Ularning o’rtsida keskin bir farq bor: rahmdillik biror ishdan oldin yoki
qo’lingizdan kelsa, u odamga foydali yordam bering. Biror nima qilishga
undaydi. Biz muhimlikka berilib, yordam berish ilinjida kimningdir shaxsiy
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
69
Agar kimningdir muammosini o’zingizniki kabi yurakka yaqin olsangiz,
aqlingiz bu muammo ahamiyatini oshirib yuboradi va siz uni hal qilishga
yordam berishingizni qiyinlashtiradi.
Shundoq ham o’zi muammoga
uchrab, sizdan yordam kutgan odam muhimlikka berilib, tor doirada
fikrlaydi. Uning muhimligi masalaga kengroq qarashga imkon bermaydi.
Bunda unga yordamga kelgan odam ham shu “tuynukka” kirib olishi kimga
kerak?
“Qosh qo’yaman deb, ko’z chiqardi” kabi holatlar har doim ortiqcha
muhimlik dastidan bo’ladi. Odamlar shaxsiy yoki tashqi muhimlik
tuyg’usiga ergashib, kimlargadir zararli yordam berib qo’yadilar. Masalan,
tibbiyot oliygohida o’qiyotgan talabaga kimdir sog’ligidan shikoyat qildi
deylik. Agar talaba “shifokorlik” muhimligiga ergashib, bemorga yordam
bergisi kelsa
– u noto’g’ri tashxis qo’yishi va natijada xastalikni
og’irlashtirib qo’yishi mumkin. Vaholanki, u avval boshdan bemor aytgan
kasallik haqida uning bilimlari hali yetarli emasligini bilgan
– lekin “tajribali
shifokorga ko’rining” degan maslahat bilan foydali yordam berishdan uni
shaxsiy
muhimlik tuyg’usi qaytarib qoldi.
Umuman, odamlar bilan oldi-berdida sergaklikni saqlash juda foydali.
Kuchli shaxsiyat egasi nafaqat kerakli paytda odamga kerakli yordamni
bera oladi
– u zarur paytda o’zi uchun ham boshqalardan yordam so’ray
biladi. Qiyi
n ahvolda odamlardan yordam so’ramaslik yoki taklif etilgan
yordamni rad etish
– shaxsiy muhimlikdan darak. Siz faqatgina sizning
shaxsiy o’sishingizga halal beradigan zararli yordamlardan voz
kechishingiz mumkin. Buni ham shaxsiy muhimlik vajidan emas
– o’z
imkoniyatlaringizni sergak va odilona baholashdan kelib chiqib qilish
lozim.
Kishi shaxsiyati kuchli, muhimlikdan holi bo’lishi – unga ko’pchilikka
foydasi tegishiga imkon beradi. Kuchli shaxsiyat egasi boshqalarga foydali
yordam bera oladi. Odamlarga yordam berishdek ezgu amaliga muhimlik
aralashmaydi va bu ezgulikning nafini qirqmaydi. Mevasiz daraxt ham o’z
soyasi bilan kimlargadir yordam berishi mumkin. Idrokli inson esa o’z
shaxsiyati kuchi bilan boshqa odamlarning baxtga borar yo’llarini
ravonroq, yorqinroq
– ba’zida esa qisqaroq qilishi mumkin. Siz ana shu
san’atni egallay olishingizga men ishonaman. Sizga faqat foydali yordam
bermoqchi ekanimdan
doim so’ngi qarorni qabul qilishni sizga qoldiraman
– tanlash erkinligingiz hatto mening ta’sirim uchun ham daxlsiz qolishi
kerak...
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
70
Do'stlaringiz bilan baham: