Mavzu; Talim nazaryalari konsepsiyalari tizimi Reja: Kirish I bob Talim nazaryalari konsepsiyalari tizimi



Download 64,04 Kb.
bet1/8
Sana26.02.2022
Hajmi64,04 Kb.
#465828
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
To\'rayeva M


Mavzu; Talim nazaryalari konsepsiyalari tizimi
Reja:
Kirish………………..
I bob Talim nazaryalari konsepsiyalari tizimi…………………
1.1 Ta’lim mazmuni (didaktika) haqida tushuncha. Ta’lim jarayoni: o‘qitish va o‘qish……………………
1.2Didaktikaning predmeti va vazifasi, asosiy katogoriyalari…………….

II bob Zamonaviy didaktika …………..
2.1 Zamonaviy dedaktika xususiyatlari…………….
2.2 Dedaktikaning fan sifatida uzgarishi…………

Xulosa va tavsiyalar…………….

Foydalingan adabiyotlar…………………
Kirish
Milliy istiqlol, xususan, uning samarasi bo`lmish "Ta’lim to`g`risidagi qonun", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" hamda "2004-2009-yillarda maktab Ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi" maktab Ta’limi oldiga demokratik jamiyatimizga mos yangi maqsad va vazifalarni qo`ydi. Prezidentimizning: "Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o`rganmasa, berilgan Ta’lim past bo`liShi muqarrar", - degan ta’kidlari maktab Ta’limi va didaktlar oldiga qo`ygan ijtimoiy buyurtma va jamiyat taraqqiyoti uchun zaruriy ehtiyojdir. Bu esa o`z navbatida Ta’lim maqsadini to`g`ri belgilash, shu maqsadga muvofiq moddiy zamin, mazmun va vositalar tanlab, ularni o`zaro muvofiqlashtirish asosidagina amalga oshirilishi mumkin. Bunda bosh masala biriinchi navbatda Ta’lim-tarbiya qanday shaxsni yetishtirib berishi haqidagi ijtimoiy talabdir. Prezidentimiznining yuqorida keltirilgan fikrlaridan anglashilib turibdiki, hozirgi davr kishilari erkin, mustaqil fikrlaydigan bo`lishi lozim. Shuning uchun milliy istiqlolning ilk qadamlaridanoq Ta’lim islohotlariga jiddiy kirishildi. Ta’lim maqsadining sovet davrida hukmron bo`lgan bilimdon ijrochi shaxsni tayyorlashdan mustaqil fikrli tadbirkor shaxsni yetishtirish yo`nalishida tubdan yangilanishi umumiy o`rta Ta’limda barcha o`quv predmetlari maznuni va Ta’lim usullarining yangilanishini talab qildi, zeroki maqsad hamisha usul va mazmunni belgilab kelgan.
Prezidentimizning " Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q" yo`q degan shiorlari mulliy istiqlol sharofati bilan kun tartibiga qo`yiilgan bu maqsadning ildizlarini, asoslarini atroflicha o`tganishni, uni bo`lajak o`qituvchilar, til Ta’limi va tadqiqi mutaxassislari orasida keng ommalashtirishni talab qiladi. Mana shuning uchun D.Yo`ldoshevaning ushbu o`quv qo`llanmasi oliygoh talabalari va o`qituvchilar uchun juda foydalidir.
Bu o`rinda shuni alohida ta`kidlash joizki, sovet davri didaktikasida Ta’lim maqsadining ilmiy muhokamasi rasm emas edi, chunki Ta’lim maqsadi davlat buyurtmasi - davlatning Ta’lim oldida qo`ygan bosh vazifasi sanalib, o`sha davrlarda uni muhokama qilinishi, xususan, milliy respublikalarda mutlaqo mumkin emas edi. Shuning uchun mustaqillik havosida yayrab nafas olayotgan va dunyo iqtisodiy, ilmiy-madaniy hamjamiyatiga o`zining mustaqil taraqqiyot yo`li asosida shahdam qadamlar bilan kirib borayotgan o`lkamizdagi har bir masala tog`risida, Prezidentimizning "Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch"asarlarida bayon etgan quyidagi fikrlari Ta’lim maqsadiga ham to`la-to`kis aloqadordir: "Agar biz… bu o`ta muhim ishni o`z holiga, o`zibo`larchilikka tashlab qo`yadigan bo`lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo`g`rilgan va ulardan oziqlanadigan ma`naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o`zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo`lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin.
El-yurtimiz ko`p asrlik tarixi davomida bunday mash’um xotiralarni necha bor ko`rgan, ularning jabrini tortgan. Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dinimiz va ma`naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz. Ana shu fojeali o`tmish, bosib o`tgan mashaqqatli yo`limiz barchamizga saboq bo`lishi, bugungi voqelikni teran tahlil qilib, mavjud tahdidlarga nisbatan doimo ogoh bo`lib yashashga da’vat etishi lozim. O`z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagu yo`q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko`p bora o`z isbotini topgan".1
D.Yo`ldosheva Prezidentimizning mana shu fikrlarini metodologik asos qilib, “Ta’lim maqsadini muhokamasiz, so`zsiz qabul qilish” - sovet an’anasini buzadi, Ta’lim maqsadining tadrijiy taraqqiyot yo`liga nazar soladi, bugun jamiyatimiz oldida ijtimoiy buyurtma - davlat buyurtmasi sifatida qo`yilgan maqsadning:
- o`zbek tilida Ta’limning qariyb o`n besh asrlik tarixiy taraqqiyoti bilan uzviy bog`liqligini,

-Prezidentimiz juda to`gri ta`kidlaganlaridek," fojeali o`tmish, bosib o`tgan mashaqqatli yo`l"ga ega ekanligini,

-bu silsilaning hozirgi kundagi holati uning zamonaviy oliy cho`qqisi bo`lib,

-oldinda, istiqbolda rivojlanish, davr bilan uyg`unlashishning deyarli cheksiz imkoniyatlariga ega ekanligini,


Kishilik jamiyati tomonidan to‘plangan tajribalarni yosh avlodga o‘rgatish jamiyatda yashashining zarur shartidir.
Kishilik jamiyatining dastlabki davrlarida hali insonlar endigina tabiat qiyinchiliklari bilan kurasha boshlagan davrda ham o‘zlarining uncha ko‘p bo‘lmagan tajribalarini yosh avlodga o‘rgatganlar. Masalan: gulxanni yoqish, yovvoyi hayvonlarini ovlash uchun qurollar tayyorlash yo‘llari va shu kabilarni o‘rgatganlar. Bu davrda Bolalarga hayot uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikmalarni o‘rgatish stixiyali holda amalga oshirilib, uni alohida faoliyat turi deb sanalmagan. Lekin bu biz hozir Ta’lim deb atayotgan faoliyatning o‘zi bo‘lgan. Shuning uchun ham yosh avlodga insoniyat to‘plagan tajribalarni o‘rgatish orqali ularning jamiyat hayotiga qatnashtirish hamma vaqt hamma xalqlarning asosiy ijtimoiy funksiyasi bo‘lgan. Kishilik jamiyati yashar ekan Ta’lim hamma vaqt zarur bo‘lib qolaveradi.
Tarixiy taraqqiyot davomida ijtimoiy tajribalar ko‘paya borgan sari, Ta’lim jarayonida beriladigan bilimlar mazmunining xarakteri va doirasi ham o‘zgaradi. Shunday qilib, ma‘lum dasturga asoslangan, ma‘lum maqsadga qaratilgan maxsus ijtimoiy dorilfunun-maktab paydo bo‘ladi. Endi esa maktabdagi faoliyat turi, uni amalga oshirish usuli va vositalarini asoslab berish zaruriyati paydo bo‘lgan.

Download 64,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish