Hisobvaraq ochganlik uchun to‘lov undirilmaydi



Download 9,81 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi9,81 Kb.
#331120
Bog'liq
Документ


Jismoiniy shaxslar hisob-kitob va bank xizmatlarini ko‘rsatish uchun bankni mustaqil tanlash hamda bir yoki bir nechta banklarda milliy va chet el valyutasida hisobvaraqlar ochish huquqiga ega.

Milliy yoki chet el valyutasida hisobvaraq ochish uchun ariza va shaxsni tasdiqlovchi hujjat shaxsan mijoz tomonidan bankka topshiriladi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi olib qolinib, asli qaytariladi.

Bankda hisobvaraq ochish uchun shartnoma tuziladi. Bank hisobvarag‘i shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak. Shartnomaning bir nusxasi mijozga beriladi.

Shartnoma tuzish uchun kerakli hujjatlarni bankka taqdim qilgan holda shartnoma tuzilgandan keyin bank 1 ish kuni ichida hisobvaraq ochib berishi lozim.

Hisobvaraq ochganlik uchun to‘lov undirilmaydi.

Fuqarolar banklarda quyidagi turdagi hisobvaraqlar ochishlari mumkin:

Jamg‘arma depozit hisobvarag‘i - Mijozlarning davriy badallari asosida shakllanib, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun jamg‘ariladigan va shu maqsad uchun yo‘naltiriladigan yoxud shartnoma bekor qilinishi natijasida qaytariladigan mablag‘lar hisobi yuritiladigan hisobvaraq. Jamg‘arma depozit hisobvaraqda saqlanadigan mablag‘lar uchun bank va mijoz o‘rtasida tuziladigan shartnomada nazarda tutilgan miqdorda foizlar to‘lanadi.

Muddatli depozit hisobvarag‘i - Shartnomada qat’iy kelishilgan muddatga qo‘yilgan mijozlarning mablag‘lari hisobi yuritiladigan hisobvaraq. Bankda foiz evaziga pullar muddatli omonatga qo‘yilganda, mazkur hisobvaraq ochiladi.

Ssuda hisobvarag‘i - Belgilangan tartibda mijozlarga berilgan kreditlarning hisobi yuritiladigan hisobvaraq.

Talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i - Mijozlarning birinchi talabi bilanoq beriladigan yoki o‘tkazib beriladigan mablag‘larning hisobi yuritiladigan hisobvaraq. Odatda oylik ish haqi ko‘chirib beriladigan plastik kartochkalar uchun talab qilib olguncha depozit hisobvarag‘i ochiladi.

Banklar filiallari haqidagi ma’lumot bilan havolada tanishing.

Normativ hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi

O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni

O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma

Mijoz asosiy hisobvarag‘i yopilayotgan bankdan olingan tasdiqnomani ariza bilan birga asosiy hisobvaraq ochilayotgan bankka taqdim etadi. Ushbu arizaga asosan, asosiy hisobvaraq ochilayotgan bank mijozga vaqtinchalik «Mijozlar bilan hisob-kitoblar» hisobvarag‘ini ochadi va bu to‘g‘risida mijoz hamda hisobvaraq yopilayotgan bankka yozma ravishda xabar beradi.

Mijoz vaqtinchalik hisobvaraq ochilganligi to‘g‘risidagi xabarni olgandan so‘ng asosiy hisobvaraq yopilayotgan bankka asosiy hisobvaraqdagi mavjud mablag‘lar qoldig‘ini asosiy hisobvaraq ochilayotgan bankdagi vaqtinchalik ochilgan hisobvaraqqa o‘tkazish to‘g‘risida to‘lov topshiriqnomasi taqdim etadi.

Dalolatnomaning asosiy hisobvaraq ochayotgan bankning vakolatli xodimlari tomonidan imzolangan va muhr qo‘yilgan nusxasi olingandan keyin mijoz tomonidan yopilayotgan asosiy hisobvaraqdagi mablag‘larni ushbu hisobvaraq ochilayotgan bankda ochilgan vaqtinchalik hisobvaraqqa o‘tkazish to‘g‘risidagi to‘lov topshiriqnomasi ijro qilinadi.

Asosiy hisobvaraqni ochayotgan bank ushbu hisobvaraqni yopayotgan bankdan hujjatlar va mablag‘larni olgandan keyin mijozga yangi asosiy hisobvaraqni ochadi, unga vaqtinchalik hisobvarag‘idagi qoldiqni o‘tkazadi va mazkur vaqtinchalik hisobvaraqni yopadi.

Bank hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalar quyidagi hollarda to‘xtatib qo‘yilishi mumkin:

hisobvaraq egasining arizasiga ko‘ra;

surishtiruvchi, tergovchi va sud ijrochisi qaroriga asosan;

sudning ajrimiga ko‘ra.

Bank hisobvarag‘i surishtiruvchi, tergovchi qarori yoxud sudning ajrimiga ko‘ra to‘xtatilganda, pul mablag‘lari faqat qaror yoki ajrimda ko‘rsatilgan summaga xatlanadi. Bunda bankdagi hisobvaraqlar faqat chiqim qismida to‘xtatiladi, hisobvaraqqa kelib tushgan pul mablag‘lari esa kirim qilinadi.

Bank hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatilganda yoki xatlanganda, hisobvaraqni boshqa bankka o‘tkazishga hamda ushbu hisobvaraq egasining boshqa hisobvaraqlarni ochishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bank hisobvarag‘ini xatlash haqidagi qaror bankka va nusxasi mijozga ham jo‘natiladi.

Hisobvaraq xatlanganligi haqida mijozni xabardor qilish bank zimmasidagi majburiyat emas, agar shartnomada boshqacha belgilanmagan bo‘lsa.

Mijoz bankka murojaat qilish orqali unga tegishli hisobvaraq qanday hujjat asosida xatlanganligi haqidagi ma’lumotni aniqlashi mumkin.

Bank hisobvarag‘i qaysi organ (mansabdor shaxsning) hujjati bilan xatlangan bo‘lsa, shu organ (mansabdor shaxsning) xatlovni echish haqidagi qarori bilan bekor bo‘ladi.

Hisobvaraqning xatlanishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilganidan keyin (masalan, qarz majburiyatini bajarish va sh.k.), xatlov olib tashlanishi mumkin.

Hisobvaraqdan xatlovni echish haqidagi qaror surishtiruvchi, tergovchi, sud ijrochisi yoki sud tomonidan pochta aloqa xizmati orqali bankka jo‘natiladi. Fuqaro arizasiga ko‘ra mazkur qaror shaxsan qo‘lga berilishi mumkin va fuqaroning o‘zi tomonidan bankka etkaziladi.

Shuningdek, 2014 yilning 4 sentabrida “Valyutani muvofilashtirish to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan o'zgartishlarga muvofiq, O'zbekiston hududida xorijiy valyutadagi qimmatli qog'ozlar muomalasi, Respublika fuqarolari tomonidan bunday qimmatli qog'ozlarni xarid qilish, O'zbekiston rezidentlari tomondan emissiya qilingan aksiya va obligatsiyalarni chet el fuqarolari tomonidan sotib olinishi tartibi belgilandi.

Fond bozori qimmatli qog'ozlar bozorini muvofqilashtiruvchi vakolatli davlat organi hamda alohida holatlar bo'yicha Markaziy bank tomonidan nazorat qilinadi.

Vakolatli davlat organi funksiyalaridan O'zbekiston hududidan tashqarida yuridik shaxslarga bank hisob raqamlarini ochish tartibini belgilash chiqarib tashlandi.

chet el valyutasida

XATB «Ravnaq-bank» yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun xorijiy valyutadagi bank hisob-raqamlarini ochadi.

Xorijiy valyutadagi bank hisob-raqamini ochish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

Yuridik shaxs:

Hisob-raqamini ochish uchun ariza

Ustavning nusxasi (notarius tomonidan tasdiqlangan holda)

Ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnomaning nusxasi

2 nusxada notarius tomonidan tasdiqlangan imzolar namunalari kartochkasi

Direktor va bosh buxgalterining pasport nusxasi.

Yakka tartibdagi tadbirkor:

Hisob-raqamini ochish uchun ariza

Patent


2 nusxada notarius tomonidan tasdiqlangan imzolar namunalari kartochkasi

Pasportning nusxasi

Hisobraqam ochish

Xizmat tannarxi - bepul.

Taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza;


Ta’sis hujjatlari (guvohnoma, nizom, ta’sis shartnoma);

Imzo namunalari va muhr izi tushirilgan kartochka;

Korxona direktori va bosh buxgalteri (mavjud bo’lsa)ni tayinlash bo’yicha qaror, buyruq va pasport nusxalari.

Xizmat turidan foydalanuvchilar:

Rezident va norezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo'jaliklari hamda jismoniy shaxslar.

Ochiladigan hisobraqam turlari:

Milliy va xorijiy valyutada:

Talab qilib olinguncha (asosiy va ikkilamchi);

Jamg’arma;

Muddatli;

Ssuda va kredit;

Plastik kartochkalar orqali hisob- kitoblar uchun.

To’lov hujjatlarini o’tkazish

Xizmat tannarxi:

Debet aylanma summasidan 0,5% (ushbu miqdor qo’shimcha kelishuvga asosan o'zgarishi mumkin).

To’lov hujjati turlari:

To’lov topshiriqnomasi;

To’lov talabnomasi;

Inkasso topshiriqnomasi;

Inkasso talabnomasi;

Memorial order;

Plastik kartochkalar orqali hisob-kitoblar;

Akkreditivga ariza;

Chek bilan hisob-kitoblar.

To’lov hujjatini o’tkazish mexanizmi:

Mijoz tomonidan to’g’ridan-to’g’ri taqdim etilgan to’lov hujjatini dasturga kiritish;

Tashqi va masofaviy xizmat ko’rsatish dasturiy ta’minot orqali jo’natilgan to’lov hujjatlarini qayta ishlash;

Mijoz arizasiga asosan;

Pochta orqali bankka kelib tushgan to’lov.

Endilikda mamlakatimiz fuqarosi bo'lgan yuridik shaxs Markaziy bank ruxsati bilan chet el banklarida milliy va xorijiy valyutada hisob raqamini ochish va undan foydalanish huquqiga ega. Ruxsat hukumat tomonidan o'rnatilgan tartibda beriladi. Avval, bu tartib Markaziy bank tomonidan o'rnatilgan.



Qonunga ko'ra, yuridik shaxs bank hisob raqamini faqat chet elda bo'lgan vaqtida ochishi mumkin. Yuridik shaxsning O'zbekistonga qaytishi chog'ida hisob raqami yopiladi va undagi qoldiq O'zbekistonga o'tkaziladi.
Download 9,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish