Urganch davlat universiteti X. R. Matyoqubov, J. K. Tojiyev texnologiya va dizayn


Quyma olish uchun suyuq metall va qotishmalarni tayyorlash



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/136
Sana11.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#352246
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   136
Bog'liq
texnologiya va dizayn amaliy mashgulotlar uslubiy qollanma

Quyma olish uchun suyuq metall va qotishmalarni tayyorlash. 
Ma‘lumki, quymakorlik sexlarida quyma buyumlar turli shakllardagi qoliplarga 
suyuq metall va qotishmalar quyish orqali hosil qilinadi. Bu maqsadda quymakorlik 
sexlarida  metall  va  qotishmalarni  suyuqlantirish  uchun  ishlatiladigan  tegishli 
tuzilishdagi pechlardan foydalaniladi.  
Qanday pechlardan foydalanish metall va qotishmalarning xiliga bog`liq boiadi. 
Masalan,  cho`yanni  suyuqlantirish  uchun  asosan  vagrankadan,  po`lat  suyuqlantirish 
uchun  kichik  konvertor,  kichik  marten  pechi,  elektr  yoy  pechlari,  induksion 
pechlardan,  rangdor  qotishmalar  suyuqlantirish  uchun  esa  elektr  yoy  pechlari, 
qarshilik  pechlari,  induksion  pechlar  va  boshqalardan  foydalaniladi.  Yuqorida  qayd 
qilganimizdek,  quymakorlik  cho`yani,  odatda,  vagranka  deb  ataladigan  pechda 
suyuqlantiriladi.  Vagranka  domna  pechi  kabi  ishlaydi.  Gilofi  po`lat  taxtalarini 
(listiarini)  parchinlash  yoki  payvandlash  yo`li  bilan  tayyorlanadi.  Ichki  qoplamasi 
shamot  gishtidan  teriladi.  Vagrankaning  furmalar  teshigidan  shixta  tushirish 
darchasigacha  bo`lgan  qismi  shaxta  deb,  furmalar  teshigidan  pastki  qismi  esa  gorn 
deb ataladi. Hozirgi vagrankalarning bo`yi 9-10 m ga, shaxtasining diametri esa 3 m 
gacha  yetadi.  Vagrankalaming  ish  unumi  1  soatda  suyuqlantirib  olinadigan  cho`yan 
miqdori bilan belgilanadi va pechning diametriga qarab 25 tonnagacha suyuq cho`yan 
olish mumkin.  
Bunday 
vagrankada 
cho`yan 
quyidagicha 
suyuqlantiriladi. 
Cho`yan 
suyuqlantirishda shixtaning metall qismi – quymakorlik cho`yani korxona chiqindisi, 
mashina  siniqlari  va  ozroq  miqdorda  temir-tersakdan  iborat  boiadi.  Yoqilgi  sifatida, 
asosan,  koks  ishlatiladi.  Flyus  sifatida  ohaktosh,  dolomit,  asosli  marten  shlaklari  va 
boshqa materiallardan foydalaniladi. Vagrankaga koks, metall shixta va flyus maxsus 
darcha orqali tushiriladi. Koksning yonishi uchun zarur bolgan havo (ba‘zan kislorod 
bilan  boyitilgan  havo)  bosim  ostida  halqasimon  quvurga  va  undan  furmalar  orqali 
gomga beriladi.  
Hosil  bo`lgan  suyuq  cho`yan  gomning  qiya  tubidan  maxsus  nov  orqali 
cho`michlarga  tushiriladi,  cho`michlardan  esa  qoliplarga  quyib  chiqiladi  va  tegishli 
shakldagi quyma buyum hosil qilinadi.  
Quymakorlik  korxonalarida  po`lat  suyuqlantirishda  kichik  konvertor  (kichik 
bessemerlash  deyilib,  hozir  sanoat  miqyosida  deyarli  ishlatilmaydi),  kichik  marten 
pechlari va boshqa pechlardan foydalaniladi.  
Yuqori  sifatli  cho`yan  va  quymalar  olishda  ikki-uch  agregatda  suyuqlantirish 
usulidan  foydalaniladi.  Masalan,  po`lat  dastlab  konvertorda,  so`ngra  elektr  pechda 
suyuqlantiriladi va bu jarayon dupleks deb ataladi.  


- 98 - 
 
Agar  metall  ketma-ket  uch  agregatda,  masalan,  vagranka,  konvertor  va  elektr 
pechda  suyuqlantirilsa,  bunday  jarayon  tripleks  deyiladi.  Bronza  elektr  yoy 
pechlarida, aluminiy qotishmalari esa qarshilik pechlarida suyuqlantiriladi.  
Metallarni  suyuqlantirishda  ba‘zan  tigelli  pechlardan  ham  foydalaniladi. 
Tigellarning  sig`imi  50  kg  dan  300  kg  gacha  bo`ladi.  Yuqoridagi  pechlarda 
suyuqlantirilgan  metallar  cho`michlarga,  ulardan  esa  qoliplarga  quyiladi.  Suyuq 
metall  qoliplarga  ikki  usulda  quyilishi  mumkin:  a)  suyuq  metall  cho`michlarda 
qoliplar  oldiga  keltiriladi;  b)  cho`mich  o`zgarmas  holatda  bo`lib,  qoliplar  maxsus 
konveyerda cho`mich ostiga surib turiladi.  
Qoliplarga  quyilgan  metall  sovigach,  qoliplar  maxsus  mashinalar  yordamida 
sindirilib, quymalar ajratib olinadi, quyish tizimida qotgan metall qirib tashlanadi va 
quymalar  turli  usullarda,  masalan,  zoldirli  tegirmon,  pitra  purkash  mashinada  qum 
donalari,  yopishgan  kuyundi  va  boshqalardan  tozalanadi.  Tozalangan  quymalar 
texnik nazoratdan o`tkaziladi va nuqsoni bo`lgan quymalar ajratib olinadi.  

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish