14.5. stanokning bir shpindelida ikkita jilvir tosh bilan ishlaganda
ikkala jilvir tosh
o'lchamlari bir biridan 10 foizga farq qilmasligi shart;
14.6. jilvir tosh ishchi yuzasining butun eni bo'ylab ruxsat etilgan diametrdan
oshmagan xolda yeyilishini kuzatish, va yeyilish natijasida uning diametri
kichrayganda jilvir tosh aylanishlar sonini ushbu jilvir toshga ruxsat etilgan ishchi
aylanma tezligini oshirmasdan ko'paytirish mumkin;
14.7.ishlov berilayotgan detal tepishini reysmus yoki indikator yordamida to'g'rilash;
14.8. stanokni to'xtatishdan oldin uzatishni uzish va jilvir toshni detaldan chetga
olish;
14.9. abraziv asboblarni va silliqlash tasmalari, xamda
shpindelning aylanuvchi
chiqib turuvchilarini va mahkamlash detallarini mahkamlanuvchi kojuxlar bilan
to'sish.
15. Sovitish bilan ishlashda quyidagilarga lozim:
15.1. quruq charxlashdan so'ng jilvir toshni sovitish va faqat shundan so'ng sovitish
suyuqligi bilan ishlashni boshlash;
15.2. sovitish suyuqligi charx toshning ishchi yuzasini to'liq yuvib turishini va o'z
vaqtida qaytishini, charx toshning suyuqlikka botgan xolda turmasligini kuzatish
(faqatgina, detallarni suyuqlikka botgan xolda maxsus ishlov berishga mo'ljallangan
holatlarda stanoklarda ishlaganda ruxsat etiladi);
15.3. sovitish suyuqligi ta'sirida jilvir toshlar yemirilishi holatlarida ishni to'xtatish va
bu haqda ustaga xabar berish;
15.4. ish tugagandan so'ng sovitish suyuqlik uzatilishini to'xtatib, jilvir toshni
quritish uchun stanok 2-3 minut davomida ishlatiladi.
16. To'sqichlarni jilvir tosh to'xtatilgandan so'ng siljitish.
17. Jilvir toshga dastaki suriladigan detallarni tutib turish uchun qo'ltirak(podruchnik)
lardan foydalanish, ularni ishonchli mahkamlash, quyidagicha o'rnatish lozim:
17.1. qo'ltirak (podruchnik) cheti bilan jilvir toshning ishchi yuzasi orasidagi tirqish
(zazor) silliqlanayotgan buyum qalinligining yarmidan kichik bo'lishi, ammo 3 mm
dan oshmasligi kerak;
17.2.detalning jilvir tosh bilan to'qnashish yuqori nuqtasi
jilvir tosh markazidan
o'tuvchi gorizontal tekislikdan baland joylashishi, ammo 10 mm dan oshmasligi
kerak.
18. Qo'ltiraklar quyidagi talablarga javob berishi shart:
18.1. ularni kerakli holatda o'rnatish va mahkamlash imkoniyatini ta'minlash uchun
suriladigan bo'lishi;
18.2. ishlov berilayotgan detalni barqaror o'rnatish uchun kattaligi jihatidan yetarlicha
maydonga ega bo'lishi;
18.3. ishchi yuzasi tekis, uning jilvir tosh tomonidagi chetlarida o'yiqlar, siniq va
boshqa nuqsonlar bo'lmasligi kerak..
19. Magnit stolli, plitali va patronli stanoklarda ishlaganda
quyidagi talablarga amal
qilishi zarur:
19.1. stanokka qiyshaygan detallarni o'rnatmaslik;
19.2. avvaliga uniformerni, so'ngra stanok yuritmasini ishga solish;
19.3. magnit uzellari temperaturasi oshib ketishiga yo'l qo'ymaslik, chunki bu
izolyasiyan yonishiga, detalni otilib chiqishiga va plita ichida portlash ro'y berishiga
olib kelishi mumkin;
19.4.elektromagnit qoldiq magnitizmi bilan ushlab turilgan detallarni yechish uchun
tokni teskari yo'nalishga ulash va bir vaqtning o'zida detallarni yechish yoki
demagnizatordan foydalanish;
19.5.shpindelning urishi stanokka o'rnatilgan texnik talablaridan oshmasligi shart;
20. Harakatlanuvchi stolli stanoklarda ishlashda quyidagi qoidalarga amal qilish
zarur:
20.1. odamlarni harakatlanuvchi stol bilan qisilib
qolmasligi uchun xar qanday
buyumlarni stanok yon tomonidan o'rnatishga yo'l qo'ymaslik;
20.2. odamlarni stol "qulochi" xavfli zonaga qo'ymaslik va uni to'sishlarini talab
qilishi;
20.3. quvvati katta bo'lgan tezyurar harakatlanuvchi stolli stanoklarda ilintirish
mexanizmlari yaroqlilik holatini nazorat qilish.
21. Jilvir toshlarni qayrashda quyidagilarga amal qilish zarur:
21.1. to'g'rilash moslamalari ishonchli mahkamlanganligini tekshirish;
21.2. maxsus to'g'rilash moslamalaridan foydalanish (olmos qalamchalar, metall
roliklar, metallo keramik disklar va boshqalar).
22. Abraziv changni tozalash uchun maxsus cho'tkalardan va kurakchalardan
foydalanish, bu ishni saqlagich ko'zoynaklarda bajarish kerak.
23. Quyidagi xollarda stanokni to'xtatib elektrodvigatelni o'chirish shart:
23.1. stanok oldidan hattoki qisqa vaqtga uzoqlashganda;
23.2. ishni vaqtincha to'xtatganda;
23.3.detal va asboblarni o'rnatganda va yechib olganda;
23.4. stanokni tozalaganda va moylaganda;
23.5. jihozda xar qanday nosozliklar aniqlanganda.
24. Ish joyini yig'ishtirganda, stanokni tozalaganda, moylaganda va sozlaganda ishga
tushirish
moslamasiga
"ULAMANG,
ODAMLAR
IShLAYaPDI!"
yozuvli
ogohlantiruvchi
plakat
osiladi,
bundan
tashqari
yaqinda
ishlayotganlarni
ogohlantirish zarur.
25. Faqatgina gaykalar va boltlar kallaki o'lchamlariga mos yaroqli gayka kalitlarini
ishlatish kerak.
26. Topshirilgan ishga aloqasi bo'lmagan shaxslarni stanokka yaqinlashtirmaslik,
ishlayotgan stanokni ustaning ruxsatisiz boshqaga topshirmaslik.
27. Tezligi sekundiga 40 m dan yuqori tezkor rejimda ishlovchi
stanoklarda himoya
kojuxi stanok rangidan farq qiladigan rangda bo'lishi shart.
28. Silliqlovchiga quyidagilar taqiqlanadi:
28.1. stanok yonida ovqat iste'mol qilish;
28.2. stanokka sinovdan o'tmagan jilvir toshlarni o'rnatish;
28.3. har xil qo'lqoplarda hamda rezina barmoq-g'ilofsiz (napalchniksiz) bintlangan
barmoqlar bilan ishlash;
28.4. rezbalari yaroqsiz mahkamlash boltlaridan foydalanish;
28.5. nosoz va zarur to'siqlari bo'lmagan stanoklarda detallarni silliqlash;
28.6. detalning jilvir charxtoshga bosimni oshirish uchun richaglardan foydalanish;
28.7. to'g'ri profilli magnezial biriktiruvchidagi jilvir toshlardan foydalanilganda
sekundiga 20 m ishchi aylanma tezlikdan oshirish;
28.8. jilvir charxtosh yon yuzasi bilan ishlash, agarda jilvir charxtosh bu turdagi
ishlarga mo'ljallanmagan bo'lsa;
28.9. nam silliqlashda mineral biriktiruvchidagi jilvir toshlardan foydalanish;
28.10. jilvir toshni to'g'rilashda moslamani butun gavda bilan bosish va jilvir tosh
aylanish tekisligida turish;
28.11. stanokka asbob, detal va boshqa buyumlarni qo'yish;
28.12. harakatlanayotgan ishlov berilayotgan detal va jilvir toshga to'liq to'xtashiga
qadar tegish;
28.13. teshiklardagi changni og'iz bilan puflab chiqarish,
hamda ishlov berilayotgan
yuza va stanokni shlangdan kelayotgan havo bilan tozalash;
28.14. qoldiq magnitizm bilan ushlab turilgan detallarni zarba yoki siltash bilan
yechib olish;
28.15. stanok ishlash vaqtida qo'ltiraklarni joyini o'zgartirish, xamda to'siq va saqlash
moslamalarni ochish va yechib olish;
28.16. ta'mirlashni mustaqil amalga oshirish;
28.17. ular mo'ljallanmagan operasiyalarni bajarish;
28.18. ish va o'tish joylarini tiqilinch qilib qo'yish va ivirsitish.
29. Ishlov berish rejimini faqatgina texnologik kartaga muvofiq usta bilan kelishilgan
xolda o'zgartirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: