10-Amaliy mashg’ulot
Tish silliqlovchi uchun ishchi joyidagi yo’riqnomalar bo’yicha talablar
Reja:
1. Xavfsizlikning umumiy talablari.
2.Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari
3.Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari
4.Avariya vaziyatlardagi xavfsizlik talablari
5.Ish tugagandan keying xavfsizlik talablari
XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI
1. Yo'riqnoma tish silliqlash stanoklarida turli xil shakldagi
shesternyalar tishlarini
silliqlash ishlarini profillangan jilvir toshlar bilan ishlov berish usuli bilan bajaruvchi
tish silliqlovchilar uchun mo'ljallangan.
2. Tish silliqlovchi bo'lib ishlashga ruxsat etiladigan shaxslar:
2.1. 18 yoshdan kichik bo'lmagan;
2.2. tibbiy ko'rikdan o'tgan;
2.3. kasbiy ko'nikmalarga ega, "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishlarni tashkil qilish
va bilimlarni sinash to'g'risidagi Nizom"ga muvofiq ushbu ishlarning xavfsiz usul va
yo'llari bo'yicha o'qigan, bilimlari tekshirilgan va belgilangan shaklda guvohnoma
olgan;
2.4. Nizomga
muvofiq kirish instruktaji, hamda bevosita ish joyida xavfsizlik
texnikasi bo'yicha instruktaj o'tgan.
2.5.yuk ko'tarish mexanizmlari bilan ishlash zaruriyati bo'lganda "Mehnat
muhofazasi bo'yicha o'qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risidagi
nizom"ga muvofiq o'rnatilgan tartibda qo'shimcha mehnat muhofazasi bo'yicha
maxsus o'qish va instruktaj o'tgan;
3. Tish silliqlovchi quyidagilarga majbur:
3.1. Korxonadagi ichki
mehnat tartibi qoidalarini, mehnat va dam olish rejimini
bajarish;
3.2. Belgilanmagan joylarda chekmaslik va korxona hududida
spirtli ichimliklar
iste'mol qilmaslik;
3.3 Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarish;
3.4. Ish vaqtida o'zi bilan birga ishlarni bajarishning xavfsiz usul va yo'llari bo'yicha
bilimlari sinalganligi haqidagi guvohnomani olib yurish;
3.5. Berilgan maxsus kiyimdan, maxsus poyafzaldan, saqlagich ko'zoynak, saqlovchi
moslamalardan foydalanish;
3.6. Yong'in xavfsizligi talablarini bajarish;
3.7. Baxtsiz hodisalar ro'y berganda jabrlanganlarga vrach kelguncha yordam ko'rsata
bilish, voqea sodir bo'lgan joyda imkoni boricha vaziyatni saqlab turish
va bu haqida
bevosita rahbarga xabar berish;
3.8. Ishni bajarishda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish;
3.9.Stanokda aniqlangan nosozliklar va xavfsizlik talablari buzilish sabablari
to'g'risida ustaga xabar berish va tegishli choralar ko'rilmaguncha ishga kirishmaslik;
3.10. O'zi ishlayotgan stanokni ishlatish (ekspluatasiya qilish) bo'yicha yo'riqnomani
bilish va bajarish.
4. Ish vaqtida tish silliqlovchilarga ta'sir etadigan xavfli
va zararli ishlab chiqarish
omillari:
4.1. abraziv chang;
4.2. jilvir toshlarning yorilib ketish xavfi;
4.3. elektr tokidan shikastlanish.
5. Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarmaslik ishlab chiqarish intizomini buzish
hisoblanadi, bunda aybdorlar NKMK ishchilari uchun ichki mehnat tartib qoidalariga
muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: