Qulog’im sizda
O’zaro munosabatlarga bag’ishlangan bo’lim so’ngida hammamiz
(mayli
– deyarli hammamiz) yo’l qo’yadigan bir xato haqida so’z
yuritmoqchiman. Odamlar bilan munosabatlarda bizga halal beradigan
odatimiz
– tinglashni bilmasligimizdir. Eshitishni emas – aynan
tinglashni
bilmasligimiz.
Odamlar aytmoqchi bo’lgan gaplarini tinglay olish qobiliyati – noyob
iste’dod. Shaxsiy muhimlik tuyg’usi avj olgan bugungi zamonda hamma
aytmoqchi bo’lgan gapini aytishga oshiqadi – hech kim o’sha gaplarga
quloq solishni istamaydi. Shuning uchun tabiatdan tinglashga moyil
odamlar har doim ardoqdalar va ular hech qachon e’tiborsiz qolmaydilar.
Bunaqa sergaplik odamlarda qayerdan kelib chiqqan? Buning sababi
juda oddiy. Odam aqli tinimsiz
o’zi bilan o’zi suhbatlashadi –
xayol
laringizga e’tibor bering va bunga amin bo’lasiz. Lekin aqlga uni
shaxs o’zi eshitgani kamlik qiladi – u boshqa shaxslar ham uni
eshitishlarini, uning fikrlarini tasdiqlab turishlarini istaydi.
Sizdan biror masalada mas
lahat so’ragan odam suhbat davomida
sizdan ko’proq gapirsa – hayron bo’lmang. Bu tabiiy hol – biz aqlimiz
fikrlariga boshqalarning munosabatini bilish uchun kimgadir maslahat
solamiz. Shundan kelib chiqadigan bo’lsak, maslahat so’ragan odamga
eng yaxshi yordam
– unga hamma aytmoqchi bo’lgan gaplarini aytib
olishga imkon berish.
Odam diqqat bo’lganda ham kim bilandir gaplashgisi keladi. Bu og’ir
vaziyatni xayolida tinimsiz ay
lantirib, dardni og’irlashtirayotgan aqlni shu
mashg’ulotdan chalg’itish ehtiyojidan kelib chiqadi. Odam uning uchun
yoqimsiz bo’lgan mavzuga qayta-qayta e’tiborini qaratayotgan aqliga
boshqa tashvish berib qo’yish ilinjida kimningdir suhbatiga intiladi. Bunday
holatda ham odamga eng ma’qul yordam – uni tinglash.
Shaxslar
o’rtasidagi
munosabatlarni
yaxshilashda
tinglash
qobiliyatining yana bir foydali jihati bor. U har qanday shaxsiyat egasining
sizga bo’lgan hurmat va ishonchini oshiradi. Kuchli shaxs egasi uni
tinglagan odam unga, uning shaxsiyatiga ko’rsatayotgan e’tiboridan
mamnun bo’lsa, muhimlik ergashchisi uning muhimligini tasdiqlagan
odamga bog’lanib qoladi. Ishoning – tinglash orqali deyarli har qanday
odamni o’z do’stingizga aylantirishingiz mumkin.
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
71
Tinglashning shaxsiy rivojlanish uchun tengi yo’q hissasi ham bor.
Odamlarga quloq solish
– hayot va odamni o’rganishning eng oson va
tezkor usullaridan biri. Men ham juda ko’plab odamlarning xatlari asosida
to’plangan bilimlarni ulashish uchun kitob yoza boshlaganman.
Birovni eshitayotgan odam o’zida asta-sekin sergaklikni rivojlantirib
boradi. Chunki xayol surish va gapirishda uncha katta sergaklik talab
etilmaydi, lekin boshqalarning gapini eshitishda biz nisbatan sergak
turgan bo’lamiz. Agar odam bu jarayonni aynan hayotni o’rganishga
qaratsa
– unda uning sergakligi yana ham ortadi va u har qanday
odamning har qanday gapidan foydali xulosa chiqara oladi.
Tinglash haqida sizga bir sirni ochib qo’yay:
Do'stlaringiz bilan baham: |