Ushbu Bitiruv malakaviy ishida XV asr madaniyati tarixida Alisher



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/25
Sana13.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#356379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
alisher navoij manavij olamining yangi davr

 

haqiqat  tariqin



 

ado 


qilibdur. Bu savolda sening g‘arazing

 

majoz tariqida



 

aytur el erdi.»

7

 

Bu suhbatdan ikki narsa ayon bo‘ladi. Birinchidan, «majoz tariqi» va «haqiqat 



tariqi»  yo‘nalishlari  faqat  Alisher  Navoiy  taxayyulining  mevasi  bo‘lmay,  uning 

yoshlik  davridayoq  ilm  va  san’at  ahliga  ma’lum  bo‘lgan.  (Bunga  ishoralar 

«Xamsat ul-mutahayyirin»da ham uchraydi.) Ikkinchidan, Lutfiy va Nasimiy kabi 

ulug‘ turkiy tilli shoirlar tanlagan badiiy ijod tariqlarini bir-biridan farq qilish bilan 

Navoiy  navqironlik  davridayoq  bu  masalada  o‘zining  aniq-ravshan  qarashlariga 

ega bo‘lganligi oydinlashadi. 

Ammo  Pahlavon  yosh  do‘stiga  e’tiroz  bildirib:  «Sayid  Nasimiyning  nazmi 

zohir  yuzidin  majoz  tariqiga  shomildur  va  ma’no  yuzidan  haqiqat  tariqiga»  der 

ekan,  bu  bilan  Nasimiy  ijodi  ham  Jomiyniki  singari  murakkab  xarakterga  ega 

ekanligi ta’kid etiladi. 

Alisher Navoiy mintaqa adabiyotiga shunday bir muhitda kirib keldi. Navoiy 

badiiy olami benihoya keng va rang-barang. Uning Borliqni idrok etishi ijodining 

turli  davrlarida  va  turli  yo‘nalishlarida  o‘ziga  xos  aksini  topgan.  Biz  bir  necha 

namuna keltirish bilan cheklanamiz. Avvalo, shuni aytib o‘tish joizki, Navoiy ijodi 

shu  paytgacha  ko‘proq  tarkibiy  jihatdan  o‘rganib  kelindi,  uni  tadrijiy  jihatdan 

o‘rganishga  asosan  Izzat  Sulton  («Navoiyning  qalb  daftari»)  va  H.Sulaymonov 

(«Xazoyin  ul-maoniy»  tanqidiy  matni)  ishlarida  harakat  qilindi.  Ushbu  ishlarga 

tayanib  xulosa  qilganda,  shoir  badiiy  kamolotining  birinchi  bosqichi  1469  yil 

Sulton  Husayn  Hirot  taxtini  egallagandan  keyingi  bir  necha  yil  orasida  shoir  o‘z 

qo‘li bilan tartib bergan birinchi devoni «Badoyi’ ul-bidoya»da o‘z aksini topgan, 

deyish mumkin. Biz shu majmuadan ikki asarni olib qiyosiy tahlil qilib ko‘ramiz. 

Bularning  birinchisi    devonni  boshlab  beruvchi  «Ashraqat»  g‘azali,  ikkinchisi 

ushbu  devon  tarkibidagi  «Ketur  soqiy,  ul  mayki,  subhi  alast...»  deb  boshlanuvchi 

tarji’banddir. Biz bu ikki asar mazmuniga diqqat qaratmoqchi bo‘lganimiz sababi 

                                                           

7

 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 15-ж. – Тошкент, 1999. -Б.116. 




12 

ulardagi  bosh  timsollar  bilan  bog‘liq.  Bu  timsollar  «may»,  «jom»  va  «sing‘on 

safol» majozlari bo‘lib, ular bu ikki she’r mazmunini bir-biriga bog‘lab turadi. 

Biz  doimo  Navoiyning  bosh  qahramoni  -  Inson  deymiz.  Bizningcha,  shunga 

aniqlik  kiritilsa,  shoirning  bosh  qahramoni  oddiy  inson  emas  -  Oshiq  inson,  deb 

qaralsa,  haqiqatga  muvofiqroq  bo‘lar  edi.  Ammo  bu  qanday  oshiqlik?  Birinchi 

g‘azalning ilk satrlarini o‘qiylik: 

Ashraqat min aksi shamsil ka’si anvor-ul-hudo, 

«Yor aksin mayda ko‘r» deb jomdin chiqdi sado. 

G‘ayr naqshidin ko‘ngil jomida bo‘lsa zangi g‘am, 

Yo‘qdur, ey soqiy, mayi vahdat masallik g‘amzudo.

8

 

She’riyatning, badiiy adabiyotning qudrati shundaki, o‘z qa’ridagi sirlarni o‘zi 

ochadi, tilsim ham o‘zi, bu tilsimning kaliti ham o‘zida, faqat uni xolis nazar bilan, 

sinchkovlik  bilan,  mehr  bilan  o‘qish  kerak.  Yuqoridagi  parchada  ham  ko‘rinib 

turibdiki, birinchi satrdagi timsollar ikkinchi satrda izohlangan. 

Timsoliy tafakkur


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish