ISh VAQTIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI 10. Faqat ishlar rahbari tomonidan ruxsat berilgan yoki topshirilgan ishlarni
texnologik kartalarga mos ravishda bajarish.
11. Har safar stanokni yoqishdan oldin stanokni ishga tushirilishi hech kimga xavf-
xatar tug'dirmasligiga ishonch hosil qilish.
12. Quyidagilarda stanokni to'xtatish va elektryuritgichni o'chirish shart:
12.1. qisqa vaqtga bo'lsa ham stanok yonidan uzoqlashganda;
12.2. vaqtinchalik ish to'xtatilganda;
12.3. detal va asboblarni o'rnatish va yechishda;
12.4. stanokni tozalashda va moylashda;
12.5. jihozda biror bir nosozlik aniqlanganda.
13. Ishchi joyini tartibga keltirish, tozalash, moylash va sozlash vaqtida stanokni
o'chirish va ishga tushirish qurilmalariga "Ulamang - odamlar ishlayapti" plakatini
osib qo'yish, bundan tashqari bu haqida yaqinda ishlayotganlarni ogohlantirish zarur.
14. Faqat gaykalar va boltlar kallagi o'lchamlariga mos keladigan yaroqli gayka
kalitlarini ishlatish (kalit zvenosi va gayka qirrasi orasiga qistirma (prokladka)
qo'yish taqiqlanadi).
15. Abraziv va metall changlarini stanokdan maxsus cho'tkalar yoki qirg'ichlar
yordamida tozalash.
16. Topshirilgan ishga aloqasi bo'lmagan shaxsni ish joyiga kiritmaslik, ustaning
ruxsatisiz ishlayotgan stanokni boshqa ishchiga ishonib qoldirib ketmaslik.
17. Ishlov beriladigan detallarni urishi bo'yicha to'g'rilashni reysmus yoki indikator
yordamida bajarish.
18. Jilvir toshni zarb va turtishlardan saqlash. Ishlash vaqtida jilvir toshni detalga
yoki detalni jilvir toshga siltanishlarsiz va keskin bosimsiz berish.
19. Maxsus jilvir toshlar bilan ishlaganda siquvchi flanes yon yuzasi bilan detalga
tegmasligini nazorat qilish.
20. Jilvir toshning ishchi yuzasi yeyilishini butun eni bo'ylab kuzatib borish.
21. Jilvir toshni yeyilib ketishi tufayli diametri kamayganda, ushbu jilvir tosh uchun
ruxsat etilgan ishchi aylanma tezlikni oshirmasdan, jilvir toshning aylanishlar
chastotasini oshirish mumkin.
22. Agar nam silliqlash uchun mo'ljallangan jilvir tosh bilan quruq silliqlab ish
bajarilgan bo'lsa, sovitish bilan ishlashga o'tishda, uni oldin sovitish va faiat shundan
so'ng asbobni sovitish suyuqligi
bilan silliqlashni boshlash mumkin.
23. Tish silliqlash stanoklarining to'siqlari rostlanma soyabonli (koziryokli) bo'lsa,
ularga xizmat ko'rsatishda kojuxni ochilishi kichik burchak ostida o'rnatilishi kerak.
24. Ishlov berish rejimini faqat texnologik kartaga muvofiq usta bilan kelishilgan
holda o'zgartirish mumkin.