Tirik ozuqa
Bobning boshida sizga tiriklikning shartini aytib o’tgandim. Yuqorida
esa to’g’ri ovqatlanish haqida bir nechta ko’rsatmalarni keltirdim. Keling,
endi shu ikki bo’limni umumlashtiraylik.
Shubha
yo’qki, bizning hayotiy energiya darajamiz (ya’ni, shaxsiy
kuchimiz) yuqori bo’lishi biz iste’mol qilayotgan ozuqaga bog’liq. Ovqatni
qanday tanavvul qilgan ma’qul ekanini ko’rdik – endi aynan qanday
ovqatlarni iste’mol qilgan ma’qul ekanini ko’ramiz.
Oddiy mantiqdan kelib chiqadiki, hayotiy quvvatimizni oshirish uchun
tiriklik quvvatiga boy yoki
tirik ozuqa
tanovul
qilish darkor. Ya’ni tarkibida
erkin elektronlari ko’p bo’lgan ozuqa bizning hayotiy quvvat zaxiralarimizni
to’ldiradi.
Pazandalik
– inson o’ylab topgan eng ajoyib narsalardan biri. U
bo’lmasa, shuncha tansiq taomlar ham bo’lmasdi – ko’nikkan
taomlarimizsiz esa oddiy hayotni tasavvur qilish mushkul.
Faqat pazandalikning birgina aybi bor. Bizni betakror taomlar bilan
siylaydigan oshpazlarimiz bundan bir oz xafa
bo’lsalar ham, buni aytishga
majburman. Pazandalik ko’p hollarda tirik ozuqani o’lik ovqatga
aylantiradi. Boshqacha qilib aytganda, pazandalik tirik maxsulotni o’ldirish
hisobiga unga biz ko’nikkan ta’mni beradi.
Issiqlik yordamida pishirilgan har qanday taom hayotiy quvvatdan
mahrum qilingan bo’ladi. Chunki issiqlik ta’sirida uning tarkibidagi barcha
erkin elektronlar bog’i uzilib, ular sochilib ketgan bo’ladi. Bundan tashqari,
undagi ko’plab foydali fermentlar parchalanib ketadi.
Hammaga ayonki, erta bahorda aholida holsizlik holadi kuzatiladi.
Buni xalqda “ilik uzildi payt” deb atashadi. Buning sababi butun qish
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
80
davomida o’lik ovqat yeyishdir. Qishgacha maxsulotlar uzoq saqlanadi va
ular tiriklik quvvatini yo’qotadi – bunday ozuqa esa odam hayotiy quvvatini
kerakli darajadi tutib tura olmaydi.
Shu bois sharq xalqlari erta bahorda undirilgan don maxsulotlarini
iste’mol qiladilar. O’z tarixi boshida biz bilgan sumalak ham shunchaki
undirilgan bug’doy sharbatidan hech qanday issiqlik ta’sirisiz
tayyorlangan. Lekin keyinchalik bu jarayonga pazandalik aralashgan va u
hozir biz ko’nikkan usulda (ya’ni deyarli 12 soat o’tda qaynatib)
pishiriladigan bo’lgan.
Undirilgan donning siri juda oddiy. Don maxsulotlari
– o’ziga xos
muzlatib qo’yilgan hayotiy energiya. Ular pishib yetilishi bilan terilib,
saqlab qo’yilsa – uzoq vaqt buzilmasdan turaveradi. Lekin istalgan payt
ularga o’sish uchun sharoit yaratilsa, ular o’zlarida saqlab yotgan tiriklik
quvvatini yuzaga chiqaradilar.
Donning barcha quvvati uning o’zagida saqlanadi. O’zak asosan
kraxmaldan iborat g’ilofga o’ralgan bo’ladi. Nam tuproqqa tushganda shu
kraxmal qatlam bo’kadi va o’zakda kimyoviy-biologik jarayonlar
boshlanadi
– o’zak o’sa boshlaydi. Bunda u aynan atrofidagi kraxmalni
ozuqa sifatida qayta ishlab, glyukozaga aylantiradi. Eng katta mo’jiza
mana shu yerda sodir bo’ladi – tabiat kuchlari kimyoviy va biologik
jarayonlar orqali o’lik (anorganik) kraxmalni tirik (organik) glyukozaga
aylantiradi. Buning uchun urug’ o’zi yotgan tuproq va unga berilgan
suvdan hayotiy quvvat oladi. Agar unga erkin elektronlardan ajragan o’lik
suv quyilsa yoki u yotgan tuproq tarkibidagi moddalarda erkin elektronlar
kam bo’lsa – urug’ unib chiqmaydi (axir, fizikaning buyuk qonuni aytib
q
o’ygan “yo’qdan bor bo’lmas” deb).
Shu yerda tuproq unumdorligi haqida aytib o’tmoqchiman. Qachonki
tuproq tarkibida tirik organizmlar qoldiqlari ko’p bo’lsa – u unumdor
bo’ladi. Agar chorbog’ingizdagi tuproq unumdor bo’lishini istasangiz,
yerga to’kilgan daraxt barglarini to’plab yoqib yubormasdan, ularni yerga
qo’shib chopiq qiling. Qish davomida ular parchalanib ketadi va o’zidagi
bor tiriklik quvvatini tuproqqa beradi.
Bahorgi quvvat taqchilligini yengish uchun odam undirilgan don kabi
hayotiy quvvat “batareyalari”ni iste’mol qilishi zarur. Oddiygina suvda ivitib
qo’yib bug’doy, jo’xori, mosh, sholi, arpa kabi donlarni undirish mumkin.
Faqat bunda
tirik suvdan
foydalanish kerak.
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
81
Tirik suv
– anglab turganingizdek, tarkibida erkin elektronlari ko’p
bo’lgan suvdir. Soy va buloq suvlari shunday xususiyatga ega. Suvning
tiriklik quvvatini uzoq vaqt saqlab qolishni istasangiz, uni metall idishda
saqlamang. Metall atomlari o’ta “ochko’z” bo’ladilar va o’zlariga tegingan
har qanday atom elektronlarini tortib olish xususiyatiga ega.
Afsuski, tabiiy tirik suv manbaiga hamma ham ega emas. Masalan,
shahar aholisi tirik suvdan deyarli mahrum. Shahar uylariga metall
quvurlarda yetkazib beriladigan suvda tiriklik quvvatidan asar ham
qolmagan bo’ladi. Undan tashqari, xavfsizlik maqsadida suvni qaynatib
iste’mol qilishadi. Qaynatish esa suvda qolgan erkin elektronlarni ham
tarqatib yuboradi. Xo’sh, bu holatda nima qilish kerak?
Avval aytilgandek, suvni metall idishda saqlamaslik kerak
– u
shundoq ham sizga yetib kelguncha quvur atomlariga anchagina
elektronlarini berib qo’yadi. Qaynatib sovutilgan suvni plastik, sopol yoki
chinni idishga quyib, uning ichiga ko’kat, sabzavot yoki meva
bo’lakchalarini solib qo’yish kerak. Buning uchun oddiy yalpiz (u suvga
yaxna xushta
’m beradi) turp yoki rediska (ular ham suvni ta’mini
yaxshilash bilan birga unga shifobaxsh xislatlarini beradilar) yoki sharbatli
mevalardan foydalanish mumkin. Bunda suvga solingan tirik maxsulotlar
o’z tarkibidagi erkin elektronlarni unga beradi va uni “to’yintiradi”. Bunday
suvni iste’mol qilgan odam ham chanqog’ini qondiradi, ham hayotiy
quvvatini tiklaydi. Agar bunday suvga yuz chayilsa, undagi ko’p nuqsonlar
yo’qoladi, teri yosharadi va ko’rkamlashadi. Kosmetologlar bekorga
mijozlariga mevali yoki sabzavotli niqoblarni tavsiya etmaydilar.
Umumiy qilib olganda, ovqatlanishda bir tamoyilga amal qilgan
ma’qul:
Do'stlaringiz bilan baham: |