an’analariga ko‘ra Inson ko‘ngli ma’rifat xazinasi bo‘lib, bu sehrli tilsim ichiga
Alloh haqiqati o‘z sirrini pinhon etgandir. Ma’naviyat ana shu ko‘ngil tilsimiga
yashiringan Alloh haqiqatining zuhuridir. Inson ruhi Borliq haqiqati bilan doimiy
15
uyg‘unligini saqlashi uchun ibrat va ilm, riyozat va mehr ma’rifati uni bir zum tark
etmasligi talab etiladi, ayni shular ko‘ngil ko‘zgusini pok tutib turadi. Majozda,
ya’ni tabiat, voqelik ko‘zgusida tasvir parchalanib ketgan, vahdat (yagonalik)
zohiran kasrat (ko‘plik)ga aylangan, shu sababli bu voqeiy dunyo xarobotdir,
vayronadir, butparastlar ibodatxonasidir, uni oshiq mayxona sifatida ko‘radi, har
sanamda yagona bir sanamni ko‘rib unga oshiq bo‘ladi.
Inson ko‘ngli vahdat mayi bilan to‘la bo‘lgan ko‘za (sabu)ning singan bir
parchasi, unda bir qultum loyqa aralash may mavjud. Vahdat mayiga tashna oshiq
shu may quyqasini yaxshilab tinitmog‘i lozim, shundagina u yaxlit ko‘zguning bir
parchasi singari Haqiqat nurini o‘zida aks ettira boshlaydi. Oshiq unga boqib mast
bo‘ladi, o‘zligini yo‘qotib, abadiyatga daxldor bo‘lish imkonini paydo qiladi.
Bunday oshiqlik-mastlik inson ko‘nglidan hirsu havas zangini, xudbinlik (egoizm)
zangini (ranjini, g‘amini) yuvib tashlaydi. G‘ayr (begona) shu xudbinlikdir, shirk
shu xudbinlikka dildan joy berishdir, ko‘ngil ko‘zgusini bosgan zang ham ushbu
xudbinlikning o‘zidir.
Vahdat mayini ichgan oshiqqa hech kim jafo qila olmaydi, o‘zi ham birovga
jafo qilishdan xoli bo‘ladi:
Chun men dayr piri vafosida men,
Falakdin etishmas jafoye manga.
11
Dayr piri – mayxona sohibi, Borliq haqiqatining saqlovchisi, egasi. Oshiq
yagona Borliq haqiqatiga, Oliy haqiqatga xiyonat qilmaydi, uning asrorini anglab
etishga intilishdan chekinmaydi. Demak, unga ham taqdirdan shikast etmaydi, dayr
piriga vafodorlik saqlagan oshiqqa falak jafo etkaza olmaydi. Chunki u xudbinlik
ranjini engib o‘tgan, vahdat mayi yordamida uning ko‘ngil ko‘zgusi begona
soyalardan (g‘ayr naqshidan) poklangan. Bunday ko‘ngil ko‘zgusi fanodan baqoga
yuzlangandir.
Bu timsol va tasvirlar naqshbandiya irfoni doirasidan turib ilgari intilayotgan
oshiq-shoir qalbida tug‘ilib kelayotgan majoz tariqi unsurlaridir. Ular kelgusida
yangi poyalarga ko‘tarilish uchun qo‘yilgan ilk qadamlardir. 15 yoshida keksa
11
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 12-жилд. –Тошкент: Фан, 1993. -Б. 34-39
16
Lutfiyni hayratga solgan ilohiy iste’dod shu tariqa yangi ufqlarga ko‘z tikmoqda
edi.
Xullas, ulug‘ shoir Sharq mumtoz adabiyotining asrlar davomida vujudga
kelgan boy an’analarini mufassal o‘rganib, Amir Xisrav Dehlaviyga xos so‘zning
ma’no qirralarini teran kashf etgan holda uni yuksak san’at maqomiga ko‘tarish,
Hofiz Sheroziyga xos majoziy va ilohiy ishqni bir o‘zanga birlashtirib tarannum
etish, Abdurahmon Jomiyga xos poklik va ma’naviy yetuklikni ulug‘lash singari
fazilatlarni o‘z ijodida birlashtirdi.
12
Shuningdek, Mavlono Lutfiy va Mavlono
Sakkokiy singari qalamkashlarning tajribasidan, dahosidan, ijodidan adabiy
ta’sirlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: