Mamlakatimizning 2008-yil yanvar-dekabr holatiga mehnat
resurslari va ularninp bandligi to'g'risidagi ma'lumotlar, ming kishi
Viloyatlar
0 ‘rtacha
doimiy aholi
soni
Shu jumladan
Mehnat
resurslari
Iqtisodiyotda
band bo'lganlar
Respublika bo‘yicha
27313,7
15644,9
11035,4
Qoraqalpog'iston Resp.
1612,3
904,5
561,0
Andijon
2477,9
1433,6
1047,3
Buxoro
1576,8
928,7
729,1
Jizzax
1090,9
601,2
360,6
Qashqadaryo
2537,6
1395,7
908,7
Navoiy
834,1
509,8
396,7
Namangan
2196,2
1246,5
763,2
Samarqand
3032,0
1672,1
1152,0
Surxondaryo
2012,6
1096,5
722,4
Sirdaryo
698,1
401,9
304,1
Toshkent
2537,5
1478,0
1097,5
Farg‘ona
2997,4
1667,2
1280,1
Xorazm
1517,6
847,7
571,1
Toshkent shahri
2192,7
1461,5
1140,8
Manba: Davlat statistika qo'mitasi axborotnomasi ma'lumotlari.
Ushbu jadval ma'lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, respublikamizdagi
eng aholisi ko‘p viloyatlar Samarqand, Farg'ona, Qashqadaryo, Toshkent
viloyatlaridir. Farg'ona vodiysidagi uchta viloyat aholisi respublikamiz jami
aholisining 28,1 foizini tashkil etadi. Aholisi eng kam viloyatlar esa Sirdaryo,
Navoiy va Jizzax viloyatlaridir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-martdagi
68-sonli « 0 ‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarining ma’muriy-hududiy
tuzilishini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g ‘risida»gi
qaroriga binoan respublikamizdagi 965 ta aholi punktlari shahar posyolkalari
115
www.ziyouz.com kutubxonasi
toifasiga kiritilib, ulami ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni yanada kuchaytirish
borasida chora-tadbirlar belgilandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2010-yil holatiga
0 ‘zbekiston Respublikasi aholisining 13,4 mln. nafari yoki 48,4 foiz qismi
qishloqlarda, 14,3 mln. nafari yoki 51,6 foiz qismi shaharda istiqomat qiladi.
Qishloq joylarda istiqomat qilayotgan aholini ish bilan ta'minlash,
turmush
farovonligini
oshirish
bevosita
mazkur
tarmoqda
amalga
oshirilayotgan iqtisodoy va ijtimoiy islohotlarga bog‘liq. Mehnat resursining
tarmoqlar bo'yicha taqsimlanishi keyingi yillarda o‘zgarmoqda. Mamlakatimiz
bo'yicha band boigan mehnat resurslarining tarkibida qishloq xo‘jaligi
tarmogining salm ogi 1995-yilda 40,9 foizni tashkil etgan boisa, ushbu
koisatkich 2001-yilga kelib 36,1 foizni tashkil etgan. Tarmoqda band boigan
mehnat resurslari miqdori va salmogining pasayishi respublikada amalga
oshirilayotgan agrar-iqtisodiy siyosatning m aium darajadagi ijobiy natijasidir.
Qishloq joylardagi vujudga kelgan ortiqcha mehnat resurslarini ish bilan
ta’minlash maqsadida sanoat, xizmat ko'rsatish, savdo va boshqa shu kabi
tarmoqlami qishloq joylarda rivojlantirish zamr. Shu maqsadda uzoqqa
mo‘ljallangan turli xildagi chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ulami bosqichma-
bosqich amalga oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. Masalan, aholi juda zich
joylashgan Andijon viloyatining Asaka tmnanidagi qishloq hududida
0 ‘zbekiston-Koreya avtomobilsozlik qo'shma korxonasi qurilib, ishga
tushirildi va aholining ish bilan ta'minlanishiga katta hissa qo‘shib kelmoqda.
Qashqadaryo, Toshkent, Farg ona, Navoiy viloyatlarining chekka tumanlarida
neft, gaz, to'qimachilik sanoatining yirik qo‘shma korxonalari yaxshi faoliyat
ko‘rsatmoqda. Shu kabi sanoat korxonalarining ishga tushirilishi natijasida
qishloqlarda yashayotgan mehnat resurslarining sezilarli qismi ish bilan
ta'minlandi. Bu ulaming oilalari real daromadlar bilan ta'minlanishini
yuksaltirmoqda.
Yuqoridagi ijobiy natijalarga asoslangan holda mamlakatimizning
qishloq hududlarida sanoat korxonalari va boshqa turdagi tadbirkorlik
shakllarini barpo etish va rivojlantirish ishlari izchillik bilan amalga
oshirilmoqda. Bu jarayon qishloq hududlarida ishlab chiqarish kuchlari oqilona
joylashishini ta'minlashga ham ijobiy hissa qo‘shadi. Natijada mehnat
resurslaridan foydalanish koefEtsiyentining oshishi ham ta'minlanmoqda.
1999-yilda respublikamizda mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsiyenti
0,995 ga teng yoki iqtisodiy faol mehnat resurslarining 99,5 foizi ish bilan
ta'minlangan bo‘lsa, 2007-yilda uning darajasi 99,6 foizni tashkil etgan. Bu
ko'rsatkichni qishloq xo‘jalik tarmog‘i bo‘yicha aniqlash uchun xo‘jalikda
ishlayotgan kishilar sonini mavjud boTgan mehnat resurslarining umumiy
soniga taqsimlash lozim.
0 ‘zbekiston Respublikasida mehnat resurslari jami aholining 50,9
foizini tashkil etadi. Ular o‘zlarining ongli, maqsadni ko‘zlagan faoliyatlari
116
www.ziyouz.com kutubxonasi
bilan boshqa tarmoqlar qatori qishloq xo'jaligining ham rivojlanishiga, uning
samaradorligini yuksaltirishga ulkan hissa qo'shmoqdalar. Mamlakatimiz
hukumati tomonidan bandlik Dasturi qabul qilingan boiib, qishloq joylardagi
mehnat resurslarini ish bilan ta’minlashga juda katta e'tibor qaratilmoqda.
Jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi
«Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklarida chorva mollarini
ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-308-sonli
qarori hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-
apreldagi «2006-2010-yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer
xo‘jaliklarida
chorva
mollari,
birinchi
navbatda
qoramollar
sonini
ko'paytirishni rag‘batlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi 67-sonli qaroriga asosan Surxondaryo viloyati bo'yicha mehnat
va ijtimoiy ta'minot bo'limlari tomonidan mehnat daftarchalari avvaldan
mavjud bo'lgan 7232 nafar fuqaroning mehnat daftarchalariga mehnat
faoliyatining boshlanishi to‘g‘risida yozuv kiritilgan hamda 9584 nafar
fuqaroga yangi mehnat daftarchalari berilgan. Mazkur qaror asosida kam
ta’minlangan oilalarga qoramol sotib olish uchun tijorat banklarining kredit
liniyalari orqali ish bilan ta'minlashga ko‘maklashish davlat jam g‘armasi
mablag'laridan imtiyozli kreditlar berilmoqda va shu orqali ularning ish bilan
bandligiga erishilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |