Urganch davlat universiteti X. R. Matyoqubov, J. K. Tojiyev texnologiya va dizayn



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/136
Sana11.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#352246
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   136
Bog'liq
texnologiya va dizayn amaliy mashgulotlar uslubiy qollanma

Pressiz  shtamplash. 
Keyingi  vaqtlarda  pressiz  shtamplash  usullari  (portlatish, 
elektr-gidravlik va b. ) ham sanoat miqyosida juda keng qo`llanilmoqda.  
Ayniqsa,  qalin  list  tanavorlardan  turli  buyumlar  (detallar)  hosil  qilish  uchun 
katta  gabaritdagi  mayda  turkumli  har  xil  portlovchi  moddalar  (trotil  va  boshqalar) 
ning  portlash  energiyalardan  keng  foydalanilmoqda.  Bu  usuldan,  asosan, 
zanglamaydigan,  yuqori  mustahkamlikka  ega  bolgan  polatlar,  titanli  va  misli 
qotishmalardan detallar olishda foydalaniladi.  
Mazkur  usul  juda  tejamli  ham  samarali  bo`lishi  bilan  birga,  10-14%  gacha 
nisbiy uzayishga ega bolgan metall va qotishmalardan turli buyumlar (detallar) ishlab 
chiqarishda qo`llaniladi.  
1938-yilda  Rossiyada  L.  A.  Yutkin  elektr-gidravlik  usulda  shtamplash  usulini 
ishlab  chiqdi.  Bu  usulda  foydalaniladigan  qurilmalar  poydevor  urishni  talab 
qilmaydigan, kichik gabaritli, oson suriladigan ixcham konstruksiyalardan iboratdir.  
Elektr-gidravlik  usulda  hatto  plastikligi  past  materiallar  ham  yaxshi 
deformatsiyalanadi, hosil qilinadigan buyum (detal)lar o`lchamlari juda aniq chiqadi 
va qo`shimcha mexanik ishlov berishni talab qilmaydi.  
Shuning  uchun  bu  usuldan  list  materiallardan  samolyotlar,  avtomobillar, 
fotoapparatlar  va  boshqalar  uchun  kichik  hajmli  detallar  ishlab  chiqarishda  keng 
foydalaniladi.  
Bolg`alash  – 
qizdirilgan  metallni  bolg`a  muhrasining  zarbi  yoki  press 
muhrasining  bosim  kuchi  ta‘sirida  zarur  shaklga  keltirish  jarayoni  bolg`alash  deb 
ataladi.  Bolg`alash  natijasida  olingan  buyum  pokovka  deyiladi.  Bolg`alashda  metall 
(qotishma)  muhralar  orasidagi  bo`sh  joylarga  o`tadi.  Quyma  metall  bolg`alanganda 


- 104 - 
 
metallning  dendrit  tuzilishi  (strukturasi)  tola-tola  tuzilishga  aylanadi,  prokatlangan 
metall bolg`alanganda esa metallning tola-tola tuzilishi bir qadar yaxshilanadi.  
Demak,  bolg`alashda  metallning  mexanik  xossalari  ortadi.  Bolg`alashda  metall 
strukturasi  va  xossalarining  o`zgarishi  shu  metallning  bolg`alanishdan  oldingi 
strukturasi  va  xossalariga  hamda  bolg`alanish  darajasiga  bog`liq.  Bolg`alanish 
darajasi  esa  siqilish  koeffitsiyenti  bilan  ifodalanadi:  n=F1/F2  bunda:  F1  – 
pokovkaning  bolg`alashdan  oldingi  ko`ndalang  kesimi  yuzi,  F2  –  pokovkaning 
bolg`alashdan keyingi ko`ndalang kesim yuzi bo`lib, cho`ktirishda F1>F2 cho`zishda 
esa F1Muhim  pokovkalar  uchun  bolg`alanish  koeffitsiyenti  3  dan  5  gacha  va  ba‘zan 
undan ortiq bo`ladi. Bolg`alash yo`li bilan xilma-xil shakl va o`lchamli, bir necha yuz 
grammdan 350 t gacha, ba‘zan esa undan og`ir pokovkalar tayyorlanadi.  
Odatda,  turli  metall  yoki  qotishmalar  qo`lda  va  mashinalarda  bolg`alanishi 
mumkin. Dastaki (qo`lda) bolg`alash usulidan, asosan, ta‘mirlash ishlarida va mayda 
pokovkalar tayyorlashda foydalaniladi.  
Mashinalarda  bolg`alash  usuli  ko`plab  pokovkalar  ishlab  chiqarishda  va  og`ir 
pokovkalar olishda qo`llaniladi.  
Metallarni  (tanavorlarni)  dastaki  bolg`alashda  ishlatiladigan  asosiy  asboblarga 
bolg`a (bosqon), sandon, ombur, silliqlagich, qisqich, podboyka, zubilo va hokazolar 
kiradi.  
Asosiy  uskunalarga  bolg`a,  turli  bolg`achalar  va  presslar  kirsa,  yordamchi 
uskunalarga  qaychilar,  qizdirish  pechlari,  tanavorni  bolg`alashga  uzatuvchi  va 
ko`maklashuvchi  kranlar,  siljitkichlar,  manipulator  va  boshqalar  kiradi.  Erkin 
bolg`alash jarayoni quyidagi asosiy operatsiyalarni o`z ichiga oladi: 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish