–
san’at va badiiy adabiyotga xos
tafakkur tarzi, o‘z fikr va g‘oyalarini ramz va
timsollar vositasida ifodalash.
«G‘ayr» - begona demakdir. «G‘amzudo» - «g‘am
zangini tozalaguvchi» ma’nosini bildiradi. «May» - «mayi vahdat» (birlik,
yagonalik sharobi), ya’ni irfoniy ishq, «jom» esa «ko‘ngil jomi» ekan. Ko‘ngil
jomi agar begona aksi tushib zang oladigan bo‘lsa, ushbu g‘amdan forig‘ etuvchi
eng maqbul vosita vahdat mayi deyilmoqda.
Mayi vahdat
–
yagonalik sharobi,
ya’ni irfoniy ishq, Navoiy talqinida butun insoniyatning ma’naviy birligini
ta’minlovchi ilohiy tuyg‘u hisoblanadi. She’r davomiga murojaat qilamiz:
Ey, xush ul maykim, anga zarf o‘lsa bir
sing‘on safol
,
Jom o‘lur getinamo, Jamshid ani ichgan gado.
«Geti» - jahon, koinot; «getinamo» butun jahonni, koinotni aks ettiruvchi
ko‘zgu. Vahdat mayini ichgan kishining ko‘ngli butun koinotni o‘zida aks ettirish
xislatini kasb etadi. Hech narsasi yo‘q gado agar vahdat mayini ichsa, Jamshid,
ya’ni butun er yuzining podshohiga aylanadi («jomi Jamshid» timsoliga ishora).
8
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 1-ж. –Тошкент: 1987. -Б. 29
13
Ammo «sing‘on safol» timsoli qanday sirni o‘zida yashirmoqda? Buni aniqlash
uchun endi shoirning yigitlik ayyomida yaratgan tarji’bandiga murojaat qilamiz:
Ketur, soqiy, ul mayki, subhi alast,
Aning nash’asidin ko‘ngil erdi mast.
Mayikim, qilur quysalar jom aro,
O‘zi mastu, kayfiyati mayparast…
9
Oshiq soqiydan may so‘ramoqda. May nash’asidan oshiqning ko‘ngli mast
edi. O‘z holatini misralarda ifodalaydi. She’r davomida shoir boshidan kechirgan
bir sarguzashtni hikoya qiladi:
Eshit sarguzashteki, bugun menga
Necha mayparast o‘ldilar hamnishast...
Shoir mayxonada bir necha mayparast bilan birga o‘tirgach, qo‘liga yana may
solingan sopol ko‘zani olib, manzili sari yo‘lga chiqadi. Yo‘lda bir necha «ehtisob
ahli» (ya’ni, shariat qoidalariga shahar ahli qanday rioya qilayotganini tekshirib
boruvchi muhtasibning odamlari) shoirni mayxo‘rlikda ayblab, kaltaklaydilar.
SHoir badaniga etgan ozorni sezmaydi, ammo qo‘lidagi may to‘la ko‘za singaniga
qattiq kuyunadi:
Shikastim mening oncha ermas edi,
Ki may zarfi topdi aroda shikast.
Chu sindi sabu, chorae topmadim,
Meni muflisu, uru, giryonu mast
.
Navoiy qahramoni muflis, ya’ni bozori kasod bo‘lgan, ur, ya’ni yalang‘och,
liboslari pora, giryon - ko‘zlarida shashqator yosh va mast. Shu holida -
Xarobat aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda sing‘on safol
.
Xarobot – ham vayrona, ham mayxona, ham mug‘ dayri, ya’ni otashparastlar
ibodatxonasi, ham bu foniy Dune – asli barchasi bir narsa – xarobot.
Shoir may istaydi, ammo may to‘la ko‘za chil-chil bo‘lgan, uning qo‘lida
faqat singan sopol parchalari qolgan. Ushbu sopol bo‘laklarini ehtiyot bilan
9
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 11-жилд. –Тошкент: Фан, 1993. -Б. 34-39
14
yig‘moq kerak. Qadimgi obidalarni tuproq ostidan parcha-parcha holda topib,
to‘plab, har birini chang-g‘ubordan, chirkdan tozalab, ularni koshinkor ustalar kabi
bir-biriga mosini aniqlab, to‘g‘ri joylashtirib, naqshlar yaxlitligini tiklab, keyin bir
asosga tarxini chizib, o‘sha asosda bir-biriga yopishtirib, etmagan, topilmagan
joyini o‘rniga qarab tasavvurda tiklab, yaxlit idish holiga keltiradigan zukko
atiqashunos vazifasini ado etmoq kerak.
Shuningdek, tasavvufda may – ishq ramzi, u quyiladigan idish esa ko‘ngil
timsoli. Idishning chil-chil sinishi – oshiq qalbining parchalangani. Shu holatda
ham yana may uchun xarobotga kirish oshiqning o‘z ahdiga sodiqligidan,
qolaversa, qalbidagi muhabbatning chinligidan, deyish mumkin.
Ana shundan so‘ng bu idish nima vazifa bajargan, uning mazmuni, shakli,
undan foydalanish qonun-qoidalarini aniqlash mumkin. Biz ham ustoz adib ijodiga
shunday munosabatda bo‘lsakkina, u yaratgan yoki ishlatgan har bir timsol,
tashbih, atamalarga g‘oyati e’tibor bilan yondoshib, ularni bir-biriga qiyosan
o‘rganib, mag‘zini chaqishga urinsakkina bir natija chiqishi mumkin. She’rga
qaytamiz. Uning bir bandi tugab, yangisi boshlanadi:
Safol ichra bir jur’a loye manga,
Erur
jomi getinamo
ye manga,
Ketarmakka xudbinligim ranjini,
Qani boda yanglig‘ davoye manga.
10
Haqiqiy oshiq uchun may ko‘zasining sinig‘i - sopol parcha yuzida saqlangan
bir qultum may quyqasi (loyi) ham butun jahonni (balki koinotni) o‘zida aks ettira
oluvchi vahdat mayi to‘la qadah (jom) o‘rniga o‘taveradi, o‘sha vazifani ijro
qilaveradi. Bu nima degani? Borliq mohiyati vohid va yagona. Ammo inson ushbu
yagona mohiyatni ko‘z bilan ko‘ra olmaydi, inson faqat uning majozini -
ko‘zgudagi aksini ko‘rishga qodir.
Do'stlaringiz bilan baham: |