Urug`lik donni o`rib-yig`ish Yangi navlarni ko’paytirish tizimi Urug`lik donni tozalash va saralash



Download 34,82 Kb.
bet4/8
Sana23.05.2022
Hajmi34,82 Kb.
#607056
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Urug`lik donni o`rib-yig`ish tozalash va saralash

Urug’likning ekinboplik sifati – uning ekishga yaroqlilik xususiyatlari majmuasi (unuvchanlik, o’sish energiyasi, tozaligi, namligi, kasallik va zararkunandalar bilan zararlanganligi va boshqa) dan iborat.
Navdorlik sifati – urug’likning nav tozaligi, tipikligi, reproduksiyasi va boshqa ko’rsatgichlari bo’yicha talablarga javob berishi.
Hosildorlik sifati – urug’likning aniq ishlab chiqarish sharoitida ma’lum miqdordagi hosil berish xususiyatidir.Ekin hosildorligi urug’likning irsiy, modifikasion o’zgaruvchanligiga bog’liq bo’ladi va u o’stirish sharoitlariga bog’liq holda shakllanadi. Bir xil genotip (nav) ga ega turli urug’liklar bir xil o’stirish texnologiyasi sharoitida turlicha hosil berishi mumkin. Shu bilan birga hosildorlik sifatlari bir xil bo’lmagan urug’likdan hosil bo’lgan o’simliklar qator fenotipik va qimmatli xo’jalik belgilari bo’yicha bir – biridan farq qilishi mumkin. Urug’likni o’stirish (yetishtirish) joyni ularning hosildorlik sifatiga ta’sirini bilish kerak. Akademik P.N.Konstantinov to’plagan ko’p ma’lumotlar asosida quyidagi xulosaga keladi: «har qanday nav uchun tashqi muhit sharoitlari o’tkaziladigan vaqtga va joyga reaksiyasi juda o’zgaruvchan. Sifati bir xil bo’lmagan va kelib chiqishi har xil bo’lgan urug’likdan bitta navning hosildorligi har xil bo’ladi».Shunga ham e’tibor qilish kerakki, bug’doyning hosildorligiga va donning sifatiga o’stirish texnologiyasi usullarining to’g’ridan-to’g’ri shu yilning o’zida ta’siri va undan keyingi yildagi ta’sir kuchi bir xil yo’nalishda bo’lmaydi. Masalan, olimlar tomonidan maxsus o’tkazilgan tajribada kuzgi bug’doy Bezostaya-1 navini qalin qilib joylashgan ekinda gektaridan olingan qo’shimcha hosil 10,9 % ni tashkil qilgan bo’lsa, uning naslida hosildorlik 6,3 % ga pasaygan.Shunga o’xshash natijalar – ba’zi navlarda o’g’itlarning tasiri ostida urug’likning hosildorlik sifatlarini pasayishi kuzatilgan. Shunday qilib, to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ostida hosildorlikni oshishi, hosildorlik sifatlarini o’zgaruvchanlik sababi bo’la olmaydi. Bunday fikrni to’g’ri ekanligini bir holatda agrofonning ta’siri ostida shu yilning o’zida to’g’ridan-to’g’ri va kelgusi yil uning naslida ham hosildorlikni oshishi, ikkinchi holatda esa urug’likni hosildorlik sifatlarini pasayishini ko’rsatadi.

Ko’p hollarda yuqori hosilli maydonlarda hamma vaqt hosildorlik sifati yaxshiroq urug’lik shakllanadi degan fikr tarqalgan. Hakiqatdan ham ayrim hollarda yuqoriroq hosilli maydonlarda yetishtirilib olingan urug’liklar yuqori hosildorlik sifatlariga ega bo’ladi. Ammo yuqori hosilli maydonlardan olingan urug’liklarning hosildorlik sifatlari past bo’lgan hollarini uchrashi ham kam emas. Tuproq unumdorligi har xil bo’lgan maydonlardan olingan urug’liklarning hosildorlik sifatlari bir xil bo’lish holatlari ham kam emas. Har bir navning agrofonga-parvarish texnologiyasiga to’g’ridan – to’g’ri va uning naslida o’ziga xos reaksiyasi mavjud.


Ontogenez jarayonida hosil bo’lgan hosildorlik sifatlari turli sun’iy reagentlar ta’siri ostida o’zgarishi mumkin. Shunday kilib, ko’pchilik tadqiqotchilarning ko’p yillar davomida o’tkazgan izlanishlari natijasida urug’liklarning hosildorlik sifatlarini turg’unligi yetarlicha bo’lmagan xususiyat ekanligi aniqlangan. Tashqi muhitning ko’p xildagi omillari ta’siri ostida aniq hosildorlik sifatlariga ega bo’lgan urug’liklar ularning yaxshilanishiga qarab o’zgartirilishi mumkin.
Shu omillarning o’zi, lekin boshqa me’yorda yoki ishlanish (ta’sir etish) davomiyligini cho’zilishi natijasida hosildorlik sifatlarini pasayishiga ish betaraf bo’lishiga olib kelishi mumkin.Ikkala holda ham urug’likning hosildorlik sifatlarini ekologik sharoitlar ta’siri ostida shakllanishida ham, turli reagentlar ta’siri ostida ularning o’zgarishida ham urug’likning fiziologik-bioximik majmuasining o’zgaruvchanligi ko’rinib turibdi.
Urug’likni pishish jarayonida yaratiladigan fiziologik- bioximik asosi nisbatan osonlik bilan tashqi muhit omillari ta’siri ostida aniq me’yorda o’zgarishi mumkin.Olimlar tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha urug’liklarning hosildorlik sifatlarini o’zgaruvchanligi populyasiyalarning bir tekisligini o’zgarishiga bog’liq. Morfologik jihatdan bir tekisligi qanday darajada bo’lmasin navlar ko’p biologik va qimmatli xo’jalik belgilari bo’yicha xilma xilligi bilan keskin ajralib turadi. Biologik va qimmatli xo’jalik belgilari bo’yicha bir tekisligini ta’minlaydigan agrotexnologiya usullari urug’likning hosildorlik sifatlarini oshirishga olib keladi. Shunday qilib urug’likning ekinboplik va hosildorlik sifatlariga ekologik hamda agrotexnologik omillar katta ta’sir kilishi aniq.Urug’lik yetishtirilayotgan mintaqa va ob-havo sharoiti ekologik omillarning asosini tashkil qiladi. Urug’lik ob – havo sharoiti qulay, unumdor tuproqli dalalarda yetishtirilishi maqsadga muvofik.O’zbekiston sharoitida sug’oriladigan yerlarda yetishtirilgan urug’lik sifati lalmikorlikda yetishtirilgandagiga nisbatan yuqori bo’ladi. Ko’p miqdorda o’tkazilgan tajribalarning ko’rsatishicha mahalliy sharoitda yetishtirilgan urug’lik boshqa mintaqa yoki mamlakatdan keltirilgan urug’likka nisbatan yuqori hosil yetishtirishni ta’minlaydi.Donining to’lishi va pishishi davrida issiq va havoning nisbiy namligi optimal bo’lsa, bunday urug’liklarning ekinboplik va hosildorlik sifatlari yuqori bo’ladi. Namligi yuqori, havo salqin yoki juda issiq sharoitda yetishtirilgan urug’likning ekinboplik va hosildorlik sifatlari past bo’ladi.Urug’chilik xo’jaliklarining asosiy maqsadi faqat sifatli urug’lik yetishtirishgina emas, balki har gektar yerdan maksimal hosil olish hamdir. O’simlik yuqori hosil va sifatli urug’liklarni faqat hamma texnologik usullar o’z vaqtida, tez va sifatli o’tkazilgandagina shakllantiradi.Urug’liklarning hosildorlik sifati uning yirikligi, bir tekisligi, o’sish energiyasi, unuvchanligi, o’sish kuchi, oqsil miqdori, kasalliklarga chidamliligi va boshqa ko’rsatkichlardan iborat. Shuning uchun urug’lik ekinzorlar parvarishi bo’yicha alohida texnologiya qo’llanishi zarur.
Urug’lik yetishtirilishi bilan bog’liq bo’lgan moddiy harajatlar donining yalpi hosilini sezilarli oshirilishiga olib keladi.Yuqori sifatli urug’likni hosilini yig’ib – terib olgandan keyin ularni faqat ekishga tayyorlash – tozalash, saralash, dorilash va boshqa tadbirlar ko’llash bilan tayyorlash mumkin emas.
Urug’lik yaxshi sifatli bo’lishi uchun uning o’stirilishiga katta e’tibor qilish kerak. Demak, urug’chilik ishiga mavsumiy ish deb qarash noto’g’ri, u bilan yil davomida, to’g’rirog’i doimo sistematik ravishda ko’p yillar davomida shug’ullanish lozim.Urug’lik ashyosining sifati hosildorlikka katta ta’sir ko’rsatadi. Urug’lik hosildorlik omili sifatida o’ziga xos xususiyatga ega. Birinchisi shundan iboratki, hamma xo’jaliklarda ekiladi va uning sifati yil sayin o’zgaradi, agar tegishli chora – tadbirlar qo’llanilmasa, u juda past bo’lishi mumkin. Ikkinchidan, urug’lik ashyosining sifati past bo’lganligi hosildorlikka salbiy ta’sir ko’rsatadi. U shunchalik sezilarli bo’lishi mumkinki, hyech qanday agrotexnik tadbirlar bilan qoplanilmaydi. Bundan tashqari urug’lik sifatini past bo’lganligi tufayli boshqa hamma agrotexnik tadbirlarning samaradorligi keskin pasayadi. Urug’lik sifatini yaxshilash asosida hosildorlikni oshirish imkoniyatlaridan haligacha ko’p xo’jaliklarda to’liq foydalanilmaydi.Navlarni to’g’ri tanlash, o’stirish sharoitlarini yaxshilash, urug’likni saqlash va ekishga tayyorlash usullarini qo’llab hosildorlikka yuksak darajada ta’sir etish mumkin.Ixtisoslashtirilgan urug’chilik xo’jaliklari faqat yuqori sifatli, hosildorlik sifati va ekinboplik xususiyati baland bo’lgan navdor urug’lik yetishtirishlari lozim. Bunday urug’liklarni faqat dehkonchilik madaniyati yuksak bo’lgan, sinalgan va qabul qilingan o’stirish texnologiya tadbirlari majmuasini ko’llaganda yetishtirish mumkin. Ularni sifatini pasayishidan doimo asrash choralari ko’rilishi kerak, ya’ni mexanik va biologik ifloslanishidan, kasalliklar bilan zararlanishidan va zararkunandalardan asrab doimiy hosildorlik sifatini yaxshilash kerak.Yuqori sifatli urug’likni yetishtirishning asosiy yo’li – bir tekis, to’liq, yirik donli, sog’lom, yuqori hosilli o’simliklar o’stirishdir. Yuqori texnologiyaning yuqori hosilli urug’lik hosil qilinishiga qisqa muddat bir-ikki yil ta’sir qiladi. Bu o’zgaruvchanlik – modifikasion o’zgaruvchanlikdir. Urug’chilik maydonlarida yuqori hosilli urug’liklarni o’stirish bilan va ularni umumiy (tovar) maydonlarida ekish yo’li bilan har yili modifikasion o’zgaruvchanlikning ijobiy ta’siri asosida har gektaridan qo’shimcha harajatlarsiz 2-3 s ziyod hosil olish imkoniyati tug’iladi.Urug’lik hosildorligini oshirish rezervi bo’lib – ekish uchun yirik, bir tekis, o’ziga xos vaznga ega (og’ir) urug’larni tanlash hisoblanadi. Bunga urug’likni sortlash va saralash bilan erishiladi. Yil sayin bunday sifatli urug’liklar ekilishi katta maydonlarda (tovar ekinlar) hosildorlikni oshirishga olib keladi va shu bilan birga navni hosildorligini doimo saqlab kelishini ta’minlaydi.
Yuqori sifatli urug’lik yetishtirishda urug’chilik xo’jaliklarida urug’lik maydonlarida o’simliklarga yaxshi qulay sharoit tug’dirish maqsadida almashlab ekishni joriy qilish katta ahamiyatga ega. Almashlab ekish kasallik va hasharotlarni tarqalishi, navlarni ifloslanishiga yo’l qo’ymasligi kerak.
Urug’lik yetishtirish texnologiyasining xusususiyatlari ularning quyidagi vazifalari bilan bog’lik.

1.Yuqori nav tozaligida urug’lik ishlab chiqish;


2.Ekinboplik xususiyatlari yuqori bo’lgan urug’lik ishlab chiqish;
3.Yuqori va yuksak hosildorlikni ta’minlash;
Bu vazifalarni bajarish uchun quyidagi shartlar bo’lishi kerak:
-dalalarning madaniy holati ta’minlanishi;
-maxsus imorat va mashinalar bilan ta’minlanganligi;
-maxsus mutaxassislarning mavjudligi;
Shuning uchun urug’chilik ishlarini o’tkazish maqsadida tajribali mutaxassis, ishchi xizmatchilar, fermer xo’jaliklari tanlab olinadi.
Urug’chilik paykallarida eng yuqori texnologiya qo’lanilishi lozim. O’tmishdosh ekinlar hisobga olingan holda ekish, parvarish qilish, sug’orish, o’g’itlash belgilangan muddatlarda sifatli qilib o’tkazilishi kerak. Bularning hammasini o’tkazishdan maqsad urug’chilik ishlarini yuqori darajada olib borishdir. Yuqori agrotexnika sharoitida o’simliklar yaxshi o’sib, yaxshi rivojlanadi, yuqori hosil to’planadi va hosilni tashkil qiladigan urug’likning sifatlari yuqori bo’ladi.
Navdor, yuqori sifatli urug’lik yetishtirish xo’jaliklarini yetarli darajada texnika bilan ta’minlanganligi, ayniqsa urug’ tozalagich saralaydigan mashinalar bilan, quritgichlar bilan, saqlaydigan omborlar bilan jihozlanganligi ta’minlanishi kerak.
Navdor urug’liklar xo’jaliklarga ilmiy tadqiqot muassasalaridan yoki ularning o’quv tajriba xo’jalik omborlaridan ichki va tashqi tomonda osilgan etiketkali qoplarda beriladi. Shu bilan bir vaqtda nav to’g’risida hujjatlar bilan ta’minlanadi.
Qabul qilishda koplarning holatlari – butunligi, plombalar joyida bo’lishi va etiketkalarda tegishli yozuvlar bo’lishi tekshiriladi. Agar mobado, shubha paydo bo’lsa qopdan maxsus «shup» yordamida qoida asosida o’rtacha namuna olinib, nav tozaligi va ekishga yaroqliligini aniqlgsh uchun akt bilan nazorat-urug’lik laboratoriyasiga jo’natiladi.
Urug’ni ekishga tayyorlashgacha qoplardan plombani olish mumkin emas. Agar urug’lik dorilash uchun yuborilmoqchi bo’lsa agronom – urug’chi, ombor mudiri va xo’jalik rahbari ishtirokida plomba olinishi mumkin.
Urug’likni dorilash maxsus xonalarda (avvaldan shamollatib, tozalangan dezinfeksiyalangan) o’tkaziladi.
Ekish uchun urug’liklar saqlangan qoplar bilan beriladi. Urug’lik ekishga berilganda navdorlik hujjatlari bilan maxsus hujjatlar (order) rasmiylashtiriladi, unda ekin nomi, navning nomi, vazni, urug’lik kategoriyasi va qaysi dalada ekilishi yoziladi.
Dalada navlarni joylashtirish rejasi avvaldan tuziladi. Bunda almashlab ekish dalalari o’tmishdosh ekinlar va masofaviy izolyasiya inobatga olinadi.
Donli ekinlardan keyin donli ekinlarni joylashtirish mumkin emas. Chunki oldingi yili ekinning (o’tmishdosh ekinning) urug’lari to’kilishi natijasida asosiy ekin navini aralashishiga, ifloslanishiga olib keladi. Shu navning yuqori kategoriyasi ekilgan bo’lsa joylashtirish mumkin. Masalan, elitani – ilgari superelita ekilgan maydonga, ikkinchi reproduksiyani-birinchi reproduksiyadan bo’shagan maydonga ekish mumkin.Shunday qilib urug’chilik jarayonida navni ifloslanishdan, buzilishi-yomonlashishidan saqlash hamma choralari ko’rinishi kerak.
Ekishdan oldin seyalkalar tozalanadi, dezinfeksiya qilinib, ekish normasiga moslashtiriladi. Ekish me’yoriga moslashtirishda va undan keyin ham boshqa ekin yoki navni ekish oldida birorta urug’ qoldirilmay seyalkalar tozalanadi. Ishni sifatini urug’chi –agronom tekshirib boradi Ekish yuqori kategoriya urug’laridan boshlanadi. Yil davomida nav o’tog’ini o’tkazish maqsadida har 1,2-1,3 m dan keyin 30 sm li yo’lakchalar qoldirish maqsadga muvofiq.
Ekiladigan maydonning chegarasidan chiqmaslik va shu dalaning o’zida agregatni qaytarish lozim. Ko’zga ko’rinadigan aralashmalar, begona o’tlar, boshqa ekinlar o’simliklari chiqarib tashlanishi (tur o’tog’i) shart. Nav o’tog’i urug’chi – agronom rahbarligida yuqori malakali ishchi yoki dehkonlar tomonidan o’tkaziladi.
O’toq o’tkazilishida qora kuya bilan zararlangan o’simliklar tomiri bilan sug’urib olinib, daladan tashqarida ko’mib tashlanadi. Hosilni yig’ishtirishda nav tozaligini saqlash maqsadida quyidagi shartlarga itoat qilish kerak:
Hosilni yig’ib olish yuqori kategoriyalardan boshlanadi. Yig’ish oldidan dalaning atrofi 2-4 metr o’rib olinadi va olingan hosil (don, somon) xo’jalik ehtiyojlari uchun foydalaniladi.

Hosil yig’ishtiruvchi mashinalar (kombayinlar) yig’im – terim oldida urug’ qoldiqlaridan tozalanadi. Agar super elitadan so’ng – elita yoki birinchi reproduksiyadan keyin ikkinchi reproduksiya yig’ib – terib olinsa, mashinalarni qoldiq urug’lardan tozalash shart emas.Hosilni kombayndan olib tashish maxsus mashinalarda, kuzovi brezent yoki boshqa ashyo bilan o’ralgan (qoplangan) bo’lib, bir aniqlangan yo’l orqali va faqat hosil yig’ishtirilgan maydon (dala) ichidan amalga oshiriladi.Urug’lik kombayndan saqlanadigan joyga, omborlarga ekinning xili, navning nomi, kategoriyasi va dalaning nomeri ko’rsatilgan hujjat (nakladnaya) bilan ta’minlanadi.O’rim – terimda (yanchish, tozalash, tashish) foydalanadigan qoplar avvaldan yaxshi tozalanadi. Ularda birorta ham boshqa navning, turning urug’i bo’lmasligi kerak.Ishchilar omborda bir xonadan ikkinchi xonaga, yoki ko’chadan omborga kirganda kiyimi, oyoq kiyimi, koplar orqali boshqa aralashmalar o’tmaslik choralari ko’rilishi kerak.


Hosilni yanchish jarayonida yanchish sifatiga e’tibor qilish ya’ni yanchilmay qolish yoki urug’larni shikastlanishiga yo’l qo’ymaslik choralari kuzatiladi (urug’ murtaklari siqib ajralish hollari ro’y berish mumkin).
Urug’larni tozalash binoning ichida yoki binoning yonida o’tkaziladi, shu bilan birga albatta toza holatda bo’lgan xirmonda bo’lib, tegishli brezent to’shalgan bo’lishi shart. Tozalash jarayonida urug’lar aralashmaslik hamma extiyotlik choralar ko’rilib, ifloslanishga yo’l qo’ymaslik kerak. Tozalash jarayonida urug’liklar navdor urug’likka qo’yiladigan kondisiya talablariga javob beradigan holatgacha yetkazilishi kerak.Urug’liklarni joylashtirish uchun ajratilgan omborlar tozalanib, dorilanadi (dezinfeksiya qilinadi), kerak bo’lsa shamollatiladi, kuritiladi.Urug’lik yangi koplarga yoki yaxshi tozalangan, dezinfeksiya –qiligan qoplarga solinib, qopning ichiga navdorlik guvohnomasi yoki hujjati joylashtirilib, tashqarisiga nav guvohnomasi yozilgan matodan yasalgan etiketka bog’lab qo’yiladi.
Nav guvohnomasi va etiketka urug’chi – agronom tomonidan imzolanadi. Aprobasiya o’tkazilgandan so’ng agronom nav guvohnomasini to’ldirib, bir nusxasini xo’jalikda qoldiradi.Navli urug’liklar albatta alohida xonalarda qoplarda aloxida-alohida har tur ekini, navlari saqlanishi shart. Qoplar shunday qilib qo’yiladiki, ularning oldiga borib holatini aniqlash imkoniyati bo’lsin.
Binoning ichida ham navlarni ifloslanishi, buzilishiga yo’l qo’ymasligi ta’minlanishi talab etiladi.Maxsus mutaxassislar tomonidan urug’likni saqlash sharoitlari tekshirilib, nazorat qilinib turiladi. Saqlanadigan joydagi havoning harorati va namligi (14 % bo’lgan), urug’likni rangi (tusi), hidi va zarakunandalar mavjudligi kuzatilib boriladi.Donli ekinlar urug’ining sifat ko’rsatkichlari quyidagilardan ibooat: asosiy urug’ miqdori (tozaligi), ifloslanganligi va unuvchanligi. Urug’likning muhim amaliy ahamiyatiga molik sifat ko’rsatkichi uning unuvchanligi hisoblanadi. Urug’ning ekish me’yori va urug’ sarfi uning unuvchanligiga qarab belgilanadi. Ko’pincha donli ekinlar urug’liklari uchun unuvchanlik darajasi klasslar bo’yicha 95, 92 va 90 % qabul qilingan. Urug’lik uchun qabul qilingan standartlarda ifloslanishlik me’yori ham berilgan. Bunda 1 klass urug’da boshqa ekinlar urug’i, shu jumladan begona o’simliklar urug’liklarning soni ham hisobga olinadi. Standartda kasallangan urug’lar miqdori ham hisobga olinadi.«Urug’chilik to’g’risida» gi qonunda-patent bilan muhofaza qilinadigan navlar va duragaylar urug’ligini yetishtirish hamda undan foydalanish huquqiga patent egalari, shuningdek lisenziyaga ega bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar, egadir deb aytilgan.Urug’chilik bilan yangi navlar va duragaylar yaratish bilan shug’ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning vazifasi quyidagilardan iborat:
-birlamchi urug’chilikning samarali tizimini va urug’lik yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish hamda joriy etish;
-duragaylar va navlarga doir muallif ta’riflarini taqdim etish;
-urug’liklarni ishlatuvchilar bilan shartnoma tuzish asosida yuqori navli va ekinbop xususiyatli urug’liklar yetishtirish;
-har bir turkumdagi urug’lik navi va ekinboplik xususiyatlari bo’yicha to’liq hisobot olib borish.«Urug’chilik to’g’risida» gi qonunning birinchi moddasida- «aprobasiya qilish»-o’simliklarning genetik (nav) jihatidan qanchalik toza ekanligini, kasalliklarga, zararkunandalarga chidamliligi va ekishga mo’ljallangan urug’likning umumiy holatini aniqlash maqsadida dalada o’tkaziladigan tadqiqot, deb yozilgan.
Nav va urug’lik sifatlari yuqori bo’lgan urug’larni ekqandagina mo’l hosil yetishtirish mumkin. Shuning uchun urug’chilikning asosiy vazifalaridan biri urug’liklarning navdorlik va ekinboplik xususiyatlari, ekish sifatlarini yuqori darajada saqlash uchun doimiy nazorat qilishdir.
«Urug’chilik to’g’risida» gi qonunda urug’chilikning vazifalari etib kuyidagilar ko’rsatilgan:
-navni yangilash va nav almashtirish jarayonida urug’lik navlar va duragaylarining biologik hamda xo’jalik jihatidan qimmatli xususiyatlarini saqlab qolish;
-qishloq xo’jaligini serhosil va yuqori sifatli urug’liklar bilan ta’minlash;
-urug’liklarning sifati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
Birlamchi urug’chilik jarayonida ekinlarning elita urug’liklarini yuqori sifatli, sog’lom, sof va mahsuldor bo’lishini ta’minlashga qaratilgan barcha choralarga qaramasdan qat’iy nazorat o’rnatilgandagina kutgan natijaga erishish mumkin.
Mamlakatimizda urug’lik sifatini doimo yaxshilab, mahsuldorligini oshirish maqsadida urug’lik ekinlar va navdor urug’liklar ustidan doimiy nazorat joriy etilgan.
Urug’chilikda joriy etilgan nazorat ikkiga-nav va urug’lik nazoratlariga bo’linadi.
Nazorat ishlari urug’likni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, sotish va urug’likdan foydalanish jarayonlarini o’z ichiga olgan tadbirlar yig’indisidan iborat.
Nav va urug’lik nazorati qoidalariga ko’ra, hyech bir xo’jalik nav hamda ekishga yaroqlilik sifati past bo’lgan urug’liklarni ekishi mumkin emas.
Xo’jaliklarda urug’lik boshqa urug’lar bilan ifloslangan bo’lsa ekishdan oldin tozalanishlari, kasallangan bo’lsa dorilab sog’lomlashtirilishlari, nam bo’lsa quritilishlari, xullas, urug’likni standart talablariga to’liq javob beradigan holatga keltirilishlari lozim.
Yaxshilash imkoniyati bo’lmagan urug’liklar almashtiriladi. Nav va urug’lik nazorati qishloq xo’jalik tashkilotlari, ularning ixtisoslashgan urug’chilik xo’jaliklari, fermer xo’jaliklari vakillari, hamda xo’jaliklarning mutaxassislari tomonidan olib boriladi.
Nav va urug’lik nazorati davlat nazoratiga va xo’jalik ichidagi nazoratga bo’linadi. Nazorat ishlari har bir xo’jalikda majburiy bo’lib, uni xo’jaliklarning mutaxassislari olib boradi.
Xo’jalik ichida nav va urug’likni nazorat qiluvchi shaxslar urug’chilikni tashkil etishda ishtirok etishlari, nav va tur sofligi bo’yicha o’toq o’tkazish, urug’liklarni kasallik va zararkunandalardan muhofaza qilish kabi amaliy ishlarni nazorat qilishlari, ularning ko’pchiligida bevosita qatnashishlari lozim. Ular navdor urug’liklarni ko’paytirish, tayyorlash, tozalash, saqlash va boshqa joylarga jo’natish vaqtida bajariladigan barcha ishlarni hisobga olib, xo’jjatlari rasmiylashtirishlari va davlat nazoratini o’tkazishda ishtirok etishlari kerak.
Demak, xo’jalik ichidagi nazorat xo’jaliklarda urug’liklarni navdorlik va ekish sifatlarini yaxshilash bo’yicha olib boriladigan ishlarning ayrim tomonlarini qayd etishdir. Uning asosiy vazifasi urug’chilik qoidalari va o’stirish texnologiyasi talablarini buzishga yo’l qo’ymaslik, urug’lik yetishtirish, yig’ishtirish, saqlash va tashishi hamda nav va ekinboplik sifatlarining pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslikdir.
Xo’jalik ichidagi nazorat urug’chilik madaniyatini oshiradi, navlarning sofligini saqlab qolishni ta’minlaydi.

Download 34,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish