«Ibrohim Adhamning Ka’bag‘a namoz
bila borg‘oni va Robiyai Adaviyag‘a Ka’baning niyoz bila kelgoni»
rivoyat etiladi.
Zohidlikni ixtiyor etgan shayx har qadamida ikki rakat namoz o‘qib, 14 yil riyozat
chekib, Makka shahriga etib kelib qarasa, Ka’ba o‘z o‘rnida yo‘q. SHayxning «Ey,
Alloh,» deb hayrat bilan qilgan nidosiga g‘oyibdan Ka’ba Robiyai Adaviyani tavof
qilish uchun ketganligi haqida javob bo‘ladi.
21
Robiya esa tasavvufda ishq yo‘lini
tanlagan sufiy ayol edi. Navoiy islom va tasavvufda zuhd maqomidan ishq
martabasini shu daraja yuksak qo‘ygan. «Xamsa» dostonlarining har bir bobi shu
kabi insonning ruhiy, ma’naviy, axloqiy dunyosi, insonlararo ijtimoiy
munosobatlar xususida o‘ta muhim, o‘ta dolzarb, o‘ta murakkab muammolar
xususida bahs etadi. Ularda eng voqe’ hayot tasviri yuksak majoziy ishoralar bilan
ajoyib bir uyg‘unlikda keladi. «Xamsa»ning barcha dostonlarida shu badiiy qudrat
har bir timsol, har bir qiyofa va hodisaning ich-ichidan ufurib turadi.
Ikkinchi doston «Farhod va Shirin»ni olaylik. «Farhod va Shirin» - Alisher
Navoiy “Xamsa”sining ilk masnaviysi “Hayrat ul-abror”dagi umumbashariy fikr-
mulohazalardan nur olib Sharq she’riyati ixlosmandlarining qalbida yolqin o‘t
paydo qilgan buyuk beshlik tarkibidagi syujetli dastlabki dostondir.
22
Nizomiy va
Dehlaviy tarixiy shaxs Xusrav Parviz atrofida suhbat yuritgan bo‘lsalar, Navoiy
afsonaviy oshiq shahzoda Farhodni dostoniga bosh timsol qilib tanladi. Nizomiy
shahzoda va shoh timsolida oddiy insonni tasavvur qilib, uning tantiqligi, aybu
qusurlari samimiy ishqi tufayli asta-sekin barham topib, oqila SHirin ta’sirida
Xusravning kamolot va fozillik kasb eta borganligini ibrat qilib ko‘rsatishni niyat
etgan bo‘lsa, Dehlaviy ijtimoiy mavqe va muhitning shaxs ma’naviy qiyofasi va
xatti-harakatiga ta’sirini ochib berdi. Navoiy, salaflari tajribasidan tegishli
xulosalar chiqarib, shoh Xusravni butkul salbiy timsol sifatida talqin etdi va
21
Ҳаққул И. Тасаввуф ва шеърият. –Тошкент: Фан, 1991.
–Б. 118-120.
22
Vohidov R,. Eshonqulov H. O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi. –Toshkent: O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2006. –B.325-326.
27
oldingi dostonlarda ideal oshiq, ammo ikkinchi darajali qahramon mavqeida turgan
Farhodga asosiy diqqatni qaratdi. Ushbu o‘zgarishning bosh sababi, Chin
shahzodasining ma’naviyatidagi etakchi fazilat – uning o‘zligi (shahzodaligi va
otasi Xoqon mulkiga vorisligi)dan butkul voz kechib, pok oshiqlik va elga naf
etkazish yo‘lini tutganligi (toshkesar va naqqoshlik hunarini kasb qilib olganligi)
bo‘ldi. Chunki faqat shunday timsol Navoiy g‘oyalarini mukammal ifodalay olishi
mumkin edi.
Doston qahramoni Shirinning husniga maftun bo‘lgan Chin shahzodasi
ekanligini darsliklardan yaxshi bilamiz. Ammo zohiriy (tashqi) afsona bilan
cheklanmaslik kerakligini shoir o‘zi alohida uqdirgan. Navoiy insonning,
millatning, bashariyatning ma’naviy kamoloti haqida qayg‘uradi. Shahzodaning
dilda ishq bilan tug‘ilishi, uning Xoqon mulkini qabul qilib olishdan ilgari sirli
sandiq va undagi ko‘zgu tilsimini echish qasdida YUnon safariga yo‘l olishi, bu
yo‘lda avval ajdahoni, so‘ng Axrimanni, oxiri temir tanli kamon otuvchini engib,
donishmand Suqrot bilan uchrashuvga muvaffaq bo‘lishi – bu afsonaviy tasvirlar
ortida bashariyatning, insonning, ayniqsa, turkiy elatning, o‘z mohiyatini anglab
etish yo‘lidagi kamolot bosqichlarini bir-bir bosib o‘tishi badiiy-majoziy tasvir
etilgan emasmi?!
Suqrotning Farhodga purma’no nasihatlari ushbu botiniy ishoralarga kalit
bo‘la olmaydimi?! Asli sirli ko‘zguda Farhod SHirinni emas, avvalo o‘z taqdirini
ko‘radi. Ajdaho ibtidoiy jamoa kishisining asotir (mifologik) tafakkurida johillik
va yovvoyilikni, Axriman Avesto ma’naviyatida zulmat, yolg‘onchi kuchlar
timsolini, kamon otuvchi temir odam esa qabilalar aro, elatlar aro ayovsiz nifoqlar
davri – xudbin va beshafqat talonchilarining majoziy qiyofasini eslatmaydimi?!
Ajdodlarimiz o‘z ruhiyatlaridagi shunday qattol yovlarni engib, Suqrot
qiyofasidagi islomgacha bashariyat erishgan ilm va hikmatni egallab, IX-XV asr
islom ma’naviyatiga etib kelmadilarmi?! «Xamsa» dostonlarida buningdek botiniy
ma’no qabatlari ixlos bilan, salaflar ijodiga qiyos bilan izlansa, cheksiz topiladi.
28
Alisher Navoiy “Xamsasi”ning uchinchi dostoni musulmon mintaqa xalqlari
adabiyotida keng shuhrat qozongan Layli va Majnunning dardchil ishqiy
sarguzashlariga bag‘ishlangan.
23
«Layli va Majnun» afsonasi fors va turkiy tillarda o‘nlab dostonlarga mavzu
bo‘lgan. Ammo ularning har biri o‘ziga xos, betakror ma’no qatlamlarini ifsho
etadi. Bu dostonning eng asosiy xislati –Majnun ham, Layli ham teng oshiq, teng
ma’shuq. Bu doston ikki oshiq Insonning haqiqiy ishqni anglab etmaganlar
orasidagi foje’ holati tasviriga bag‘ishlangan deyish mumkin. Ammo bu eng
umumiy ta’rifdir, har bir doston talqini esa o‘ziga xos.
«Sab’ai sayyor» Insonning hayot va xayol dunyosidagi cheksiz
adashuvlarining majoziy tasviridan iborat. Bunda yana «ahli qabul» va «ahli rad»
orasidagi tazod (ziddiyat) birinchi o‘ringa chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |