Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


-MAVZU. TURIZM XIZMATLAR BOZORINING RIVOJLANISHINI PROGNOZ (BASHORAT) QILISH



Download 6,6 Mb.
bet36/141
Sana03.01.2022
Hajmi6,6 Mb.
#315126
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   141
Bog'liq
Turistik xizmatlar bozori(1)

21-MAVZU. TURIZM XIZMATLAR BOZORINING RIVOJLANISHINI PROGNOZ (BASHORAT) QILISH

Reja:

  1. Turizm xizmatlar bozorida prognoz qilish tushunchasi.

  2. Boshqaruv ob’ektining rivojlanish dinamikasi va uning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasi.

  3. Turizmning faoliyat sohasida prognoz qilishning klassifikatsiyasi.

  4. Jamoaviy ekspertiza baho berish usuli.

  5. Prognoz qilishda korrelyatsion-regression tahlil qilish.

  6. Prognoz qilishning ekstropolyatsiya usullari.

Oqilona prognozlashtirish prinsplaridan foydalangan holda turizmni boshqaradigan, kompleks hamda barqaror asosda rivojlantirish va boshqarish lozimligi amalda tan olingan. Bunday yondashish natijasida turizm tegishli xududga, uning uchun biror-bir jiddiy ekologik yoki ijtimoiy muammo yuzaga keltirilgan holda, salmoqli iqtisodiy foyda keltirishi mumkin. Turistik resurslar kelajakda doimiy foydalanish maqsadida saqlanadi.

Jaxonda turizmni muvaffaqiyatsiz prognozlashtirish va boshqarishga doir ko‘plab misollar mavjud. Ehtimol bunday nazoratsiz ob’ektlar qanaqadir qisqa muddatli iqtisodiy foyda ham keltirgan bo‘lishi mumkin. Biroq vaqt o‘tishi bilan ular ekologik va ijtimoiy muammolarni keltirib chiqardi va turistik markazlar sifatining pasayishiga olib keldi. Bu esa mahalliy halk uchun salbiy ta’sir ko‘rsatdi va turistik bozorlar boshqa yahshiroq prognozlashtirilgan turistik markazlar foydasiga ko‘ldan boy berildi. Bu joylarning ko‘plari hozirgi kunda qaytadan prognozlashtirilmoqda. SHubhasiz eng avval boshqariladigan rivojlanishni prognozlashtirish va yuzaga keladigan muammolarni oldindan ogohlantirish lozim.

Turizmni prognozlashtirish xalqaro, milliy, hududiy darajada, shuningdek, konkret tuman va ob’ektga nisbatan amalga oshiriladi. Mazkur ishda milliy va hududiy prognozlashtirish konsepsiyalari, shuningdek ushbu bo‘g‘inda foydalanadigan asosiy yondashishlar, usullar va prinsplar taklif etiladi. Ushbu ish Butun Jaxon Turistik Tashkiloti (BTT)ning yaqinda nashrdan chiqarilgan va mahalliy darajada turizmni rivojlantirish masalalari, usullari, prinsplari hamda yondashishlari tug‘risida so‘z yuritilgan «Turizmning barqaror taraqqiyoti: mahalliy - prognozlashtirish bo‘yicha mutaxassislar uchun ko‘llanma» kitobini to‘ldirish ko‘zda tutilgan. Unda shahar va qishloq hududlarida, kurortlarda turizmni rivojlantirish, turizmning hamda turistik diqqatga sazovor joylarning turli xil shakllari va mahalliy darajada turizmni boshqarish masalalari yoritilgan. Ikkala ishga ham kompleks harakterni berish uchun ularda bir-birini takrorlovchi materiallardan foydalanildi,

Turizmni milliy va hududiy prognozlashtirishga doir ushbu nashrni BTTning yaqinda chiqarilgan ikkita ishi, ya’ni «Kurortlarni prognozlashtirishga kompleks yondashish: olti konkret misol» va «Milliy parklar va turistik maqsadlarda qo‘riqlanayotgan hududlarni rivojlantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar» (YUNEP bilan hamkorlikda nashr qilingan) kitoblari ham to‘ldiradi. Ushbu qo‘llanmalarda ta’kidlanishicha, kurortlar va parklarni ularning milliy va hududiy sharoitlariga qarab prognozlashtirish yoki qurish lozim.

Milliy va hududiy prognozlashtirish tegishli mamlakat va uning hududlarida turizmning rivojlanishi uchun asos yaratadi. Bunday prognozlashtirish tufayli mantiqan rivojlanishni ta’minlash uchun siyosiy yo‘nalish, jismoniy, institutsion strukturalar va standartlar belgilab olinadi. U shuningdek, turizmni doimiy va samarali boshqarishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa ushbu sektorning uzoq vaqt samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun juda muhim.

Ushbu ishda prognozlashtirish konsepsiyalari qisqacha tushuntirib beriladi va prognozlashtirish metodikasi hamda marketing bayon qilinadi. Kompleks yondapguvga, iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy va madaniy omillarning o‘zaro bog‘liqligiga, shuningdek barqaror rivojlanishni ta’minlashishiga alohida e’tibor qaratiladi. SHuningdek, prognozlarni bajarishda qo‘llaniladigan usullarga e’tibor qaratiladi. Bu usullarni qabul qilmasdan turib turizmni rivojlantirish prognozlarini amalga oshirish mumkin emas.

BTTning eng muhim vazifalaridan biri bu uning texnik hamkorlik sohasidagi faoliyatidir. Tashkilot ko‘plab mamlakatlarga prognozlashtirish, marketing, iqtisod va turizmning boshqa aspektlari bo‘yicha yordam ko‘rsatdi, ularga ushbu sektorni rivojlantirishning barcha, yo‘nalishlari bo‘yicha maslaxatlar berdi va mahalliy kadrlarni uqitdi. Mazkur ishda BTTning texnik hamkorlik sohasidagi global faoliyatida turizmning kompleks va Barqaror rivojlanishini prognozlashtirishga nisbatan prinsipial yondashuvi aks etgirilgan.

BTT turizm sohasi bilan bog‘lik rahbarlar, prognozlashtiruvchilar va boshqa mutaxassislarga turizmni milliy va hududiy miqyosida prognozlashtirishning mohiyatini tushunib olishda yordam beradi degan umid bildiradi. Bu holatlarda ular tomonidan prognozlashtirishning oqilona usullaridan foydalanish o‘z mamlakatlarida turizmni ravnak topishida yordam beradi.

Turizmni barcha darajada prognozlashtirish uning muvaffaqiyatli rivojlanishi va boshqarilishini ta’minlovchi zarur shart hisoblanadi. Jaxondagi ko‘plab turistik hududlarning tajribalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zoq muddatga mo‘ljallangan prognozda turizmni rivojlantirishga nisbatan prognozli yondashuv katta muammolar tug‘dirmasdan va turistik bozorlarning istaklarini qondirgan holda salmokdi foyda keltirishi mumkin.

Turizm betartib rivojlangan joylar odatda ekologik va ijtimoiy muammolardan azop chekadi. Bu muammolar mahalliy halqqa zarar etkazadi va turistlarga halaqit beradi. Bu esa marketingni qiyinlashtiradi va iqtisodiy foydaning kamayishiga olib keladi. Turizm nazorat qilinmaydigan bunday hududlar prognoz asosida rivojlanayotgan boshqa turistik markazlar bilan samarali raqobatlasha olmaydi. Odatda ularni prognozli yondashuv asosida qayta tashqil etish mumkin, biroq bu ko‘p vaqt va mablag‘ talab etadi.

Turizm jamiyat va iqtisodiyotning turli sektorlarini o‘z ichiga olgan juda murakkab turdagi faoliyat hisoblanadi. Prognozlashtirishsiz u kutilmagan va nomaqbul natijalarni keltirib chiqarishi mumkin. TTTu bilan birga ko‘p mamlakatlarda turizm hozirgacha yangi faoliyat turi hisoblanadi. Ba’zi bir hukumatlar, keyincha hususiy sektor ham, turizmni rivojlantirish sohasida etarli darajada bo‘lmagan yoki juda kam tajribaga ega. Turizm quloch otib rivojlanmagan mamlakatlarda rivojlantirish uning rivojlanishi uchun zarur mo‘ljal bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Turizm ma’lum darajada rivojlangan mamlakatlarda prognozlashtirishni ko‘pincha sektorni jonlantirish va kelajakda uning barqarorligini tutib turish uchun zarurdir.

Birinchidan, turizm milliy va hududiy darajada prognozlashtirilishi kerak. Bu darajalalarda prognozlashtirish turizmni rivojlantirish siyosati, struktura prognozen, ob’ektlarning standartlari, institutsion omillar va turzmni rivojlantirish va boshqarish uchun zarur bo‘lgan boshqa barcha elementlarni u3 ichiga oladi. Keyinchalik milliy va hududiy prognozlashtirish darajasida turistik diqqatta sazovor joylar, kurortlar, turistik shaharlar, qishloq va boshqa turlari uchun yanada batafsilroq prognozlar ishlab chiqish lozim.

Turizmni milliy va hududiy darajalarda prognozlashtirish bir qator sezilarli foydalar keltirib chiqarishi mumkin, jumladan: Turizmni rivojlantirish siyosatining umumiy vazifalari va yo‘nalishlarini belgilash, ya’ni turizmning oldiga qo‘ygan maqsadlari va ularni amalga oshirish yo‘llari;



  • Turizmning tabiiy va madaniy resurelarini hozirgi kunda, shuningdek kelajakda ham foydalanish uchun ko‘llab-quvvatlagan va saqlagan holda uni rivojlantirish;

  • Turizmning tegishli mamlakat yoki hudud umumiy siyosatiga va taraqqiyot modeliga uzviy bog‘lanish, turizm va iqtisodiyotning boshqa sektorlari o‘rtasida o‘zaro aloqalarning o‘rnatilishi;

  • Davlat va hususiy sektrrlar tomonidan turizmni rivojlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilinishi uchun regional asos yaratish;

  • Turizmni barcha ko‘p sonli elementlarini kelishilgan holda rivojlantirish uchun imkoniyat yaratish. Bu turli xil va katta-kichik bo‘laklarga bo‘lishgan turistik bozorlar bilan diqqatga sazovor joylar, tadbirlar, ob’ektlar hamda xizmatlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni yuzaga keltirishni o‘z ichiga oladi.

  • Turizm keltiradigan iqtisodiy, ekologik hamda ijtimoiy foydalarni optimallash va muvofiqlashtirish, bir vaqtning o‘zida bu foydalarni jamiyat o‘rtasida adolatli taqsimlash, turizm bilan bog‘lik potensial muammolarni minimumga keltirish;

  • Turistik maqsadlarda diqqatga sazovor joylar, ob’ektlar, xizmatlar va infrastruktura turlari hamda rivojlanish darajasini tanlashga, ularni joylashtirishga rahbarlik qiluvchi strukturalar tuzish;

• Bir-biri bilan bog‘liq hamda bir-birini to‘ldiruvchi konkret hududlarda turizmni rivojlantirishning batafsil prognozlarini tayyorlash, shuningdek turistik ob’ektlarni tegishlicha prognozlashtirish maqsadida direktiva hamda standartlar ishlab chiqish;

• Tegishli tashqiliy va boshqa institutsion strukturalar tuzish yo‘li bilan turizm sektorini doimiy ravishda boshqarish hamda turizmni rivojlantirish siyosati va prognozsini samarali amalga oshirish uchun asos yaratish;



  • Davlat va hususiy sektorlarning turizmni rivojlantirish sohasidagi faoliyati va investitsiyalarini samarali muvofiqlashtirish uchun asos yaratish;

  • Turizmni rivojlantirishning borishi va yo‘nalishlari ustidan doimiy nazorat o‘rnatish uchun mo‘ljallar yaratish.

Milliy va hududiy miqyosida turizmni rivojlantirishga prognozli yondashish g‘oyasi keng tarqalgan. Lekin shu bilan birga ushbu siyosat va prognozlarning amalda bajarilishi ba’zi joylarda hozirgacha oqsab kelmoqda. Ko‘pgina mamlakat va hududlarda turizmni rivojlantirish prognozlari ishlab chiqilgan. Ba’zi joylarda esa bunday prognozlar yo‘q, ammo ular ham yaqin kelajakda prognozlashtirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishlari lozim.

Ba’zi mamlakatlarda o‘z vaqtida bunday prognozlar ishlab chiqilgan edi, biroq xozirga kunga kelib ular eskirdi. Ularni hozirgi kun talablari va istiqbolda kutilayotgan yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqish lozim. Umumlashtirilgan tajribalar asosida hozirgi vaqtga kelib turizmni prognozlashtirish konsepsiyalari va usullariga nisbatan yahshi tushunchalar yuzaga keldi. Aminmizki, prognozlashtirish (agar u bajarilsa) tegishli hududga salmoqli foyda keltiradi.

Prognozlashtirishning bosqichida turizmni rivojlantirish siyosati ishlab chiqiladi va jismoniy strukturaviy prognoz tayyorlanadi. Siyosat va prognozni shakllantirishda eng oqilona yondashuv - bu rivojlanishning muqobil variantlarini baholash hisoblanadi. Kamdan-kam holatlarda faqat bitta har tomonlama bekamu-ko‘st dastur va prognozlar paketi bo‘lishi mumkin. Balki zarar va foyda har tomonlama hisoblab ko‘rilgan bir qancha optimal variantlar yaratish mumkin. Muqobil dasturlar va prognozlar bir qator kriteriylar bo‘yicha baxolanadi.

Bunday kriteriylar jumlasiga rivojlantirish vazifalarining echimi, iqtisodiy foydani optimallashtirish, ekologik va ijtimoiy-madaniy ta’sirlarning salbiy tomonlarini kamaytirish va ijobiylarini oshirish, shuningdek raqobatchi turistik markazlar bilan samarali raqobatda bo‘lish kiradi. Ushbu baholash asosida siyosat va prognozning eng asosiy yunalishlari tanlab olinadi va ularga aniqlik kiritiladi. Siyosat va prognozlar nazorat komissiyasi hamda manfaatdor bilan maslahatlashgan holda ishlab chiqiladi.



Download 6,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish