Ikkinchi yilgi bo’g’inlarni sinash ko’chatzori-birinchi yilgi bo’g’inlarni sinash ko’chatzoridan tanlab olinib ko’paytirilgan tizmalarni oxirgi va uzil-kesil baholash o’tkazadigan urug’chilik sxemasining ikkinchi bosqichidir. Ekiladigan tizmalarning miqdori 100 tadan kam bo’lmasligi kerak.
Ekish maxsus kichiq traktor seyalkalari yordamida o’tkaziladi. Paykalchalarning (delyankalarning) uzunligi 5-20 m, standart navi 20 ta tizmadan keyin joylashtiriladi. Kuzatish, o’lchash, brak qilish ishlari birinchi ko’chatzordagidek. Eng yaxshi avlodlarning urug’liklari birlashtirilib 1 nchi yilgi ko’paytirish ko’chatzorida ekiladi.
Tizmalarni yuqori darajadagi bir tekisligini hisobga olgan holda yomon avlodlar brak qilingandan so’ng hosil birlashtirilgan holda kombayn yordamida yig’ib olinadi.Birinchi va ikkinchi yilgi sinash ko’chatzorlarini seleksion ekinlar uchun shu muassasada qabul qilingan texnologiya qo’llaniladi.
Urug’likning bundan keyingi ishlari urug’likni yuqori navdorligi (nav tozaligi) va hosildorlik sifatlarini saqlagan holda jadal (tez) ko’paytirishdan iborat.
Ko’paytirish ko’chatzori. Bu ko’chatzorda ikkinchi yilgi bo’g’inlarni sinash ko’chatzorida tanlab olingan tizmalar aralashmasi urug’liklari ekiladi. Ko’paytirish uchun olingan urug’lik va uning hosili urug’lik orqali o’tadigan (yuqadigan) kasalliklardan zararsizlantiriladi. Yirik, yaxshi shakllangan va birtekis urug’lik hosil qilish uchun keng qatorli qilib joylashtirilganda ekin normasini shunday qo’llash kerakki, qatordagi o’simlik soni (1 m qatorda unuvchan urug’ soni) oddiy odatdagi qatorlab ekiladiganga nisbatan 30-50 % ko’p bo’lsin.
Faqat shundagina ular noqulay sharoitlarga (qurg’oqchilik, qishgi zararlanishlarga, hasharotlarga, zang asaliga va boshqalar) chidamlilik qobiliyatiga ega bo’lishi va yuqori sifatli yaxshi hosil berishi mumkin. Ko’paytirish ko’chatzoridan olingan urug’likdan superelita hosil qilinadi.Elita superelita urug’ligidan, ko’paytirish ko’chatzoridan yoki ikkinchi yilgi bo’g’inlarni sinash ko’chatzori urug’ligidan o’stiriladi. Bu ekinning turi, qo’yilgan reja va vaziflariga bog’liq.
Ko’paytirish ko’chatzori superelita va elita urug’chiligida qabul qilingan almashlab ekish maydonlarida eng yaxshi o’tmishdosh ekinlardan keyin yuqori agrotexnika sharoitida va har bir ekin va nav uchun qabul qilingan optimal ekish normasi qo’llanadiO’zidan changlanuvchi ekinlarning ko’p tizmali navlarining birlamchi urug’chiligi navni yaratgan-originatori bo’lgan muassasalarida o’tkaziladi. Ko’p tizmali navni tashkil etgan tizmalar 1 nchi va 2 nchi yilgi bo’g’inlarni sinash ko’chatzorlarida yakka tanlash sxemasi bo’yicha o’stiriladi. Bunday navni shakllanishi turli morfologik bir tusli, ammo biologik xususiyatlari bilan farq qiladigan tizmalardan 1 nchi yil ko’paytirish ko’chatzorida tadqiqot natijasi yoki maxsus qabul qilingan uslub asosida amalga oshiriladi.