Mehmonxonalarda bronlash
Nomerni bronlash haqida so‘rov (Reservation) turli kanallar (yelektron pochta, faks, telefon, teleks) orqali kelishi mumkin. So‘rov kelganida kompyuterda yoki daftarda mijoz haqida quyidagi ma’lumotlar qayd etiladi:
familiyasi, shaxslar soni, yashash manzili;
qanday nomer va qancha muddatga kerakligi;
nomer haqini to‘lash kafolati va haqni kim to‘lashi;
mijozning alohida xohish-istaklari (nomerda gullar, allergik uchun parsiz yostiq va sh.k.).
Har bir buyurtmaga raqam beriladi. Bronlashni kafolatlash depozit yoki kredit kartochkasi bilan amalga oshiriladi. Buyurtmani qabul qilgan xizmatchi mijoz tarixini (agar u mehmonxonada ilgari to‘xtagan bo‘lsa) tekshirib ko‘rishi va uning natijalariga ko‘ra tegishli belgilar qo‘yishi yoki bronlashni rad etishi lozim.
Agar buyurtma bir nechta nomerga (masalan, kongress o‘tkazish uchun) berilgan bo‘lsa, u bilan maxsus xodim shug‘ullanadi. Kompaniyadan yoki turistik firmadan bronlashga so‘rov olinganida bronlash xizmati xodimi mehmonxona mazkur firma bilan xizmat ko‘rsatishga shartnoma tuzgan yo tuzmaganligini, shartnoma shartlarini (yeng avvalo, mehmonxona qanday korporativ narxda nomer taqdim etishi lozimligini) tekshirib ko‘rishi kerak.
Mehmonxonada bo‘sh nomerlar bo‘lgan taqdirda, mijozga tasdiqnoma (konfirmation) yuboriladi. Ushbu tasdiqnomada nomerga joylashish sanasi, nomer turi, nomerda yashash kunlari soni, buyurtma raqami ko‘rsatiladi. Agar so‘rovda nomerda yashash kunlarining soni haqida ma’lumot bo‘lmasa, nomer bir kunga bronlashtiriladi. Agar mijozning kechroq kelishi haqida belgi (late arrival) bo‘lmasa, mijoz mehmonxonaga soat 18 gacha yetib kelishi lozim. Muayyan nomer odatda kafolatlanmaydi. Agar tarif ma’lum qilingan bo‘lsa, u odatda muayyan diapazon ko‘rinishida beriladi. Agar mijoz depozit kiritgan bo‘lsa, nomer uning kelish-kelmasligidan qat’i nazar saqlanadi.
Qonun hujjatlariga muvofiq, tasdiqlangan buyurtma huquqiy jihatdan yozma shartnomaga tengdir. Bronlashtirilgan nomerdan mijoz uchun oqibatlarsiz voz kechish mehmonxonaga tashrif buyurish sanasidan 48 soat oldin amalga oshirilishi mumkin (kurort mehmonxonalarida bu muddat kengroq diapazonga ega).
Qayta bronlash (overbooking), ya’ni bir nomerga ikki mijoz da’vogar bo‘lishi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan eng ko‘ngilsiz muammodir. Gap shundaki, statistika ma’lumotlariga ko‘ra, nomerni bronlashtirgan mijozlarning taxminan 10% brondan voz kechadi, yana 5% - belgilangan kuni mehmonxonaga yetib kelmaydi. Shu bois mehmonxonalar ba’zan tavakkal qiladilar va mijozlarning bir qismi brondan voz kechadi yoki kelmaydi degan umidda amalda joylashtirishlari mumkin bo‘lganidan 10% ko‘proq miqdorda buyurtmalar qabul qiladilar. Agar bu umid oqlanmasa, «overbooking» deb nomlangan vaziyat yuzaga keladi.
Qayta bronlashning boshqa bir ko‘p uchraydigan sababi noqulay ob-havodir. Bunda eski mijozlar mehmonxonani tark eta olmaydi, yangi mijozlar esa allaqachon yetib kelgan bo‘ladi. Bu holda o‘z obro‘sini qadrlaydigan mehmonxona mijozni o‘z hisobidan shunday yoki undan ham yuqori toifadagi mehmonxonaga yuborishi, ayni vaqtda tariflardagi tafovutni qoplashi lozim (bu operatsiya «farm out» deb ataladi).
Bunga teskari vaziyat yuzaga kelishi, ya’ni ayni bir mijoz nomerni turli agentliklar orqali bronlashi, natijada uning uchun bir emas, bir nechta nomer bronlashtirilishi ham mumkin. Bronlash xizmati bunday «qo‘sh bronlash» hollarini diqqat bilan kuzatib borishi lozim.
Gruppaviy bronlash (10 dan ortiq nomerni bronlash) yakka tartibda bronlashdan eng avvalo, shu bilan farq qiladiki, bronlash xizmatining menejeri muzokaralar o‘tkazish va shartnoma tuzish uchun vakolatli yoki vositachi shaxs bilan maxsus uchrashishi mumkin. Shartnomada guruhga xizmat ko‘rsatishning barcha shartlari belgilanadi.
Qabul qilish xizmatining klerki ertalab navbatchilikni qabul qilishda bo‘sh nomerlarni mijozlar tark etgan nomerlarga qo‘shadi, olingan yig‘indidan bronlashtirilgan nomerlarni ayiradi va natijada chetdan kelgan mehmonlarga taklif qilish mumkin bo‘lgan nomerlarni oladi. Bunda qabul qilish xizmatining ma’lumotlari albatta xo‘jalik xizmati (housekeeping)dan olingan axborot bilan solishtiriladi, chunki ko‘pincha tafovutlar yuzaga keladi. Masalan, xo‘jalik xizmati nomerni bo‘sh deb ko‘rsatadi, bronlash xizmati ma’lumotlariga ko‘ra esa nomer haq to‘lash kafolatlangan holda bronlashtirilgan bo‘ladi, shu bois nomerga mijoz qo‘yilmaydi. Boshqa bir misol: qabul qilish xizmatida nomer band deb qayd etiladi, xo‘jalik xizmati esa nomerda bagaj yo‘q va unda mijoz tunamadi deb ma’lumot beradi.
Kichik mehmonxonalarda hanuzgacha qo‘lda bronlash texnikasi qo‘llaniladi. Bunday bronlash jadvallar yordamida amalga oshiriladi. Quyida keltirilgan shakl bronlash jadvallarining eng soddasidir (1-jadval).
1-jadval
Xonalar raqami
|
Oy kunlari
|
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
...
|
31
|
1
|
|
Abdullayev
|
|
|
2
|
Ahmedov
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
|
|
Yirikroq mehmonxonalarda 2-jadvalda keltirilgan shakl qo‘llaniladi.
2-jadval
Nomerlarning
Turlari
|
Oy kunlari
|
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
...
|
31
|
Bir o‘rinli nomerlar
|
|
|
|
|
|
|
|
N
O
M
E S
R O
L N
A I
R
|
10
|
1
|
1
|
1
|
|
|
|
|
9
|
1
|
1
|
1
|
|
|
|
|
8
|
1
|
|
1
|
|
|
|
|
7
|
1
|
|
1
|
|
|
|
|
6
|
|
|
1
|
|
|
|
|
5
|
|
|
1
|
|
|
|
|
4
|
|
|
1
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
|
|
1
|
|
|
|
|
|
|
|
Ikki o‘rinli nomerlar
|
|
|
|
|
|
|
|
15
|
|
1
|
|
|
|
|
|
14
|
|
1
|
|
|
|
|
|
13
|
|
|
|
|
|
|
|
...
|
|
|
|
|
|
|
|
Ushbu jadvalga ko‘ra, mehmonxona 10 bir o‘rinli va 15 ikki o‘rinli nomerga ega. Buyurtma kelganida klerk tegishli kun katagiga «bir» raqamini qo‘yadi. 2-jadvalda oyning 1-kuniga 4 bir o‘rinli nomer bronlashtirilgan (6 nomer bo‘sh qolgan), 2-kuniga ikkitadan bir va ikki o‘rinli nomerlar bronlashtirilgan (tegishincha 8 bir o‘rinli va 13 ikki o‘rinli nomerlar bo‘sh qolgan). Bunday jadval har bir toifadagi bo‘sh nomerlar sonini aniq ko‘rish imkonini beradi.
Katta zamonaviy mehmonxonalarda bronlash jarayoni kompyuterlashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |