8-Amaliy mashg’ulot
Silliqlovchi uchun ishchi joyidagi yo’riqnomalar bo’yicha talablar
Reja:
1. Xavfsizlikning umumiy talablari.
2.Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari
3.Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari
4.Avariya vaziyatlardagi xavfsizlik talablari
5.Ish tugagandan keying xavfsizlik talablari
XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI
1. Mazkur yo'riqnoma turli tipdagi silliqlash (jilvirlash)
stanoklarida silliqlash
ishlarini bajaruvchi silliqlovchi uchun mo'ljallangan.
2. Silliqlovchi bo'lib ishlashga ruxsat etiladigan shaxslar:
2.1. 18 yoshdan kichik bo'lmaganlar;
2.2. tibbiy ko'rikdan o'tganlar;
2.3. kasbiy ko'nikmaga ega bo'lganlar, "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishni tashkil
qilish va bilimlarni sinash to'g'risida"gi Nizomga muvofiq
ushbu ishlarning xavfsiz
usullari va yo'llari bo'yicha o'qiganlar, bilimlari sinalgan
va belgilangan shakldagi
guvohnoma olganlar;
2.4. yuk kutarish mexanizmlarini qo'llash zarurati bo'lsa, qo'shimcha maxsus o'qishni
va belgilangan tartibda instruktajni o'tganlar (Nizomga muvofiq);
2.5. instruktajni o'tganlar.
3. Silliqlovchi quyidagilarga majbur:
3.1. ichki mehnat tartibi qoidalarini (IMTQ) bajarish;
3.2. belgilanmagan joylarda chekmaslik va korxona hududida
spirtli ichimliklarni
iste'mol qilmaslik;
3.3. ushbu yo'riqnomaning talablarini bajarish;
3.4. ish vaqtida yonida ishlarni bajarishning xavfsiz usullari va yo'llari bo'yicha
bilimlari sinalganligi haqidagi guvohnoma bo'lishi;
3.5. berilgan maxsus kiyimdan, maxsus poyafzaldan hamda saqlovchi moslamalar va
himoya vositalaridan foydalanish;
3.6. yong'in xavfsizligi talablarini bajarish;
3.7. baxtsiz hodisalar ro'y berganda jabrlanganlarga
birinchi yordamni bera olish,
voqea sodir bo'lgan joyda, imkoni boricha vaziyatni
saqlab turish va bu haqida
bevosita rahbariga xabar berish;
3.8. ishlarni bajarganda shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish;
3.9. mashina, mexanizmlar va boshqa jihozlarda aniqlangan nosozliklar va xavfsizlik
talablari buzilishining boshqa holatlari haqida smena ustasiga (brigadiri)ga
xabar
qilish va tegishli choralar ko'rilgunga qadar ishga kirishmaslik.
4. Silliqlovchining ish joyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari quyidagilar:
4.1.abraziv changi;
4.2.abraziv tosh yaroqsizligi;
4.3. elektr toki urishi;
4.4. moylash-sovitish suyuqligi (SOJ);
5. Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarmaslik ishlab
chiqarish intizomini buzish
hisoblanadi, bunda aybdorlar IMTQ muvofiq belgilangan
tartibda javobgarlikka
tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: