Bir jism tirik bo’lishining birgina sharti bor
–
Do'stlaringiz bilan baham: |