Urug’lnklarni realizasiya qilish. Urug’liklarning navi va ekinboplik xususiyatlari ko’rsatilgan sertifikat mavjud bo’lgan taqdirda ularni realizasiya qilishga yo’l qo’yiladi. Kimyoviy yoki biologik ishlov berilgan urug’liklar savdo tarmog’iga faqat o’ralgan holda yetkazib beriladi. Har bir o’ramda qaysi usulda ishlov berilganligi ko’rsatilgan yorliq va xavfsizlik chora - tadbirlari to’g’risidagi yo’riqnoma bo’lisht shart.
Himoya qilinadigai navlar hamda, O’zbekiston Respublikasi xududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo’jalik ekinlari Davlat reyestriga kiritilmagan navlar va duragaylarning urug’ligini sotish mumkin emas.
Muomalaga kiritilayotgan urug’liklar davlat standartlari talablariga muvofiq albatta tamg’alanadi va idishlarga joylanadi.
Karantindagi va boshqa xavfli xasharotolar, o’simlik kasalliklari yoki begona o’tlar keng tarqalgan davlatlardan keltirilgan urug’liklarni respublika xududida tarqatish taqiqlanadi.
Urug’liklar yetishtirish va ularni realizasiya qilish bilan shug’ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar urug’liklarning navi va ekinboplik sifatlari tegishli xujjatlarda ko’rsatilgan bo’lishiga kafolat beradilar va qonun xujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.
Basharti urug’liklar yetishtirish va ularni realizasiya qilish bilan shug’ullanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar yuqorida ko’rsatilgan urug’liklarning sifat ko’rsatkichlari yo’qligi o’zlariga bog’liq bo’lmagan xolatlarning oqibati ekanligini isbotlasalar, urug’likni ishlatuvchi ko’rilgan zararni qoplashni talab qilishi mumkin emas.
Sotib olingan urug’liklarga berilgan kafolatlar ularning sifati to’g’risidagi xujjatlarda ko’rsatilgan muddat davomida amal qiladi.
Urug’liklarni import qilishga quyidagi shartlarda yo’l qo’yiladi, agar:
-ular davlat sinovidan o’tgan va O’zbekiston Respublikasi xududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo’jalik ekinlari Davlat reyestriga kiritilgan navlarni urug’i bo’lsa;
-ularni import qilishga o’simliklar karantini bo’yicha davlat xizmatining ruxsatnomasi mavjud bo’lsa;
-ularning navi va ekinboplik xususiyatiga sertifikat mavjud bo’lsa;
-ularga eksport qilayotgan mamlakat tomonidan fitosanitariya sertifikati berilgan bo’lsa;
-ular seleksiya va tadqiqot ishlariga, ko’rgazmaga qo’yishga mo’ljallangan bo’lsa.
Ilmiy va nav sinash maqsadlarida import va eksport qilinayotgan o’simliklar uchun bojxona to’lovi undirilmaydi, ular kvotalanmaydi va lisenziyalanmaydi.
Urug’liklarni eksport qilishga O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi yoki u vakolat bergan organning xulosasi mavjud bo’lgan takdirdagiga yo’l qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |