8
Gemolitik ko’rsatkich (indeks
)
deb, fibrinsiz qonning 2% li eritmasi bilan to’liq
gemoliz beradigan saponinlarning eng kichik miqdoriga aytiladi. Bu ko’rsatkich
mahsulotning
birlik
miqdoriga
nisbatan
ifodalanadi.
Aniqlash usuli. Mahsulotdan fiziologik eritmada 1 yoki 2% li saponinlar ajratmasi
tayyorlanadi. 9 ta probirkaga: birinchi probirkaga 0,1 ml, ikkinchisiga 0,2 ml,
uchinchisiga 0,3 ml … to’qqizinchisiga esa 0,9 ml tayyorlangan ajratmadan solinadi.
Har bir probirkadagi suyuqliq hajmi 1 ml ga etguniga
qadar fiziologik eritmadan
(osh tuzining 0,85 % li eritmasi) va fiziologik eritmadagi 2% li fibrinsiz qon
eritmasidan 1 ml qo’shiladi. Bunda har bir probirkadagi suyuqlik hajmi 2 ml ga etdi.
Probirkadagi
suyuqlikni sekin aralashtirib, 24 soat tinch qo’yib qo’yiladi.
Ko’rsatilgan muddat o’tgandan so’ng to’liq gemoliz bergan canoninning kam
koncentraciyali aralashmasi bo’lgan probirka topiladi. So’ngra
saponinlarning gemolitik ko’rsatkichi
quyidagi formula
yordamida
aniqlanadi:
bunda: X-saponinlarning gemolitik indeksi; a-hisoblash
uchun asos qilib olingan
probirkadagi tekshiriluvchi ajratma ml miqdori; v- tekshiriluvchi ajratmaning % li
koncentraciyasi.
Masalan: birinchi, ikkinchi probirkadagi aralashmalar
qizil yoki pushti rangga
kirmasdan, eritrocitlar cho’kkan bo’ladi. Bu esa probirkadagi aralashmalarda
gemoliz bo’lmaganni ko’rsatadi. Uchinchi probirkada
probika tagida qisman
cho’kma bo’lib (chayqatilganda loyqa hosil boo’ladi), aralashma pushti rangga
kirgan, ya’ni aralashmada qisman (to’liq emas) gemoliz bo’lgan. To’rtinchi
probirkada esa (chayqatilganda loyqalanmaydi) aralashma tiniq rangda bo’lib, ana
shu to’tinchi probirkadagi aralashma to’liq gemolizga uchragan bo’ladi. 5,6,7,8 va
9 probirkalarda ham to’liq gemoliz bo’ladi. Saponin ko’rsatkichini hisoblab topishda
4 probirka asos qilib olinadi. Chunki bu probirkadagi
saponinlar koncentraciyasi
5,6,7,8 va 9 probirkalardagi saponinlar koncentraciyasiga nisbatan kam hamda 3,2
va 1 probirkadagi aralashmalarga nisbatan 4 probirkadagi qon eritrocitlari to’liq
gemolizga
uchragan.
To’tinchi probirkadagi suyuqlikning hajmi 2 ml; probirkada 0,4 ml tekshiriluvchi
ajratma
bor.
Tekshiriluvchi
ajratma
1%
li
qilib
tayyorlangan.
Demak, saponinning gemolitik indeksi
яъни
1:500
Saponinlarning turli qonlar
bilan beradigan gemolitik
indeksi har hil bo’ladi. Shuning uchun gemolitik indeksni
aniqlashda soat 12 da olingan va fibrindan ajratilgan
sog’lom qo’y qonining 2% li eritmasi ishlatiladi. Agar qo’y
qoni bo’lmasa, u holda qo’y qoni bilan turg’un gemolitik indeksga (1:25000) ega
bo’lgan toza saponinning tahlilga olingan qon bo’yicha gemolitik indeksi topiladi,
9
so’ngra shu qonning qo’y qoniga nisbatan koefficienti aniqlanadi. Masalan: qo’y
qoni bilan 1:25000 li gemolitik indeksga ega bo’lgan toza saponining tajribada it
qoni bilan bergan gemolitik indeksi 1:50000 ga teng bo’lsin. U holda it qonining
qo’y
qoniga
nisbatan
koefficienti
bo’ladi. Shunday qilib, it qoni bilan topilgan gemolitik indeksni 2 ga bo’linsa, indeks
qo’y qoni bilan jlingan gemolitik indeksga aylanadi. Yuqorida koo’rsatilgan
tajribada it qoni bo’yicha topilgan va 1:500 ga teng bo’lgan gemolitik indeks qo’y
qoni
bo’yicha
ifodalansa:
=1:250
ga
teng
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: