shaffof ekranlar va individual himoya vositalari himoya ko'zoynaklari va himoya
shchitlari) to'siqlarni va moslamalarni qo'llash.
18. Og'ir stanoklarda ishlaganda, agar detallarga ishlov
berilishini kuzatishning
imkoniyati bo'lmasa, unda sex polidan stanokka bevosita xizmat ko'rsatish va buning
uchun maxsus mo'ljallangan barqaror va mustahkam tagliklardan foydalanish;
19. Frezalarni o'rnatish va yechish vaqtida kesuvchi qirralarga tegib jarohatlashdan
ehtiyot bo'lish;
20. O'rnatilagan va qotirilgan frezalarni urishini tekshirish (radial va tores urishi 0,1
mm dan oshmasligi kerak);
21. Frezani shpindeldan urib chiqarishda biror vositasiz qo'l bilan tutib turmaslik:
elastik qistirama (prokladka) lardan foydalanish;
22. Shpindel teshigini, opravka yoki frezalar quyruq (xvostovik) larini va oraliq
vtulkalar yuzalarini shpindelga o'rnatishdan oldin tub joylarini
astoydil tozalash va
artish. Asboblar quyruq (xvostovik) larini shpindel teshigiga o'rnatish vaqtida zich,
lyuftsiz o'tqazilganligiga ishonch hosil qilish;
23. Shpindel buralmasligi uchun freza opravkalari va frezalarni shpindelga tezliklar
qo'tisi ulangandan keyin kalitlar bilan qotirish;
24. Oraliq vtulkalarni, opravkalarni yoki frezalarni shpindeldan olishda stanok stoliga
yog'och taglik qo'yib, maxsus urib chiqaradigan asbobdan foydalanish;
25. Ishlov beriladigan detalni o'lchash yoki uni almashtirishni freza xavfsiz masofaga
chiqarilgandan keyin bajarish;
26. Frezalash stanogining harakatdagi stoli yo'nalishida turmaslik va stanok to'liq
to'xtamaguncha uni ustidan o'tmaslik;
27. Qirindi bilan shikastlashdan saqlanish uchun quyidagilar zarur:
27.1. ishlov beriladigan detal yoki frezaga qirindi o'ralishiga yo'l qo'ymaslik;
27.2. qirindi sindirgichlardan foydalanish;
27.3. o'z vaqtida ish joyidan va stanokdan qirindilarni olib tashlashni nazorat qilish;
27.4. stanokdan qirindilarni maxsus ilgakli asbob va cho'tkalar bilan olib tashlash;
27.5. aylanayotgan frezalar yaqinidagi qirindilarni faqat dastasining uzunligi 250
mmdan kam bo'lmagan cho'tkacha bilan olib tashlash;
28. Sovitish va moylash suyuqliklaridan foydalanishda quyidagilar zarur:
28.1. suyuqlik uzatilishini rostlash vaqtida yetkazuvchi trubkani ravon, siltamasdan
qayta qo'yish;
28.2. suyuqlikni qirindi olinishini osonlashtiradigan
oqim bilan kesuvchi asbobga
uzatish.
29. Stanokni to'xtatish vaqtida quyidagi ketmaketlikka amal qilish kerak:
29.1. uzatishni o'chirish;
29.2. frezani ishlov beriladigan detaldan chetga olish;
29.3. frezani (shpindelni) aylanishini o'chirish.
30. Detalga qo'lni bosib stanokni to'xtatmaslik, qo'l freza ostiga kirib ketishi mumkin.
31. Quyidagilarda stanokni to'xtatish va elektryuritgichni o'chirish:
31.1. qisqa vaqtga bo'lsa ham stanok oldidan uzoqlashganda;
31.2. ishlarni vaqtincha to'xtatganda;
31.3. elektroenergiya uzatishning uzilishida;
31.4. sovitish suyuqligini uzatish to'xtaganda;
31.5. kesuvchi asbobda kuchli titrash paydo bo'lganda;
31.6. jihozlarda nosozliklar aniqlanganda;
31.7. stanokni yig'ishtirish, moylash, tozalashda;
31.8. frezalarni kesuvchi qirrasini tekshirish yoki tozalashda, hamda u singanda.
32. Frezalovchi xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishga va ishda
jarohatlanishga olib keladigan quyidagi usullarga yo'l qo'maslikka majbur:
32.1. har xil qo'lqoplarda hamda rezina barmoqg'ilofsiz (napalchniksiz) bintlangan
barmoqlar bilan ishlash.
32.2.
nosoz stanoklarda ishlash;
32.3. stanokni ishlash vaqtida to'siqlarni va himoya qurilmalarini ochish va yechish;
32.4. nosoz kesuvchi asboblar va moslamalardan foydalanish;
32.5. elektryuritgichni ulash yo'li bilan frezani opravkaga kalit bilan qisish;
32.6. freza va opravkalarni o'rnatgandan keyin qisib tortilgan bolt kallagida kalitni
qoldirish;
32.7. kesuvchi asboblarni ho'l latta yoki cho'tkalar bilan sovitish;
32.8. usta va texnologning ruxsatisiz o'rnatilgan kesish tezligini oshirish;
32.9. dastaki uzatishda kesish tezligi va chuqurligini keskin oshirishga yo'l qo'yish;
32.10. frezani aylanish xavfli zonasiga qo'llarni kiritish;
32.11. stanok ishlab turgan vaqtda ishlov beriladigan detalni o'lchash;
32.12. chiqayotgan qirindilarni o'ziga to'g'rilash;
32.13. frezada va opravkada qirindilarni yig'ilib qolishiga yo'l qo'yish;
32.14. qirindilarni bevosita qo'l va asbob bilan olib tashlash;
32.15. stanok ishlab turgan vaqtda stanok ustidan biror bir narsani olish va berish,
boltlar, gaykalar va boshqa biriktiruvchi detallarni qisib tortish;
32.16. shesternyalarni yopadigan kojuxlar bo'lmaganda ishlash;
32.17. frezalash stanogini harakatlanuvchi stoli yo'nalishida turish va stanok to'liq
to'xtamaguncha uni ustidan o'tish;
32.18. sovitish suyuqlikdan lattani qo'lda siqib foydalanish,
nasos bilan uzatish
to'xtagan vaqtda sovitish suyuqlikni og'iz bilan so'rish;
32.19. stanok va ishlov beriladigan detalga shlangdan havo puflash;
32.20. detalga qo'lni bosib stanokni to'xtatish;
32.21. frezani shpindeldan urib chiqarayotgan vaqtda qo'l bilan ushlab turish;
32.22. ish joyini va o'tish joylarni ivirsitish va tiqilinch qilib qo'yish.
Do'stlaringiz bilan baham: