6-BOB
QISHLOQ XO ‘ JALIGID A MEHNAT
RESURSLARIDAN FOYDALANISH VA MEHNAT
UNUMDORLIGINIOSHIRISH YO‘LLARI
• Mehnat resurslarining qishloq xo‘jaIigidagi ahamiyati va o‘ziga xos
xususiyatlari.
• Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslaridan
foydalanish samaradorligini
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va ulami aniqlash tartibi.
• Qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari.
6.1. Mehnat resurslarining qishloq xo‘ja!igidagi ahamiyati va o‘ziga xos
xususiyatlari.
Mamlakatimizning qishloq xo'jalik mahsulotlariga bo‘lgan barcha
talablarini qondirishda mehnat resurslarining ahamiyati katta. Qishioq xo‘jaligi
ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun moddiy, mehnat va kapital
resurslari mavjud bo‘ lishi shart. Ushbu resurslar ichida mehnat faol resurs
bo'lib, qolgan ikkita resursni bir-biri bilan bog'laydi va uning darajasi ishlab
chiqarish jarayonining natijalariga ta’sir ko‘rsatadi.
Mehnat
- bu insonning ongli, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatidir.
Ishlab chiqarish jarayoni inson mehnati, mehnat predmetlari va vositalari, tabiiy
sharoitlaming samarali uyg‘unlashishini talab etadi. Inson shu ishlab chiqarish
vositalarini ma'lum hududda, davrda ishga solib, ishlab chiqarish jarayonini
amalga oshiradi. Jumladan, ekinlar ekiladigan yerlarni shudgorlash,
ekishga
tayyorlash, ekish, suv berish, ishlov berish, hosilni terib olish va boshqalar.
Ishlab chiqarish jarayonining samarasi, avvalo, mehnat resursining bilimiga,
malakasiga, mehnatga munosabatiga,
qolaversa, fan-texnika taraqqiyotiga,
ishlab chiqarish vositalarining sifatiga, holatiga va nihoyat, tabiiy sharoitga
bogiiq. Demak, inson o‘z faoliyatini ularning barchasini oqilona, uddaburonlik
bilan samarali ishga solishga qaratishi kerak. Shunday mehnat iqtisodiy
kategoriya hisoblanadi. Uning tabiati ishlab chiqarish
munosabatlari bilan
belgilanadi. Demak, talabni qondira olish qobiliyatiga ega bo'lgan qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, xizmatlami bajarish insonning ongli
faoliyati, ya’ni mehnatiga bevosita bog‘liqdir.
Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslari tarkibiga mehnat qobiliyatiga
ega bo‘lgan 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 16 yoshdan 55
113
www.ziyouz.com kutubxonasi
yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar hamda o ‘z xohishiga ko‘ra
mehnat faoliyati
bilan shug'ullanayotgan o‘smirlar va pensionerlar kiradi. Qishloq xo'jaligida
o‘smirlar asosan mavsumiy ishlarga jalb etiladilar.
Qishloq xo‘jaligida melinat resurslarining tarmoq xususiyatlaridan
kelib chiqqan holda quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud:
- mehnat va uning samarasi tabiiy sharoit bilan bog'liq;
- mehnat resursidan foydalanishga qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining
mavsumiyligi katta ta'sir ko‘rsatadi;
- qishloq xo‘jaligidagi mehnat jarayoni tirik organizmlar bilan uzviy
bogiangan;
- qishloq xo‘jaligida mehnat jarayonining mexanizatsiyalashganlik va
avtomatlashganlik darajasi past;
- tarmoqda mehnat jarayoni
tor doirada ixtisoslashmagan;
- qishloq joylarida mehnat resurslari sonining o‘sish sur'ati nisbatan yuqori
va hokazo.
Ta'kidlangan xususiyatlar tarmoqda sarflanadigan mehnatning miqdoriga,
sifatiga va samarasiga bevosita ia’sir etadi. Tabiiy sharoitlar, ya'ni iqlim va
yeming holati mehnat resursining samaradorligiga bevosita ta'sir qiladi. Qish
oylarida mehnat resursiga bo‘lgan talab keskin kamayib, bahorda va hosilni
yig‘ib olishda esa unga bo‘lgan talab ortadi. Shu
davrda mavsumiy ishcbilami
shartnoma asosida jalb qilish talab etiladi. Dehqonchilik va chorvachilikda
mehnat qilayotgan xodimlar o'simliklaming hamda chorva mollarining
xususiyatlarini bilishlari lozim. Tarmoqning yangi, unumli texnikalar bilan
talab darajasida ta'minlanmaganligi ayrim ish jarayonlarini (sug‘orish,
yagonalash, hosilni yig‘ib olish, chorva hayvonlarini oziqlantirish, sog'ish va
boshqalar) to‘liq mexanizatsiyalashtirish
imkonini bermaydi, natijada jonli
mehnat xarajatlari yuqori bo'ladi. Qishloq xo'jaligida mehnat jarayonini
amalga oshirishda uning samarali boTishini ta'minlash uchun barcha
xususiyatlami e'tiborga olish maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslarining huquqiy asoslariga Oliy
Majlis tomonidan qabul qilingan «Mehnat Kodeksi» (04.1996), «Aholini ish
bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuni (05.1998),
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 6-apreldagi «Aholi
bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish organlari
faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-616 sonli Qarori,
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 24-maydagi
«Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band boTmagan aholini hisobga
olish metodikasini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 106-sonli Qarori va
boshqalar kiradi.
2009-yil 1-yanvar holatiga respublikamiz doimiy aholisi soni 27555,3
ming kishini tashkil etgan boTib, 2008-yil 1-yanvar holatiga nisbatan 483,1
114
www.ziyouz.com kutubxonasi
ming kishiga yoki 1,8 foizga oshgan. Aholining tabiiy ko'payishi (tug'ilish va
o‘lim orasidagi farq) 508,2 ming kishini tashkil etgan bo'lib, shundan 331,8
ming kishi yoki 65,2 foizi qishloq joylariga to‘g‘ri keladi. 2008-yilda
iqtisodiyotda band bo'lgan aholi soni 11035,4 ming kishini tashkil etgan bo‘lib,
2007-yilga nisbatan 2,8 foizga oshgan. 2008-yilda bandlikka ko'maklashish
tashkilotlariga ishga joylashish masalasida 623,3 ming kishi murojaat qilgan
bo‘lib, ulaming 546,6 ming nafari yoki 87,7 foizi ish bilan ta'minlangan.
Mamlakatimizning 2008-yil yanvar-dekabr holatiga mehnat resurslari
va ulaming bandligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar 6.1-jadvalda keltirilgan.
6.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: