3. Turli millat vakillarining uziga xos muloqot qilish xususiyatlari.
Xozirgi zamon mehmonxona biznesi tarixi buyuk ilmiy kashfiyotlar — bug‘ bilan ishlaydigan mashinalar va zamonaviy yo‘l vositalari asri bo‘lmish XIX asrga to‘g‘ri keladi. Rivojlanib borayotgan turizmning rang -barang shakllari tungi oshxonalarga nisbatan ortib boruvchi extiyojni uyg‘otgan. Ayni shu maqsadlar uchun xususiy qarorgoxu saroylar xashamatini eslatuvchi yirik zamonaviy mehmonxonalar paydo bo‘la boshladi. Magnatning shaxardagi saroyini, xorijiy davlat yoki xokimiyat vakillari maskanini anglatuvchi «otel»ning fransuzcha nomi xam aynan shundan kelib chiqqan.
SHunday qilib, o‘sha kezlarda «otel» nomi «otel» soxibining nufuzli mehmonlarini kutib oladigan saroy tipidagi binolarga berilgan edi. Odatda, bunday rejadagi saroyda mehmonlar, ularning xizmatkorlari va xokazolar bo‘lib turgan. Tez orada bu atama Amerikada xam keng tarqaldi — ko‘plab tavernalar otel sifatida qayta ish boshladi, bu esa ularga go‘yoki evropacha ko‘rk bag‘ishladi.
Mehmonxonalarning texnik jixozlanishi masalasiga to‘xtalsak, ko‘pgina yangiliklarning vatani Amerika Qo‘shma SHtatlaridir. Immigrantlarning uzlyuksiz o‘sib kelishi tufayli mehmonxonalarga bo‘lgan extiyoj bu mamlakatda xamisha juda katta bo‘lgan. Ana shu uzlyuksiz talab otellarning jadal rivojlanishiga imkoniyat yaratib berdi.
Amerika Qo‘shma SHtatlarida bu biznes rivojlanishining ikkinchi sababi esa, Evropa mamlakatlaridan farqli o‘laroq, u erda boshqa bir jamoat tadbirlarini o‘tkazish mumkin bo‘lgan zodagonlar saroylari yo’q edi. Mehmonxonalar ana shu tadbirlar o‘tkaziladigan joyga aylandi. Buning uchun maxsus zal barpo etishga to‘g‘ri kelar edi. Mehmonxonalar zallarida raqs tushish an’anasi 1950-yillarga qadar davom etib keldi. Uzoq vaqtgacha mehmonxona biznesi eng ommabop tadbirkorlik turi sanaldi.
AQSH prezidentlari Jorj Vashington va Avraam Linkoln xam emakxonalar soxibi bo‘lishganini aytish kifoya qiladi, albatta. Qulfli eshigi va attorlik anjomlari (sovun-sochiq nazarda tutilyapti) bo‘lgan bir va ikki o‘rinli zamonaviy nomerlar 1829 yilda vujudga kelgan edi. Markaziy isitish sistemasiga ega bo‘lgan dastlabki otel XIX asr o‘rtalarida ishlay boshladi. Lift va vanna x am ilk bor Amerika mehmonxonalarida o‘rnatilgan. Xonalarning zamonaviy jixozlari XX asr boshlarida mashxur oteler (mehmonxonachi) Statler tomonidan shakllantirilgan edi. Darvoqe, jahondagi ilk olti qavatli bino xam Amerika oteli hisoblanadi.
Bu vaqtda Evropada mehmonxona ishining taraqqiyotiga shveysariyalik Sezar Rits xam salmoqli xissa qo‘shdi. Garchand Rits umr bo‘yi faqat yollanma boshqaruvchi bo‘lib ishlagan va bironta xam otelga egalik qilmagan bo‘lsa-da, eng mashxur va qimmat Evropa mehmonxonalar tarmoqlaridan biri xaligacha uning nomi bilan atalib kelmoqda. Uning dong‘i ketgan yangiliklaridan biri restorandagi orkestr edi. Rits yashagan zamonda orkestr SHtraus musiqasini ijro etardi. Restorandagi musiqa ovqatlanish jarayonini uzaytirdi va ichimliklardan keladigan daromadni oshirdi. SHveysariyalik Rits va amerikalik Statler mehmonxona biznesining ashaddiy ishqibozlari bo‘lishgan. Ular arzimasdek tuyulgan xodisalarga xam e’tibor qaratishgan. Masalan, Rits otel restoranini yoritadigan vositalar bilan bog‘liq tajribalar o‘tkazgan. Bu urinishi bilan xonimlar zeb-ziynatlarini yorug‘likda «o‘ynoqlab jilolanishi»ga erishgan (bunda maneken sifatida o‘z xotinidan foydalangan). Statler esa vannani suv bilan to‘lish vaqtini va unitazdagi suv tushib ketish vaqtini hisoblab o‘rgangan. Statler tufayli mehmonxona nomerida katta ko‘zgu, karavot ustidagi lampochka, eshik yonidagi o‘chirib-yoqqich, telefon va kanselyariya qog‘ozlari paydo bo‘ldi. U mehmonxona xodimlari uchun yagona bichimdagi maxsus libosni joriy etdi, qurilish paytida santexnika quvurlarini umumlashtirish bahonasida xonalarni juft-juft, bir-biriga mos joylashtirishni taklif qildiki, natijada qurilish xarajatlari tejab qolindi. Statler «xar doim mijoz xaq» shiorining muallifi xam sanaladi.
Ritsning Londondagi «Savoy» oteli boshqaruvchisi sifatidagi faoliyati ingliz zodagonlari odatlarini o‘zgartirdi: faqat erkaklar klubiga tashrif buyuradiganlar jentelmenlarcha otellar restoranlarida xonimlar bilan kechki ovqatni tanovul qiladigan bo‘lishdi.
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Evropa va Amerikaning yirik shaxarlarida sayyohatni urfga aylantirayozgan yangi millionerlaru zodagonlar uchun muxtasham (xozirgi zamon tilida «besh yulduzli») mehmonxonalar paydo bo‘la boshladi.
SHunday qilib, XIX asrda mehmonxona mijozlarining talablari orta boshladi, demak, mehmonxonalarning jixozlanish darajasi xam ko‘tarildi. O‘ziga xos ulkan mehmonxona majmuasi muxtasham restoranu kafelar bilan birga vujudga kela boshladi. Kurortlarda va sport markazlarida zamonaviy mehmonxonalar xamda pansionatlar tarmog‘i kengaydi. Mehmonxona ishi daromad keltiruvchi ishonchli faoliyat turiga aylanib bordi.
Mehmonxona ishida XIX asr keskin burilish pallasi bo‘ldi. Xar bir boy sayyoxning vaqtinchalik qo‘nim topishi uchun yuksak maishiy qulayliklarga ega musofirxonalar qurilishi Evropa bo‘ylab keng tarqaldi. Davlatmand angliyaliklar va amerikaliklarning Evropaga og‘ib kelishi mehmonxona xizmatlarining an’anaviy madaniyatini o‘zgartirib yubordi:
mehmonxonalar tobora birxillashgan va andozalashgan tus oldi. «Ekspress», «komfort» va «dizayn» kabi inglizcha so‘zlar aynan o‘sha kezlarda muomalaga kirgan. XIX asr oxiridan boshlab Evropada (eng avvalo SHveysariyada) yuksak komfort darajasiga ega bo‘lgan zamonaviy mehmonxonalar barpo etishga kirishildi. «Inglizcha xovli» va «Eski pochta» kabi oddiygina ataladigan an’anaviy mehmonxonalar o‘rniga jarangdor nomga ega muxtasham otellar paydo bo‘ldi: «Bristol», «Metropol», «Palas», «Savoy», «Ekselsior» yoki maxalliy an’analarga xech qanaqa aloqasi bo‘lmagan «Grand otel» — «Katta mehmonxona» vujudga keldi.
1913 yilda Avstriya-Vengriya (imperiyasi)da mehmonxonalar soni 15 mingga etgan edi. Asosan uncha katta bo‘lmagan mehmonxonalardan iborat edi, ammo ularning yonida yirik otellar xam barpo etila boshladi. Bu mehmonxonalar nomer fondining umumiy xajmi 500 000 o‘ringa ega bo‘lgan, ya’ni xar bir mehmonxona sig‘imi 30-35 o‘rinni tashkil etar edi. Mamlakat aholisining xar 80 mingiga bitta mehmonxona o‘rni to‘g‘ri kelar edi.
O‘sha yili Germaniyada 90 ming mehmonxona, odatda, kichik otellar bo‘lgan. Tarixiy va me’moriy yodgorliklardan etarlicha foydalangan SHveysariya va Italiya turizmning oltin sarchashmasini ishlab chiqqan edi. Dyusseldorf shaxrida “Mehmonxona ishi” institutining ochilishi muxim voqeaga aylangan.Birinchi sinfga mansub «Tremont» oteli dastlab 1829 yil Bostonda ochilgan, u moxiyatan AQSHda mehmonxona «avji» boshlanib ketishi detanatori bo‘lgan, bu voqea avvaliga SHarqiy soxil shaxarlari bo‘ylab o‘tgan, keyin esa g‘arb va Janub mintaqalariga tarqalgan edi.
XX asrning 20-yillar mehmonxona biznesidagi yirik yangiliklardan biri sifatida nafaqat musofirning tungi avtomobiliga xam mo‘ljallangan «motel» paydo bo‘lishini aytib o‘tish mumkin. Motelning vujudga kelishi Amerikaning shiddat bilan avtomobillashtirilishiga bog‘liq. Biroq, faqat Ikkinchi jahon urushidan keyingina motellar Amerikada, keyinroq Evropada keng tarqaldi.
Dastlab, 1952 yilda Kemmons Uilson «Xolidey-Inn» avtomobilchilari uchun otel barpo etgandi. Amerikaliklarning jahongashtaligi mehmonxonalarning yangicha tipini yuzaga keltirdi. Oilalar joylashuvi uchun qulay, ammo mehmonxona tomonidan havola etilayotgan xizmatlar uchun zarurat bo‘lmagan xonalarga extiyoj paydo bo‘ldi. Xizmatlar cheklangan arzon motellarning paydo bo‘lishi eng yaxshi echimlardan biri bo‘ldi.
Amerika motellar va mehmonxonalar assosiatsiyasi (AMMA) sifatida qayta nomlangan Amerika mehmonxonalar assosiatsiyasiga avtoturistlar va mehmonxonalar soxiblarining a’zolikka qabul qilinishi yangi mehmonxona konsepsiyasi tan olinganini bildirdi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin Amerika mehmonxona biznesida yangi tendensiyalar o‘zini ko‘rsata boshladi. Eng diqqatga sazovorlaridan biri xizmatlar xalqaro bozoriga kirib borish bo‘ldi.
Ilk bor «Interkontinental» otellarining bir qanchasi «Pan-Ameriken» kompaniyasi tomonidan qurilgan edi. Ana shu xalqaro ishga 1948 yilda Konrad Xilton xam qo‘shildi.
O‘tgan asrning oltmishinchi yillar adog‘iga qadar Amerikaning jahonga ta’siri uncha sezilmas edi. Bu davrda faqat Amerikaning mehmonxona industriyasiga ekspansiyasi chinakamiga global ko‘lam kasb eta boshladi. 1980-yillar oxirigacha ishbilarmonlar dunyosi «Mariott», «Ramada», «SHeraton», «Redisson» singari mehmonxonalar tarmoqlarining rivojlanishini diqqat bilan kuzatib turdi. Xozirda garchi u qadar yuqori sur’atlarda bo‘lmasa-da, xorijda Amerika mehmonxonalar tarmoqlarining kengayish jarayoni davom etmoqda.
AQSHning o‘zida mehmonxona industriyasini rivojlantirish uchun qulay vaziyat 1960-yillar oxiridan boshlab, o‘n yil davom etdi. Ko‘plab mehmonxonalar va motellar zanjiri yaratildi, inshootlar ko‘rinishi xam keskin o‘zgardi.
Mehmonxonalar birlashmalari — assosiatsiyalar soni xam ortib bormoqda. Mehmonxonalar texnikaning eng yangi yutuqlari (ekologik jixatdan toza, yong‘indan xavfsizlantirilgan, nafis va xokazo) — yangi axborot texnologiyalari (o‘rinlarni bronlash va zaxiralash kompyuter tizimlari va tarmoqlari)dan foydalanishda o‘ziga xos kashfiyotlarda ilg‘orlashib ketdi. Zamonaviy mehmonxona biznesi bazasi bo‘lgan turizm sanoati XXI asrning asosiy industriyasiga aylanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |