2.1. «Lison ut-tayr»da irfoniy va ijtimoiy g‘oyalar uyg‘unligi………………29-38
2.2. Navoiy asarlarida “Majoz tariqi” va Tavhid mohiyatining yangicha talqini
3
Kirish
Mavzuning dolzarbligi
. Bugungi kunda davlatimiz tomonidan o’tmish
merosimizga katta hurmat bilan munosabatda bo’linmoqda. Insoniyatning tarixiy
taraqqiyoti o‘z-o‘zini anglash, eng avvalo, insoniy mavjudlikning mohiyatini
ma'naviy voqelik orqali namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. O`zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.A. Karimov ta`kidlaganidek, “O‘zlikni anglash deganda men tarixiy
xotirani tiklash, nasl-nasabimiz kim ekanini, kimlarning vorisi ekanligimizni
anglab yetishni, shundan kelib chiqib, o‘zimizga xos va mos jamiyat barpo etishni
tushunaman
1
”. Shunday ekan, avvalombor, o’tmish tariximizni, o’zligimizni
anglash juda dolzarb hisoblanadi.
Xotira – o’tganlarni eslatib turadi, o’zlikni anglatadi. Qadr – insonni
ulug’laydi, jamiyatni bezaydi.
2
Shuning uchun ham istiqlol yillarida ko’plab allomalarimiz xalqimizga
qaytarilmoqda. Asarlari tadqiq etilmoqda. Bugungi kun nuqtai nazaridan
o’rganilmoqda. Alisher Navoiy merosiga bo’lgan munosabat yana ham kuchaydi.
Prezidentimiz I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 11-
chaqiriq 1-sessiyasi 2-yig’ilishida Navoiyni yana ham kengroq o’rganishni, uning
asarlarini xalqimizga sodda va tushunarli tarzda etkazish zarurligini uqtirib
o‘tgandilar. Shu fikrlarga hamohang tarzda Prezidentimizning “O'zbekiston
mustaqillikka erishish ostonasida” asarlarida “Hozir yurtimizda madaniyat va
san'at arboblarining halol, haqqoniy so'ziga yuksak baho berilmoqda. Ammo ana
shu so'z odamlarning aql-idroki va ko'ngliga yetib borishi uchun hali ko'p ish qilish
kerak”
3
mazmunidagi jumlalarni o‘qishimiz mumkin
Haqiqatan ham, Navoiy shaxsiyati, asarlarining yoshlarimizni ma`naviy etuk,
har jihatdan mukammal qilib tarbiyalashdagi o’rni benihoyadir.
Navoiyning buyukligi nimada? Nima uchun unga qayta-qayta murojaat
etamiz? Uning ulug’ligi ko’p va xo’p yozganligidami? Tafakkurining
1
Каримов И.А. Жамиятимиз мафкураси халқни-халқ, миллатни-миллат қилишга хизмат этсин. Биз
келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. –Тошкент:1999. –Б. 89.
2
Karimov I.A. O’tganlarni xotirlash, keksalarni e’zozlash – bizning farzandlik burchimizdir // O’zbekiston ovozi.
2015 yil, 10-may.
3
Karimov I.A. O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – Тoshkent: O’zbekiston, 2011. – B. 263.
4
kengligidami? Yuksak amallarda ishlaganidami? Bu savollarning hammasi ham
Navoiy buyukligining bir qirrasi. 200000 misra yozgan, 100000 misra yod
biladigan, rang-barang janr va mavzularda asar yoza olgan shaxs ilohiy nurga
erishgani shubhasiz.
Alisher Navoiy elimizning faxri va iftixoridir. Uning merosi 570 yildan ortiq
vaqt mobaynida ko’plab kishilarning ma`naviyati, dunyoqarashi shakllanishida,
barkamol avlodni tarbiyalashda muhim manba sifatida xizmat qilib kelyapti. Ulug’
shoirimizning, qolaversa, o’tmishda o’tgan ko’plab buyuk zotlarimizning merosi
bugungi kunda chuqur e`tibor bilan o’rganilayotgani ham bejiz emas.
Prezidentimiz I.Karimov asarlari, nutq va suhbatlarida bobokalonlarimiz yaratgan
merosning bugungi kundagi o’rni va ahamiyati qayta-qayta ta`kidlanmoqda. Yosh
avlodni kamol toptirishda ularning o’rni aniq qayd etilmoqda. Bu jihatdan hazrat
Navoiyning, u kishidan bizgacha etib kelgan ulkan adabiy yodgorliklarning ham
salmog’i yuksakdir. Xalqimiz mustaqillikkka erishgandan so’ng buyuk shoirimizga
yana ham bo’lakcha hurmat va ehtirom ko’rsatilmoqda.
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda “Alisher Navoiy asarlarini xalqimizga
yaqinlashtirish, bu noyob merosni haqiqatdan ham ma'naviyatimizning hayotbaxsh
manbaiga aylantirish barchamiz, avvalo, adabiyot ahlining vazifasi, desak, hech
qanday xato bo`lmaydi.” Shunday ekan, Navoiy asarlarini o‘rganish, Navoiy
asarlarini nafaqat ijtimoiy hayotimizda, balki yoshlar tarbiyasida tutgan o‘rnini
belgilash tanlangan mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: