Markazdan qochirma quyish
usuli silindrsimon jismlar shaklidagi quymalar,
masalan, quvur, vtulka, shkiv, g`ildirak, shesternya, mufti diskalarning
tayyorlanmalarini olish uchun qo`llaniladi. Bu usulning mohiyati shundaki, suyuq
metall gorizontal yoki vertikal o`q atrofida 1000 ayl/min tezlik bilan aylanuvchi
qolipga quyiladi. Qolipning va unga quyilgan suyuq metallning aylanishi natijasida
hosil bo`ladigan markazdan qochma kuchlar metallni qolip devoriga siqadi, natijada
metall darrov qotib, qolip shakliga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |